10-modda. Adolatlilik prinsipi
(1-q.)
Soliqlar va yigʻimlar kamsitish xususiyatiga ega boʻlishi hamda ijtimoiy, irqiy, milliy,
diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qoʻllanilishi mumkin emas.
(2-q.)
Mulkning
shakliga, jismoniy shaxslarning fuqaroligiga yoki kapitalning kelib chiqish
mamlakatiga qarab
farqlangan soliq stavkalarini, soliq imtiyozlarini yoki boshqa afzalliklarni
belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi.
(3-q.)
Fuqarolarning oʻz konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga toʻsqinlik qiladigan
soliqlarni belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Dostları ilə paylaş: