Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

7-modda. Soliq solish prinsiplari 
Soliq solish majburiylik, aniqlik va soliq organlarining soliq toʻlovchilar bilan hamkorligi, 
adolatlilik, soliq tizimining yagonaligi, oshkoralik va soliq toʻlovchining haqligi prezumpsiyasi 
prinsiplariga asoslanadi. 
8-modda. Majburiylik prinsipi 
(1-q.)
Har bir shaxs ushbu Kodeksda belgilangan soliqlar va unda nazarda tutilgan 
yigʻimlarni toʻlashi shart. 
(2-q.) 
Hech kimga soliqlar va yigʻimlarning barcha alomatlariga ega boʻlgan, biroq ushbu 
Kodeksda nazarda tutilmagan yoxud uning normalari buzilgan holda belgilangan soliqlar va 
yigʻimlarni toʻlash majburiyati yuklatilishi mumkin emas. 
9-modda. Soliq solishning aniqligi va soliq 
organlarining soliq toʻlovchilar bilan 
hamkorligi prinsipi 
(1-q.)
Soliqlarni va yigʻimlarni belgilovchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, agar 
ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchilarni hamda ushbu 
soliqlarning va yigʻimlarning boshqa barcha elementlarini, shu jumladan ularni toʻlash muddatlari 
va tartibini aniqlab berishi kerak. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(2-q.)
Soliq organlari soliq munosabatlari doirasida soliq toʻlovchilar bilan soliq 
toʻgʻrisidagi qonunchilikni toʻgʻri bajarish maqsadida hamkorlik qilishi shart. Bunda soliq 
organlari soliq toʻlovchilarning qonuniy faoliyatiga asossiz toʻsiqlar yaratishga haqli emas, soliq 
toʻlovchilar esa soliq organlari oʻz vakolatlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoit yaratishi 
kerak. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 


10-modda. Adolatlilik prinsipi 
(1-q.)
Soliqlar va yigʻimlar kamsitish xususiyatiga ega boʻlishi hamda ijtimoiy, irqiy, milliy, 
diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qoʻllanilishi mumkin emas. 
(2-q.)
Mulkning shakliga, jismoniy shaxslarning fuqaroligiga yoki kapitalning kelib chiqish 
mamlakatiga qarab farqlangan soliq stavkalarini, soliq imtiyozlarini yoki boshqa afzalliklarni 
belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi. 
(3-q.) 
Fuqarolarning oʻz konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga toʻsqinlik qiladigan 
soliqlarni belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin