Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

2-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda nomi) 
(1-q.)
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan va qabul qilinishi ushbu Kodeksda 
toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan iborat. 
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(2-q.)
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston 
Respublikasining soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar 
belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son 
Qonuni tahriridagi qism) 
3-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni yoki ularning 
qismlarini ushbu Kodeksning qoidalariga 
muvofiq emas deb topish 
(1-q.)
Normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi, agar mazkur hujjatga nisbatan quyidagi 
shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilsa, ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq emas deb 
topiladi: 
1) ushbu Kodeksga muvofiq bunday hujjatlarni qabul qilish huquqiga ega boʻlmagan organ 
tomonidan qabul qilingan boʻlsa yoxud normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning belgilangan 
tartibi buzilgan holda qabul qilingan boʻlsa; 
2) soliq munosabatlari subyektlarining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlarini bekor 
qilsa yoki cheklasa; 
3) soliq munosabatlari subyektlari harakatlarining ushbu Kodeksda belgilangan asoslarini, 
shartlarini, ketma-ketligini yoki tartibini oʻzgartirsa; 
4) ushbu Kodeksda taqiqlangan harakatlarga ruxsat bersa yoki yoʻl qoʻysa; 
5) ushbu Kodeksning normalariga yoki qoidalarining mazmuniga boshqacha tarzda zid 
boʻlsa. 
(2-q.) 
Ushbu Kodeksga muvofiq boʻlmagan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ 
yoki uning yuqori turuvchi organlari bu hujjatni bekor qilishga yoki unga zarur oʻzgartishlar 
kiritishga haqli. Bu organlar ushbu Kodeksga muvofiq boʻlmagan normativ-huquqiy hujjatni 
bekor qilishni yoki unga zarur oʻzgartishlar kiritishni rad etgan taqdirda, u sud tomonidan haqiqiy 
emas deb topilishi mumkin. 
(3-q.) 
Normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi ular qabul qilingan sanadan eʼtiboran ushbu 
Kodeksga muvofiq emas deb topiladi. 



Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin