Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan
tartibda foydalanish
imkoniyatini beradi.
2-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA
SOLIQLAR VA YIGʻIMLAR TIZIMI
16-modda. Soliqlar va yigʻimlar
17-modda. Soliqlarning va yigʻimlarning
turlari
18-modda. Maxsus soliq rejimlari
16-modda. Soliqlar va yigʻimlar
(1-q.)
Soliq deganda
ushbu Kodeksda belgilangan, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat
budjetiga yoki davlat maqsadli jamgʻarmasiga (bundan buyon matnda budjet tizimi deb yuritiladi)
toʻlanadigan majburiy begʻaraz toʻlov tushuniladi.
(2-q.)
Yigʻim deganda budjet tizimiga ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida
belgilangan majburiy toʻlov tushuniladi, bu yigʻimning toʻlanishi uni toʻlovchi shaxsga nisbatan
vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik
ahamiyatga ega harakatlarni
amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish
shartlaridan biri boʻladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(3-q.)
Shaxsning zimmasiga sud tartibida yuklatilgan jarimalar va boshqa toʻlovlar,
shuningdek qonunda belgilangan hollarda mol-mulkni musodara qilish hamda boshqacha tarzda
olib qoʻyish soliqlar yoki yigʻimlar jumlasiga kirmaydi.
Dostları ilə paylaş: