Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

20-modda. Soliq toʻlovchilar 
(1-q.)
Ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yigʻimlarni toʻlash 
majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi. 
(2-q.)
Yuridik shaxslarning alohida boʻlinmalari mazkur shaxslarning soliqlar va yigʻimlarni 
toʻlash boʻyicha majburiyatlarini ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ushbu 
alohida boʻlinmalar joylashgan yeri boʻyicha bajaradi. 
(3-q.)
Yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan soliq toʻlovchilar alohida boʻlinmalarni 
hisobga olib markazlashgan holda soliq hisobotini taqdim etadi va soliqlarni (yigʻimlarni) toʻlaydi. 
(4-q.) 
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet 
el tuzilmalari soliq toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi. 
21-modda. Soliq toʻlovchilarning huquqlari 
(1-q.)
Soliq toʻlovchilar quyidagi huquqlarga ega: 
soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari doirasida) amaldagi 
soliqlar toʻgʻrisida, soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikdagi oʻzgarishlar haqida, soliqlarni hisoblab 
chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida axborotni, soliq hisobotining va arizalarning shakllarini, 
shuningdek ularni toʻldirish tartibi haqida tushuntirishlarni bepul olish; 
(OʻzR 21.04.2021-y. 
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 


oʻz soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlarida va boshqa vakolatli 
organlarda mavjud boʻlgan maʼlumotlarni olish; 
ushbu Kodeksda belgilangan asoslar mavjud boʻlganda va tartibda soliq imtiyozlaridan 
foydalanish yoxud ulardan foydalanishni rad etish; 
soliqlar, penyalar va jarimalarning ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan summalarini 
oʻz vaqtida hisobga oʻtkazish yoki qaytarish; 
ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va shartlarda soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki 
boʻlib-boʻlib toʻlash; 
soliq solish obyektlarini hisobga olishda, soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlashda oʻzlari 
yoʻl qoʻygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish; 
ushbu Kodeksga muvofiq oʻz hududida oʻtkaziladigan sayyor soliq tekshiruvini va soliq 
auditini oʻtkazish chogʻida hozir boʻlish; 
sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi materiallari bilan tanishish, shuningdek ushbu 
tekshiruvlarning dalolatnomalarini olish; 
soliq tekshiruvini amalga oshiruvchi soliq organlariga soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning 
ijrosiga taalluqli masalalar boʻyicha tushuntirishlar berish; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son 
Qonuni tahriridagi xatboshi) 
soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining ushbu 
Kodeksga va (yoki) soliq toʻgʻrisidagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlmagan 
talablarini bajarmaslik; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning normativ tusga ega boʻlmagan hujjatlari 
hamda qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan 
tartibda shikoyat qilish; 
soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor 
shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararlarning oʻrni 
qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish; 
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq tekshiruvi materiallarini yoki soliq 
organlarining boshqa hujjatlarini koʻrib chiqish jarayonida ishtirok etish; 
soliq munosabatlari masalalariga oid oʻz manfaatlarini shaxsan yoxud soliq maslahatchilari 
tashkiloti yoki boshqa oʻz vakillari orqali ifodalash; 
soliq siriga rioya etish va uni saqlash. 
(2-q.) 
Soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksda va soliq toʻgʻrisidagi boshqa qonunchilik 
hujjatlarida belgilangan oʻzga huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-
683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(3-q.)
Soliq toʻlovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega 
boʻlish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdek vakilning ishtirok etishi soliq toʻlovchini 
bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi. 
(4-q.)
Soliq toʻlovchilarning huquqlari soliq organlari va boshqa vakolatli organlar 
mansabdor shaxslarining tegishli majburiyatlari bilan taʼminlanadi. 
(5-q.)
Soliq toʻlovchilarning huquqlarini taʼminlashga oid majburiyatlarni bajarmaganlik 
yoki lozim darajada bajarmaganlik Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan 
javobgarlikka sabab boʻladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin