maqsadida bitimning yuridik tavsiflanishini, soliq toʻlovchining maqomini va (yoki) uning
iqtisodiy faoliyati xususiyatini oʻzgartirishga haqli.
(3-q.)
Qalbaki (koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan) bitimlar soliq solish maqsadida hisobga
olinmaydi. Agar bunday bitimlar boshqa bitimlarni niqoblasa, soliqlarni hisoblash uchun haqiqiy
bitimlarning iqtisodiy mazmuni va natijalari hisobga olinadi.
(4-q.)
Agar bitimlarning yoki boshqa iqtisodiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari
oʻzlari tuzgan bitimlarning barcha shartlari va talablarini bajarayotgan boʻlsa, soliqqa oid
boʻlmagan munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan
qoidalarning ayrim buzilishlari soliq toʻlovchi tomonidan olingan daromadlarni yoki ularning
qilgan xarajatlarini (koʻrgan zararlarini) soliq solish maqsadida eʼtirof etishni rad etish uchun asos
boʻlib xizmat qilishi mumkin emas.
(5-q.)
Agar soliq toʻlovchi yagona yoki ustuvor maqsadi soliq toʻlamaslik tarzidagi asossiz
soliq nafi olishdan yoxud oʻzi toʻlaydigan soliqlarning summasini kamaytirishdan iborat boʻlgan
operatsiyalarni yoki operatsiyalar ketma-ketligini amalga oshirsa, uning bunday harakatlari ushbu
Kodeks maqsadlarida huquqni suiisteʼmol qilish deb eʼtirof etiladi.
(6-q.)
Soliqlarning summalarini kamaytirishga oid sxema ham huquqni suiisteʼmol qilish
deb eʼtirof etiladi, bunda ushbu kamaytirish bevosita yoki bilvosita maqsad yoxud oqibat boʻladi
yoki maqsadlardan yoxud oqibatlardan biri boʻladi hamda bu maqsad yoki oqibat ikkinchi darajali
boʻlmaydi. Soliqlarning summalarini kamaytirish soliq solish qamrovini bevosita yoki bilvosita
oʻzgartirishni, soliq imtiyozlaridan foydalanishni yoki toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar
summalarini boshqacha tarzda kamaytirishni oʻz ichiga oladi.
(7-q.)
Huquq suiisteʼmol qilingan hollarda, soliq organlari soliq toʻlovchi toʻlashi lozim
boʻlgan soliqlarning summalarini aniqlashda huquqni suiisteʼmol qilish alomatlariga ega boʻlgan
ayrim operatsiyalarni yoki operatsiyalar ketma-ketligini eʼtiborga olmaslikka haqli. Shuningdek
soliq organlari toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar summalarini bunday suiisteʼmollikning taʼsirini
istisno etadigan tarzda oʻzgartirishga haqli.
(8-q.)
Ushbu moddada koʻrsatilgan huquqni suiisteʼmol qilishning, bitim qalbakiligining
(koʻzboʻyamachilik uchun tuzilganligining) holatlarini aniqlash, shuningdek ularning oqibatlarini
qoʻllash soliq organlari tomonidan, soliq toʻlovchi norozi boʻlgan taqdirda esa, soliq organlarining
daʼvosi boʻyicha sud tomonidan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: