Quyidagi topshiriqlarni bajaring:
Yuqoridagi xo’jalik operatsiyalariga buxgalteriya o’tkazmalarini yozing.
2022-yilning 31-yanvar holatiga buxgalteriya balansini tuzing.
2-masala: Quyidagi savollarga javob bering: Debitor va kreditor qarzlarining farqi nimada? Misollar ayting.
Hisob-kitob schoti nima?
Buxgalteriya balansi nima?
Xodimlarga kassadan avans berilganda qanday provodka beriladi?
Chet el valyutasidagi kassadagi va valyuta schotidagi pul mablag’lari qaysi schotlarda hisobga olinadi?
Agar oy boshida bankdagi hisob-kitob schoti qoldig’i 75 000 so’m, oy davomida debet oborot 550 000 so’m va oy oxirida yakuniy qoldiq 100 000 so’m bo’lgan bo’lsa, kassadan qancha pul chiqim qilingan? Javobni asoslang.
O’z mablag’lari manbalariga mazmuni va ularning tarkibini yozing?