oʻz soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlarida va boshqa vakolatli
organlarda mavjud boʻlgan maʼlumotlarni olish;
ushbu Kodeksda belgilangan asoslar mavjud boʻlganda va tartibda soliq imtiyozlaridan
foydalanish yoxud ulardan foydalanishni rad etish;
soliqlar, penyalar va jarimalarning ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan summalarini
oʻz vaqtida hisobga oʻtkazish yoki qaytarish;
ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va shartlarda soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki
boʻlib-boʻlib toʻlash;
soliq solish obyektlarini hisobga olishda, soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlashda oʻzlari
yoʻl qoʻygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish;
ushbu Kodeksga muvofiq oʻz hududida oʻtkaziladigan sayyor soliq tekshiruvini va soliq
auditini oʻtkazish chogʻida hozir boʻlish;
sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi materiallari bilan tanishish, shuningdek ushbu
tekshiruvlarning dalolatnomalarini olish;
soliq tekshiruvini amalga oshiruvchi soliq organlariga soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning
ijrosiga taalluqli masalalar boʻyicha tushuntirishlar berish;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son
Qonuni tahriridagi xatboshi)
soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining ushbu
Kodeksga va (yoki) soliq toʻgʻrisidagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlmagan
talablarini bajarmaslik;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning normativ tusga ega boʻlmagan hujjatlari
hamda qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan
tartibda shikoyat qilish;
soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor
shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararlarning oʻrni
qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish;
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq tekshiruvi materiallarini yoki soliq
organlarining boshqa hujjatlarini koʻrib chiqish jarayonida ishtirok etish;
soliq munosabatlari masalalariga oid oʻz manfaatlarini shaxsan yoxud soliq maslahatchilari
tashkiloti yoki boshqa oʻz vakillari orqali ifodalash;
soliq siriga rioya etish va uni saqlash.
(2-q.)
Soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksda va soliq toʻgʻrisidagi boshqa qonunchilik
hujjatlarida belgilangan oʻzga huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-
683-son Qonuni tahriridagi qism)
(3-q.)
Soliq toʻlovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega
boʻlish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdek vakilning ishtirok etishi soliq toʻlovchini
bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi.
(4-q.)
Soliq toʻlovchilarning huquqlari soliq organlari va boshqa vakolatli organlar
mansabdor shaxslarining tegishli majburiyatlari bilan taʼminlanadi.
(5-q.)
Soliq toʻlovchilarning huquqlarini taʼminlashga oid majburiyatlarni bajarmaganlik
yoki lozim darajada bajarmaganlik Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan
javobgarlikka sabab boʻladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
Dostları ilə paylaş: