(2-q.)
Soliq organlari, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, hujjatlarni elektron hujjat
tarzida soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga yuboradi. Yuborilgan hujjatlar soliq toʻlovchi
tomonidan oʻqib chiqilganidan keyin, lekin ushbu hujjat joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch kundan
kechiktirmay olingan deb hisoblanadi.
(3-q.)
Agar soliq toʻlovchida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, hujjatlar
buyurtma xat qilib pochta orqali yuboriladi va ular joʻnatilganidan soʻng besh kundan keyin
olingan deb hisoblanadi.
(4-q.)
Hujjatlar soliq toʻlovchiga yoki uning vakiliga shaxsan mazkur hujjatlar olingan sana
koʻrsatilgan holda imzo qoʻydirib topshirilishi mumkin.
(5-q.)
Soliq toʻlovchilar, ushbu Kodeksda
nazarda tutilgan hollarda, soliq organlariga
hujjatlarni mazkur moddaning ikkinchi - toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilganiga oʻxshash tartibda
yuboradi. Bunda ushbu hujjatlar soliq organlariga soliq toʻlovchining
shaxsiy kabineti orqali
yuborilganda - joʻnatilgan kun, pochta orqali yuborilganda besh kundan keyin olingan deb
hisoblanadi.
(6-q.)
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hujjatlarning, elektron hujjat aylanishini taʼminlash
uchun zarur boʻlgan hujjatlarning shakllari, mazkur hujjatlarning shakllarini toʻldirish tartibi,
bunday hujjatlarni qogʻozda yoki telekommunikatsiya kanallari orqali
elektron shaklda yoxud
soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuborish hamda olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: