(7-q.)
Agar yuridik shaxs kalendar yil oxirigacha tugatilgan (qayta tashkil etilgan) boʻlsa,
uning uchun shu yil boshidan to tugatish (qayta tashkil etish) tamomlangan kungacha boʻlgan davr
oxirgi soliq davri deb eʼtirof etiladi.
(8-q.)
Agar kalendar yil boshlanganidan keyin tashkil etilgan yuridik shaxs shu yil oxiriga
qadar tugatilgan (qayta tashkil etilgan) boʻlsa, uning uchun u tuzilgan kundan eʼtiboran tugatilgan
(qayta tashkil etilgan) kungacha boʻlgan davr soliq davri deb eʼtirof etiladi.
(9-q.)
Agar yuridik shaxs joriy kalendar yilning 1-dekabridan 31-dekabriga qadar boʻlgan
davrda tashkil etilgan boʻlsa va tashkil etilgan yildan keyingi kalendar yil oxirigacha tugatilgan
(qayta tashkil etilgan) boʻlsa, uning uchun u tuzilgan kundan eʼtiboran tugatilgan (qayta tashkil
etilgan) kungacha boʻlgan davr soliq davri deb eʼtirof etiladi.
(10-q.)
Ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar tarkibidan bir
yoxud bir nechta yuridik shaxslar ajralib chiqadigan yoki unga bir yoki bir nechta yuridik shaxslar
qoʻshib olinadigan yuridik shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(11-q.)
Agar faoliyati Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa tuzishga olib kelmagan
chet el yuridik shaxsi oʻzini mustaqil ravishda Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb
eʼtirof etsa, uning uchun foyda soligʻi boʻyicha birinchi soliq davrini aniqlash quyidagi tartibda
amalga oshiriladi:
1) agar ushbu chet el yuridik shaxsi oʻzini Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb
eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etgan kalendar yilning 1-yanvaridan eʼtiboran oʻzini
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etsa, mazkur ariza taqdim etilgan kalendar
yil uning uchun birinchi soliq davri hisoblanadi;
2) agar ushbu chet el yuridik shaxsi tegishli ariza taqdim etilgan sanadan eʼtiboran oʻzini
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etsa, koʻrsatilgan ariza soliq organiga
taqdim etilgan sanadan eʼtiboran ushbu ariza taqdim etilgan kalendar yilning oxirigacha boʻlgan
davr uning uchun birinchi soliq davri hisoblanadi. Bunda, agar chet el yuridik shaxsining oʻzini
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizasi 1-dekabrdan 31-
dekabrga qadar boʻlgan davrda taqdim etilgan boʻlsa, uning uchun ushbu ariza soliq organiga
taqdim etilgan sanadan eʼtiboran u soliq organiga taqdim etilgan kundan keyingi kalendar yilning
oxirigacha boʻlgan davr birinchi soliq davri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: