Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

125-modda. Yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan 
jismoniy shaxsning soliq qarzini undirish 
(1-q.)
Agar yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxs (bundan buyon ushbu 
moddada jismoniy shaxs deb yuritiladi) soliq toʻlash boʻyicha majburiyatlarini belgilangan 
muddatda bajarmagan boʻlsa, soliq organi soliq qarzini ushbu jismoniy shaxsning mol-mulki 
hisobidan undirish toʻgʻrisidagi ariza (bundan buyon ushbu moddada undirish toʻgʻrisidagi ariza 
deb yuritiladi) bilan sudga murojaat qilishga haqli. 
(2-q.)
Undirish toʻgʻrisidagi arizaga soliq organining talabnomani taʼminlash tartibida 
javobgarning mol-mulkini xatlash haqidagi iltimosnomasi ilova qilinishi mumkin. 
(3-q.)
Undirish toʻgʻrisidagi arizaning nusxasi u sudga berilgan kundan kechiktirmay soliq 
organi tomonidan soliq qarzi undirilayotgan jismoniy shaxsga yuboriladi. 
(4-q.)
Agar jismoniy shaxsning soliq qarzi umumiy summasi bir million soʻmdan oshsa, 
undirish toʻgʻrisidagi ariza soliq organi tomonidan sudga beriladi. 
(5-q.)
Soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish toʻgʻrisidagi ishlar 
qonunchilikka muvofiq koʻrib chiqiladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi 
qism) 


(6-q.)
Qonuniy kuchga kirgan sud qarori asosida soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki 
hisobidan undirish ushbu moddada nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda 
qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi 
qism) 
(7-q.)
Soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish quyidagilarga nisbatan 
ushbu ketma-ketlik bilan amalga oshiriladi: 
1) bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlariga; 
2) naqd pul mablagʻlariga; 
3) boshqa shaxslarga shartnoma boʻyicha egalik qilishga, foydalanishga, tasarruf etishga 
berilgan mol-mulkka, ushbu mol-mulkka doir mulk huquqi ularga oʻtmagan holda, agar soliq 
majburiyati ijrosini taʼminlash uchun bunday shartnomalar bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb 
topilgan boʻlsa; 
4) boshqa mol-mulkka, bundan qonunchilikka muvofiq belgilanadigan jismoniy shaxsning 
yoki uning oilasi aʼzolarining kundalik shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan mol-mulk 
mustasno. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
(8-q.)
Soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirishda ushbu moddaning 
yettinchi qismida belgilangan ketma-ketlikni buzishga yoʻl qoʻyilmaydi. 
(9-q.)
Soliq qarzi jismoniy shaxsning pul mablagʻlari koʻrinishida boʻlmagan mol-mulki 
hisobidan undirilgan taqdirda, soliq qarzi bunday mol-mulk realizatsiya qilingan va undan kelib 
tushgan summalar hisobidan toʻlangan paytdan eʼtiboran toʻlangan deb hisoblanadi. 
(10-q.)
Mazkur mol-mulk xatlab qoʻyilgan kundan eʼtiboran va tushgan summalar budjet 
tizimiga oʻtkazilgan kunga qadar soliqlarni oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun penyalar 
hisoblanmaydi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin