Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

127-modda. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami 
(1-q.)
Hisobga olishda har bir soliq toʻlovchiga Oʻzbekiston Respublikasining butun 
hududida yagona boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami beriladi va uning hisob 
maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reestriga kiritiladi. 
(2-q.)
Ushbu Kodeks 126-moddasining toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan jismoniy shaxsning 
shaxsiy identifikatsiya raqami soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami hisoblanadi. 
(OʻzR 
14.03.2022-y. OʻRQ-759-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
OʻzR 14.03.2022-y. OʻRQ-759-son Qonuniga muvofiq ikkinchi-beshinchi qismlari 
uchinchi-oltinchi qismlar deb hisoblansin 
(3-q.)
Soliq toʻlovchiga identifikatsiya raqamini berish, qoʻllash hamda uni oʻzgartirish 
tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
(4-q.)
Soliq organi soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini unga yuboriladigan barcha 
hujjatlarda koʻrsatadi. 
(5-q.)
Har bir soliq toʻlovchi oʻzining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini soliq 
hisobotlarida, soliq organiga taqdim etiladigan arizalar va boshqa hujjatlarda, shuningdek, agar 
ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qonunchilikda nazarda tutilgan 
boshqa hollarda koʻrsatadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(6-q.)
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami quyidagi hujjatlarda majburiy koʻrsatiladi: 
faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun litsenziyalarda; 
yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan tuziladigan xoʻjalik, fuqarolik-huquqiy va 
mehnat shartnomalarida; 
yuridik shaxslar va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bitimlar tuzilganligini 
belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda, shu jumladan hisobvaraq-fakturalarda va tovar-kuzatuv 
hujjatlarida; 
pul, hisob-kitob va toʻlov hujjatlarida; 
qonunchilikda belgilangan hollarda boshqa hujjatlarda. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son 
Qonuni tahriridagi xatboshi) 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin