Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

Qarang: VMning 2022 yil 2 apreldagi 150-son Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston 
Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) 
tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) hamda 
jismoniy shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududi realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladigan 
elektron shakldagi xizmatlarni koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslarini davlat soliq xizmati 
organlarida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish Maʼmuriy 
reglamenti 
(10-q.)
Yuridik shaxsni soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul 
ishtirokchisi sifatida hisobga qoʻyish ushbu Kodeksning 64-moddasiga muvofiq soliq 
toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan 
oʻtkazgan soliq organi tomonidan shartnoma roʻyxatga olingan sanadan eʼtiboran besh kun ichida 
amalga oshiriladi. Xuddi shu muddatda mazkur yuridik shaxsga soliq organida soliq toʻlovchilar 
konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi sifatida hisobga qoʻyilganligi haqida 
bildirishnoma beriladi (yuboriladi). 
(11-q.)
Yuridik shaxsni soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul 
ishtirokchisi sifatida hisobdan chiqarish soliq organi tomonidan ushbu Kodeksning 68-moddasiga 
muvofiq soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining amal qilishi tugatilgan kundan 
eʼtiboran besh kun ichida amalga oshiriladi. Xuddi shu muddatda mazkur yuridik shaxsga soliq 
organida soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi sifatida 
hisobdan chiqarilganligi haqida bildirishnoma beriladi (yuboriladi). 
(12-q.)
Jismoniy shaxslarga ushbu Kodeksning 282-moddasida koʻrsatilgan, Oʻzbekiston 
Respublikasi hududi realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlar 
koʻrsatuvchi va hisob-kitoblarni bevosita mazkur jismoniy shaxslar bilan amalga oshiradigan chet 


el yuridik shaxsini soliq organida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) soliq organi tomonidan 
hisobga olish (hisobdan chiqarish) toʻgʻrisidagi ariza hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat 
soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha boshqa hujjatlar asosida amalga 
oshiriladi. Soliq agenti deb eʼtirof etiladigan vositachi boʻlgan chet el yuridik shaxsini soliq 
organida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) ham xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi. 
(13-q.)
Hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) toʻgʻrisidagi ariza ushbu moddaning oʻn 
uchinchi qismida koʻrsatilgan chet el tashkilotlari tomonidan soliq organiga mazkur xizmatlar 
koʻrsatish boshlangan (tugallangan) kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay 
beriladi. Hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) soliq organi tomonidan tegishli ariza va roʻyxati 
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan boshqa hujjatlar 
asosida amalga oshiriladi. 
(14-q.)
Chet el yuridik shaxsi tomonidan ushbu moddaning oʻn uchinchi qismida 
koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasining soliq toʻgʻrisidagi qonunchiligi talablari buzilgan 
taqdirda, soliq organi bunday yuridik shaxsni tegishli ariza taqdim etmagan holda soliq hisobidan 
chiqarishga haqli. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(15-q.)
Soliq organida avval koʻrsatilgan asoslar boʻyicha hisobdan chiqarilgan chet el 
yuridik shaxsini hisobga qoʻyish soliq organi tomonidan hisobga olish toʻgʻrisidagi ariza va ushbu 
moddaning oʻn uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. 
(16-q.)
Ushbu modda oʻn uchinchi - oʻn oltinchi qismlarining qoidalari mazkur xizmatlarni 
elektron shaklda koʻrsatuvchi yoki bunday xizmatlarni bevosita vositachi sifatida oʻzining 
Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi orqali koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslariga 
nisbatan tatbiq etilmaydi. 
(17-q.)
Yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxslarni soliq organlarida hisobga 
qoʻyish ushbu Kodeksning 133-moddasida koʻrsatilgan organlar taqdim etadigan maʼlumot yoki 
jismoniy shaxsning arizasi asosida mazkur jismoniy shaxsning yashash joyidagi soliq organlari 
tomonidan amalga oshiriladi. 
(18-q.)
Yashash joyi soliq solish maqsadlari uchun jismoniy shaxsning turgan joyi boʻyicha 
aniqlanadigan jismoniy shaxslar oʻzi turgan joydagi soliq organiga soliq organlarida hisobga 
qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli. 
(19-q.)
Soliq toʻlovchida hisobga qoʻyish joyini aniqlash xususida qiyinchiliklar yuzaga 
kelgan taqdirda, qaror u taqdim etgan maʼlumotlar asosida soliq organi tomonidan qabul qilinadi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin