O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo geografiyasi


O‘zbekiston-Yaponiya sa vdo-iqtisodiy munosabatlari



Yüklə 2,48 Mb.
səhifə2/3
tarix10.07.2023
ölçüsü2,48 Mb.
#136244
1   2   3
ozbekistonda iqtisodiy osish

O‘zbekiston-Yaponiya sa vdo-iqtisodiy munosabatlari.

O‘zbekiston va Yaponiya savdo-iqtisodiy, madaniy hamkorlikda ko‘p asrlik tarixga ega. Ikki mamlakat o‘rtasida davlataro va milliy hamkorlik munosabatlari O‘zbekiston mustaqil bo‘lgan va milliy suverenitet olgandan keyin o‘rnatiladi. Yaponiya bilan diplomatik munosabatlar 1992 yil 26 yanvarda yo‘lga qo‘yildi. 2002 yil iyulda ikki mamlakat o‘rtasida «O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida hamkorlik va strategik sheriklik (partnerlik), do‘stlik to‘g‘risida deklaratsiya» imzolanadi.


Shuningdek, «O‘zbekistonda iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya qo‘shma bayonoti» imzolandi. Yaponiya O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar jarayonlarini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlab kelayapti. 1994 yildan buyon Yaponiya hukumati O‘zbekistonga 1,5 mlrd. AQSH dollariga yaqin miqdorda kredit va investitsiya taqdim etdi. Shuningdek talekommunikatsiya, transport, energetika, ta’lim va boshqa sohalarda muhim investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun davlat yo‘li bilan 270 mln. dollar uzoq muddatli kreditlar va grantlar ajratdi.
O‘zbekiston iqtisodiyoti tuzilishini qayta tashkil etishda xalqaro hamkorlik Yaponiya tijorat banki kreditlari muhim ahamiyat kasb etadi. 730 mln. dollarga yaqin bu kreditlar neftgaz va to‘qimachilik sohalarida 9 ta loyihani moliyalashga qaratilgan.
Beg‘araz insonparvarlik yordami doirasida Yaponiya O‘zbekistonga 131 mln. dollar ajratgan. Yaponiya kompaniyalari va banklari yordamida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi kurildi. Markaziy Osiyoda yirik hisoblangan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi rekonstruksiya qilindi. Ko‘kdumaloq gaz komperssor stansiyasi ishga tushirildi.
Ilg‘or Yapon texnologiyasi asosida to‘qimachilik ishlab chiqarishini keng ko‘lamda modernizatsiya qilish ishlari boshlab yuborildi. Bu paxtadan sifatli eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, paxtani qayta ishlashni chuqurlashtirish imkonini beradi. Masalan, Qo‘qon to‘qimachilik kombinati. Xuddi shunday majmualar Chinoz va Shahrizabzda ishga tushirildi. O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning muhim sohasi telekommunikatsiya hisoblanadi. Yaponiya hukumati tomonidan ajratilgan uzoq muddatli 246 mln. AQSH dollari imtiyozli krediti bugungi kunda tashkilotlarda kompyuterlashtirishni amalga oshirishga imkon yaratayapti.
Energiyani tejash va ekologik toza ishlab chiqarish sohalarida, ayniqsa energetika sohasida ham kelajakda ko‘zlangan hamkorlik rivojlanayapti. Yaponiya Toshkent issiqlik elektrostansiyasida yangi bug‘, gaz uskunasini o‘rnatish uchun O‘zbekistonga uzoq muddatli 196 mln. dollar miqdorida kredit ajratdi. Toshkent issiqlik markazini modernizatsiyalash uchun yangi loyihani tayyorlash boshlandi. Yaponiya O‘zbekiston Markaziy Osiyo va Afg‘onstonda qisqa temiryo‘l yo‘nalishini yaratish, shuningdek O‘zbekistonning janubiy hududlarida iqtisodiyotni rivojlantirishni ta’minlovchi Toshguzar-Boysun-Qumqurg‘on temiryo‘li qurilishiga imtiyozli shart bilan 150 mln. dollar ajratdi.
Kelajakda asosiy hamkorlik yo‘nalishlari xalqaro turizm va transport, aloqa infratuzilmasi, elektrotexnika, elektronika, telekommunikatsiya, to‘qimachilik, ximiya, gaz, neft sanoati sohalarini rivojlantirish, ishlab chiqarishni yangi texnologiyalar bilan qurollantirishga Yaponiya investitsiyalarini jalb etishga qaratiladi.

Yüklə 2,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin