O‘zbekiston Respublikasining tashqi
savdo geografiyasi
O‘zbekistonning tashqi savdo aloqalarida Rossiya, Yaponiya, Germaniya, Xitoy, Turkiya, Koreya, Eron, Ukraina va boshqa davlatlarning salmog‘i tobora o‘sib bormoqda.
O‘zbekiston–Rossiya savdo-iqtisodiy munosabatlari. Rossiya O‘zbekistonning yirik iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Respublika tashqi savdo aylanmasi tuzilishida uning ulushi 2005 yilda 20 % ga yetdi. Faqatgina 2005 yilda ikki mamlakat o‘rtasida tashqi savdo aylanmasi hajmi 30 % ga o‘sdi va kelgusida yanada ko‘proq o‘sish istiqbollariga ega.
Tovar aylanmasi tuzilishi yanada ratsional tus olayapti. O‘zbekistondan Rossiyaga eksportda 2005 yilda, mashina va uskunalar – 23 %, paxta tolasi – 1994 yilda 7 % bo‘lgani holda muvofiq ravishda 11 va 64 % ulushni tashkil etdi.
Rossiyadan O‘zbekistonga import hajmida ham asosiy ulushning 38 % mashina va uskunalarga, 20 % kimyoviy mahsulotlarga, 24 % yog‘och, qog‘oz, karton, mebelga to‘g‘ri keladi. 1994 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga asosan 39 % da energiya-yonilg‘i, 15 % oziq-ovqat tovarlari, 14 % qora metall import qilingan. Chkalov nomidagi zavodda zamonaviy yuk va yo‘lovchi tashish samolyotlarini birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekistonning Rossiya bilan hamkorligi ayniqsa sezilarli faollashdi. Shunisi harakterliki, 2004 yilda Toshkent aviazovodida Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan tuzilgan shartnomalarga asosan 15 ta samalyot yetkazib berildiki, bu islohatlargacha bo‘lgan davr ishlab chiqarishdan ko‘pdir.
Rossiyalik hamkorlar bilan «O‘z. DEU avto» o‘zbek avto zavodi faol faoliyat yuritayapti. Bir tomondan, Rossiyaga eksport mahsulotlari ko‘payapti. Bu 2004 yilda 25 ming avtomobilni tashkil etdi. Ikkinchi tomondan, rossiyalik po‘lat quyuvchilar mahsulotlari sifatining oshishi, «Sever stal» Rossiya kompaniyasidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar uchun 90 % temir va tunukalarni olish imkoniyatini berdi.
Shunisi harakterliki, O‘zbekistonning aviatsion va avtomobil zavodlari butlovchi va boshqa materiallarga Rossiya Federatsiyasining 957 ta korxonalariga buyurtmalar bermoqda.
O‘zbekiston iqtisodiyotiga Rossiya kapitalini keng ko‘lamda investitsiya qilishga qiziqish ortmoqda. Birinchi navbatda, eksporttalab sohalar neft-gaz qazib olish, tog‘ qazilmalari, metallurgiya sanoati, mashinasozlik, elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish, aniq priborsozlik, qurilish materiallari, telekommunikatsiya, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa istiqbolli sohalarga investitsiya kiritish jadallashmoqda.
2004 yil (aprel)da ikki tomonlama imzolangan o‘zbek-rossiya bitimiga ko‘ra, «Shoxpaxta» konida «Gazprom» kompaniyasi tabiiy gaz qazib olish va realizatsiya qilishda ishtirok etayapti. Bir vaqtning o‘zida «Gazprom» bilan birga Ustyurt neftgaz mintaqasida har yili 10 mlrd. kub metrgacha gaz qazib olish va realizatsiya uchun geologiya razvedka loyihalariga 1,4 mlrd. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish yuzasidan bitimlar ishlab chiqildi. Shu bilan bir qatorda «Lukoyl» kompaniyasi bilan Qandim, Xavuzak, Sholi konlarida tabiiy gazni birgalikda qazib olish va realizatsiya qilish bo‘yicha yirik bitimlar imzolandi. «Lukoyl» kompaniyasi tomonidan kiritiladigan 1 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi investitsiya 900 mlrd. kub metr tabiiy gaz qazib olish imkonini beradi.
Keyingi yillarda mashinasozlikda, jumladan, priborsozlikda, elektrotexnika sanoatida shartlashilgan texnologik kooperatsiya oqilona tiklanmoqda.
Kabel mahsulotlari, elektrotexnika mashinalari, apparatlarga uskunalar ishlab chiqarishda 19 ta O‘zbekiston - Rossiya qo‘shma korxonalari ishlab turibdi. Maishiy va sanoat priborlari ishlab chiqarish uchun 33 ta qo‘shma korxona tashkil etilgan. Mashina va uskunalarni ta’mirlash, mashinasozlik sohalarida allaqachon 68 ta qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatayapti.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarida ham integratsiya jarayonlari rivojlanayapti. Bu borada 9 ta O‘zbekiston - Rossiya qo‘shma korxonalari ishlab turibdi. Taniqli «Vimm» Bill Don» kompaniyasi bilan Toshkentdagi yirik «Toshkent sut» birlashmasining 77 % aksiyalarini sotib olish yuzasidan shartnoma imzolandi. Kompaniya shuningdek meva sharbatlari va sut mahsulotlarini qayta ishlovchi qo‘shma korxona tashkil etish uchun 20 mln. dollar investitsiya kiritishga kirishdi.
Ikki mamlakat o‘rtasida bunday iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishi o‘zbek va rus xalqlari mentaliteti, umumiy madaniyati va iqtisodiy hamkorligini mustahkamlaydi, o‘zaro transport, aloqa infratuzilmasini yaxshilaydi, mamlakatlarni hududiy yaqinligini, iqtisodiyotlarni sog‘lomlashtirish, har ikki mamlakatning dinamik o‘sish sur’atlarini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |