O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo geografiyasi


O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi (YEI) mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi



Yüklə 2,48 Mb.
səhifə3/3
tarix10.07.2023
ölçüsü2,48 Mb.
#136244
1   2   3
ozbekistonda iqtisodiy osish

O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi (YEI) mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tashqi savdo oboroti har yili 1,2 mlrd. dollarni tashkil qilayapti. Uning 47 % foizi o‘zbek eksportiga, 53 % Yevropa mamlakatlaridan O‘zbekistonga importni tashkil qiladi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida O‘zbekistonning yirik savdo-iqtisodiy hamkorlari Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Belgiya, Fransiya, Niderlandiya va boshqalar hisoblanadi.
EI mamlakatlari shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritayotgan yirik sheriklar hamdir. O‘zbekiston hududida YEI mamlakatlari firma va kompaniyalari ishtirokida 500 dan ziyod korxonalar ishlab turibdi, ulardan 115 tasi yuz foiz (100%) Yevropa kapitali hisobiga tashkil etilgan.
Yevropa investorlari ishtirokida O‘zbekistonda amalga oshirilgan yirik loyihalar orasida «Oksuk Mayning» kompaniyasi bilan birga tashkil etilgan oltin rudasini qayta ishlovchi «Amanatu Goldfildz», tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi «O‘z BAT», «Doyche-Kabel AG Toshkent», avtomobil va qurilish oynalari ishlab chiqaruvchi «Tekint» (Italiya) qo‘shma korxonalari bor.
EI mamlakatlari banklari va sug‘urta agentliklari O‘zbekistonda umumiy summasi 2,9 mlrd. dollarlik 174 loyihani moliyalashtirganlar. Ayni paytda shaharlar kommunal xo‘jaligi infratuzilmasi va irrigatsiya inshootlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha, amaldagi neft konlari samaradorligini oshirish va yangi istiqbolli loyihalar asosida energetika tizimini modernizatsiyalash (Fransiya); O‘zbekiston janubida polimetall ruda konlarini ishlab chiqish (Buyuk Britaniya) va kasbiy ta’lim sohasida kadrlar tayyorlash borasida faol ish olib borilayapti.
O‘zbekiston–AQSH savdo-iqtisodiy munosabatlari.

AQSH ham O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim investorlardan biri hisoblanadi. 2001 yilda AQSH va O‘zbekiston o‘rtasida strategik munosabatlar o‘rnatilganligini e’lon qildilar. Keyingi yillarda ularning o‘zaro tashqi savdo aloqalari o‘sib bormoqda.
O‘zbekiston va AQSH yoqilg‘i-energetika kompleksi, tog‘ konchiligi, ximiya, yengil, oziq-ovqat, mashinasozlik sanoati, axborot texnologiyalari, yuqori texnologiya mahsulotlari singari istiqbolli sohalarida hamkorlikni rivojlantirayapti.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda AQSH sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan 453 ta korxonalar qayd etilgan. Ulardan 120 tasi yuz foiz chet el kapitaliga barpo qilingan.
Ular orasida «Zarafshon-Nyumont» amerikaning oltin qazib oluvchi «Nmont Mayning» korporatsiyasi ishtirokida ish boshladi. «Bi Es Ay Indostriz Ink» kompaniyasi bilan Xo‘jaobod yer osti tabiiy gaz ombori qurilishi, «ABB Lummus Global» kompaniyasi ishtirokida Sho‘rtangaz kompleksi qurilishi, «Teksako» kompaniyasi bilan yuqori sifatli moy ishlab chiqaruvchi «O‘z-Teksako» qo‘shma korxonasi qurilishi amalga oshirildi. Qashqadaryo viloyatining Shimoliy O‘rtabo‘loq neft konida «Beyks Xyuz», «Keys Neyu Xoland» kompaniyalari bilan hamkorlikda neft qazib olishni ko‘paytirish, qishloq xo‘jaligi texnikasiga lizing va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ish olib borilayapti. Akkumulyatorlar va boshqalar ishlab chiqarish uchun Jizzax shahrida «O‘z Eksayd» qo‘shma korxonasi tashkil etildi.
O‘zbekiston AQSH bilan moliya-kredit sohasida hamkorlik qilayapti. Amerikaning Eksim banki O‘zbekistonda 44 ta qo‘shma loyihani moliyalashtirish uchun 1,5 mlrd. AQSH dollari kredit ajratgan.
Ayni paytda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida ham yetakchi sohalarda iqtisodiy hamkorlik kengayib, rivojlanib borayapti. Jumladan neft, gaz, tog‘ kon sanoati, transport tizimi, telekommunikatsiya, axborot texnologiyalari va boshqa sohalarda ham o‘ntaga yaqin istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish ustida ishlar olib borilmoqda.

www.UzReferat.ucoz.net



Yüklə 2,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin