O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)
faoliyatidagi ishtiroki
O‘zbekiston Respublikasi MDHning asosiy va tarmoq organlarining faoliyatida
ishtirok etadi. O‘zbekiston Hamdo‘stlik tashkil etilgandan boshlab uning doirasida
iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish va yangicha asosda xo‘jalik aloqalarini
ushbu jarayonlarga siyosiy tus bermagan holda amalga oshirish tarafdori bo‘lgan.
O‘zbekiston MDH barcha ishtirokchi davlatlar uchun maksimal ijtimoiy-
iqtisodiy samaraga erishish maqsadida xo‘jalik jarayonlarini tartibga solishda
muvofiqlashtiruvchi rolini bajarishi kerak, deb hisoblaydi.
Hozirgi vaqtda Hamdo‘stlik o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam
qo‘ydi. Qabul qilingan MDHning bundan keyingi taraqqiyoti Konsepsiyasi va uni
amalga oshirish rejasida barcha ishtirokchi davlatlar tomonidan Hamdo‘stlik
faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari: iqtisodiy integratsiya, gumanitar sohada,
xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash va
mustahkamlash, jinoyatchilik, yangi xavf-xatar va tahdidlarga qarshi kurash
sohalarida hamkorlik masalalari o‘z aksini topdi.
1
Kаrimоv I. А. Хаvfsizlik vа tinchlik uchun kurаshmоq kеrаk. 10-jild, – T.: “O’zbеkistоn”, 2002 y. – B. 41.
2
www.gov.uz
22
Shuningdek,
Konsepsiyada
siyosiy
aloqalarni
chuqurlashtirish,
muvofiqlashtirilgan migratsion siyosatni ishlab chiqish, ekologik muammolarni
birgalikda hal qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va tabiiy ofatlar
oqibatlarini bartaraf etish zaruriyati e’tirof etildi.
Dostları ilə paylaş: |