I.2. O’ZBEKISTON VA BMT ALOQALARINING TAKOMILLASHIB
BORISHI
BMTning bosh shiori tinchlikdir. Tashkilot mojarolarni hal qilishda
murosasozlik, vositachilik vazifasini o‘tab kelmoqda, kezi kelganda tinchlik
o‘rnatish operatsiyalarini amalga oshirmoqda. Ko‘plab mojarolar keng ko‘lamli
urushga aylanib ketmaganida ham BMTning xizmati katta. Har qancha qimmatga
tushmasin, hech bir tinchlik o‘rnatish operatsiyasining zarari, hatto eng kichik
ko‘lamli urush keltiradigan zarar bilan tenglasha olmaydi. BMT o‘z tarixi
davomida 77 tinchlik o‘rnatish operatsiyasini amalga oshirdi. Tinchlikning qadri
mana shunda ham namoyon bo‘ladi.
1996 yilda Bosh Assambleya Yadro quroli sinovlarini yalpi ta’qiqlash
to‘g‘risidagi shartnomani qabul qildi. Yadro qurolidan xoli hududlar ham bevosita
BMT shafe’ligida barpo etiladi. Xususan, O‘zbekiston Prezidenti Islom
Karimovning tashabbusi bilan Markaziy Osiyoning shunday hududga aylanishida
BMT bilan hamkorlik muhim o‘rin tutdi. Dunyoda xavfsizlikka faqat harbiy
mojarolar tahdid solmaydi. Terrorizmga qarshi kurash borasidagi hamkorlikni
rivojlantirish maqsadida BMT shafe’ligida 13 xalqaro konvensiya ishlab chiqildi.
2006 yilda Bosh Assambleya Global kontrterroristik strategiyani qabul qildi. Unda
milliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosda terrorizmga qarshi kurash samaradorligini
oshirishga qaratilgan harakat dasturi belgilangan.
Shuningdek, xavfsizlik ekologiya va epidemiyalar tarqalishi muammolari bilan
ham chambarchas bog‘liqdir. BMT o‘z tarkibidagi Jahon sog‘liqni saqlash
tashkiloti, Atrof muhit dasturi, UNICEF, Jahon oziq-ovqat dasturi, Aholishunoslik
jamg‘armasi kabi tuzilmalari orqali bu yo‘nalishlarda dunyo mamlakatlari
o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni muvofiqlashtirib bormoqda
1
.
2009 yilning aprel oyida BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun mamlakatimizga
tashrif buyurdi. Ushbu tashrif asnosida BMT Bosh kotibi ilk bor Orolbo‘yida
bo‘ldi va u yerdagi butun dunyoga ta’sir ko‘rsatayotgan ekologik foje’a bilan
1
Kоfi Аnnаn Kоntsеptsiya mеjdunаrоdnоgо sооbshеstvа. “Nаrоdnое slоvо”. 1999 g. 28 dеkаbrya.
26
bevosita tanishdi. Bu Markaziy Osiyodagi global ekologik muammoga jahon
hamjamiyati e’tiborini yanada kuchaytirishda alohida ahamiyat kasb etadigan
voqea bo‘ldi
1
.
Bosh kotib Pan Gi Munning tashrifi asnosida BMT va SHHT kotibiyatlari
o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolangani Markaziy Osiyoda
integratsiya jarayonlarini faollashtirish, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashda
mazkur ikki tashkilotning ishtirokini kengaytirish uchun muhim omil bo‘lib xizmat
qiladi. Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi
bilan Markaziy Osiyoning yadro qurolidan holi hudud maqomini olishida ham
BMT bilan hamkorlik alohida ahamiyat kasb etdi. Butun dunyoda tinchlik va
barqarorlikni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashish, yadro
quroli tarqalishining oldini olish yo‘lida jahon hamjamiyatini birlashtirishga
intilayotgan BMT bu xayrli g‘oyani keng qo‘llab-quvvatladi.
BMT O‘zbekiston Respublikasining terrorizm, ekstremizm, ayirmachilik va
narkotrafikka qarshi birgalikda kurashish hamda Afg‘onistondagi vaziyatni
barqarorlashtirish borasidagi tashabbuslari va bu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni
kengaytirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini ham yuksak baholaydi va qo‘llab-
quvvatlaydi. BMT minbari Markaziy Osiyodagi jahonshumul muammolarga dunyo
mamlakatlari e’tiborini qaratish uchun eng muhim vositadir. BMT Bosh
Assambleyasining 2009 yil 21-22 sentabr kunlari Mingyillik rivojlanish maqsadlari
bo‘yicha bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentiga
birinchilar
qatorida
so‘z
berilgani
ushbu
tashkilotning
mamlakatimizga yuksak e’tibori, davlatimiz rahbarining xalqaro tashabbus va
takliflariga nechog‘li hurmat bilan yondashuvidan yana bir dalolatdir. Islom
Karimov mazkur sammitda so‘zlagan nutqida Mingyillik rivojlanish maqsadlari
doirasida O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan ishlar, mamlakatimizning
BMT bilan hamkorligi, Markaziy Osiyoda kechayotgan jarayonlar, mintaqaviy
1
BMTning Iqlim o’zgаrishlаri to’g’risidаgi hаdli kоnvеntsiyasi (1997 yil). O’zbеkistоn Kоnvеntsiyagа 1993 yil 30
iyundа qo’shilgаn.
27
xavfsizlik va ekologiya muammolari, Afg‘oniston mojarosini bartaraf etish
yo‘llariga alohida to‘xtaldi
1
.
Mamlakatimiz rahbari bugungi kunning eng dolzarb xalqaro muammolarini hal
etishda urush va mojarolar to‘siq bo‘layotganini, Afg‘oniston misolida buning
yaqqol tasdig‘ini ko‘rish mumkinligini alohida ta’kidladi. “Mazkur mamlakatda
vaziyatni barqarorlashtirish uchun unga iqtisodiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy-
gumanitar va infratuzilmaga oid loyihalarni amalga oshirish lozim. Shu bilan birga,
Afg‘oniston xalqining ko‘p asrlik an’analari va qadriyatlariga hurmat bilan
munosabatda bo‘lish zarur”
2
.
Mamlakatimiz rahbari o‘z nutqida BMT shafe’ligida «6+3» muloqot guruhini
tuzish taklifini yana bir karra bayon etdi. Prezident Islom Karimov Mingyillik
rivojlanish maqsadlariga erishishda atrof-muhit muhofazasi muhim ahamiyat kasb
etishini ta’kidladi. “So‘nggi qirq yilda Orol dengizining akvatoriyasi 7 barobar,
suvining hajmi 13 marta kamaydi. Orolbo‘yi mintaqasi Amudaryo va Sirdaryo
hisobiga suv bilan ta’minlanishi hisobga olinsa, ulardagi oqimning kamaytirilishi
shusiz ham murakkab ahvoldagi ekologik barqarorlikka putur yetkazadi”
3
.
O‘zbekiston rahbarining nutqi sammit qatnashchilari tomonidan qizg‘in qabul
qilindi. Jahon matbuotida yirik siyosatchilar, siyosatshunoslar Islom Karimov
puxta o‘ylangan, amalda yuksak samaralar beradigan takliflarni ilgari surganini
alohida ta’kidladi. Mamlakatimiz rahbarining nutqi sammitni yoritgan ommaviy
axborot vositalari xodimlarida ham katta qiziqish uyg‘otdi. Prezident Islom
Karimovning BMT sammitidagi ishtiroki, sammit doirasida Bosh kotib Pan Gi
Mun bilan uchrashuvi mamlakatimiz bilan ushbu tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni
yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Shubha yo‘qki, tinchlik,
hamkorlik va taraqqiyot homiysi bo‘lgan BMT bundan buyon O‘zbekiston bilan
munosabatlarga yanada keng e’tibor qaratadi. Zero, O‘zbekiston rahbarining
1
Hаkimоv R. O’zbеkistоn vа Birlаshgаn Millаtlаr Tаshkilоti. – T.: G’.G’ulоm nоmidаgi Аdаbiyot vа sаn’аt
nаshriyoti, 2001 y. – B. 50.
2
Kаrimоv I. А. Хаvfsizlik vа tinchlik uchun kurаshmоq kеrаk. 10-jild, – T.: “O’zbеkistоn”, 2002 y. – B. 45.
3
Kаrimоv I. А. O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining BMT 48-sеssiyasidа so’zlаgаn nutqi. – T.: “O’zbеkistоn”,
1995 y. – B. 21.
28
barcha taklif va tashabbuslari BMTning bosh maqsadlariga, shu jumladan,
Mingyillik rivojlanish maqsadlariga to‘la mos keladi.
Dostları ilə paylaş: |