Jahon pochta ittifoqi 1874 yilda tashkil etilgan, qarorgoxi Bernda. Xalqaro
pochta ittifoqining madsadi pochta aloqasini yo‘lga qo‘yish va uni yaxshilashdan
iborat. Xalqaro pochta ittifoqiga a’zo barcha davlatlar yagona pochta hududi
tashkil etadilar va bu hududda ushbu hududning yagonaligi, tranzitning erkinligi va
yagona tarifni o‘rnatish tamoyiliga amal qiladi.
Xalqaro elektr aloqasi ittifoqi 1965 yilda tashkil etilgan, qarorgoxi Jenevada.
Xalqaro elektr aloqasi ittifoqining maqsadi elektron aloqaning barcha turlaridan
samarali foydalanish va uni mukammallashtira borishga yunaltirilgan xalqaro
hamkorlikni amalga oshirish, radio tulkinlarini taqsimlash, rivojlanayotgan
davlatlarga texnik yordam ko‘rsatishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |