II BOB. BMTNING MING YILLIK ISTIQBOLLI DASTURI
DOIRASIDAGI UNICEF – O’ZBEKISTON FAOLIYATI
II.1. UNICEF VA O’ZBEKISTON KO’P TARMOQLI
ALOQALARINING BOSHLANISHI
BMTning bolalar jamg’armasi (UNICEF)
BMTning Bolalar jamg’armasi bolalar huquqini himoya qilish bo’yicha
O’zbekistonda 1994 yildan boshlab faoliyat yurutadi. UNICEFning maqsadi
bolalarning asosiy ehtiyojlarini amalga oshirish va ular imkoniyatlarini
kengaytirish, o’z salohiyatlarini to’liq namoyish qilishlariga ko’mak berishdan
iborat. UNICEF hamkorligi dasturi doirasida milliy hukumat bilan markaziy va
mahalliy doirada, fuqarolik jamiyati va xalqaro hamkorlar bilan birga ish olib
boradi.
2005-2009 yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Hukumati va UNICEF
o’rtasidagi Hamkorlikning Davlat Dasturi maqsadi hukumat bolalari va
ayollarining yashash, o’sish va yaxshi, g’amxo’r va himoyalangan muhitda
rivojlanishiga bog’liq bo’lgan majburiyatlarini amalga oshirishda ko’mak beradi.
UNICEFning Davlat Dasturi oziqlanishni yaxshilash, ta’lim olish, gender tengligi,
ona sog’lig’i, bolalar o’limini kamaytirish, OIV/OITSni yo’q qilish va bolalar
qashshoqlik muammolarini yechish sohalarida Migyillik Rivojlanish maqsadlariga
erishish uchun yo’naltirilgan
1
.
Dostları ilə paylaş: |