O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini


-Mavzu:O`zbekiston Respublikasi soliq tizimi



Yüklə 2,2 Mb.
səhifə157/171
tarix07.01.2024
ölçüsü2,2 Mb.
#203584
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   171
BIZNESNI Vobkent pedagogika

20-Mavzu:O`zbekiston Respublikasi soliq tizimi.
.Reja:

  1. Soliq tizimining mohiyati va ahamiyati

  2. Soliq tizimini guruhlash tartib

  3. Тo‘g‘ri va egri soliqlar

Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yig‘indisi soliq tizimini tashkil etadi.
Bu ta’rif soliq tizimini keng ma’noda tushunishdir.Soliq qonunchiligida soliq tizimi tor ma’noda talqin qilinib, bir xil mohiyatga ega bo‘lgan va markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq, yig‘im, boj va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘indisi soliq tizimi, deb ataladi.
Soliq tizimiga nisbatan bunday yondashuvni ayrim adabiyotlarda ham keltirilganligini ta’kidlash o‘rinli. Qayd etilgan ta’rifda soliq va yig‘imlar yagona mohiyat, ya’ni «majburiy xarakterga ega bo‘lgan munosabat» va ularning bir-biri bilan bog‘liqligi va nihoyat budjetga tushishligini ko‘rsatadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi ning Soliq kodeksi mazmuniga mos keladi. Shu yerda bahsli masala ham mavjud, ya’ni davlatning budjetdan tashqari fondlariga (pensiya, ijtimoiy sug‘urta, bandlik, yo‘l fondlari va boshq.) to‘lovlarni ham majburiylik nuqtayi nazaridan soliq tizimiga kiritish muammosi mavjud Soliqlar bo‘yicha izlanishlar olib borgan ayrim mualliflarning soliq tizimiga yondashuvi boshqacha.
Soliq tizimiga, xususan, soliqlar yoki ularga tenglashtirilgan to‘lovlar tizimi (majmuyi) sifatida qarash mumkin emas. Soliq solishning muhim shart-sharoitlariga quyidagilar kiradi: soliqlarni belgilash va amalga kiritish tartibi, soliqlarning turlari, ularni budjet darajalari o‘rtasida taqsimlash tartibi, soliq nazoratini amalga oshirish shakllari va uslublari, soliq to‘lovchilarning huquqlari, majburiyatlari, ular manfaatlarini himoya qilish usullari, soliq munosabatlari ishtirokchilarining javobgarligi2 va shu bilan birga, ushbu elementlar soliq tizimining tarkibiy unsurlari ekanligini ta’kidlaydi va soliq tizimi deganda ana shu elementlarning majmuasidan iborat bo‘lgan hamda ular o‘rtasidagi munosabatlaridan kelib chiqib, ifodalash mumkin.

Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin