O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi va uning shakllanishi.
Soliq tizimi haqida tushunsha va uning mohiyati. YUridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yigimlar, bojlar va boshqa majburiy to’lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yigindisi soliq tizimini tashkil etadi. Bu ta’rif soliq tizimini keng ma’noda tushunishdir. Soliq qonunshiligida soliq tizimi tor ma’noda talqin qilinib, bir xil mohiyatga ega bo’lgan va markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq, yigim, boj va boshqa majburiy to’lovlarning yigindisi soliq tizimi deb ataladi. Soliq tizimiga nisbatan bunday yondashuvni ayrim adabiyotlarda ham keltirilganligini ta’kidlash o’rinli. Qayd etilgan ta’rifda soliq va yigimlar yagona mohiyat, ya’ni «majburiy xarakterga ega bo’lgan munosabat» va ularning bir-biri bilan bogliqligi va nihoyat byudjetga tushishligini ko’rsatadi. Bu O’zbekiston Respublikasi soliq Kodeksi mazmuniga mos keladi. SHu yerda bahsli masala ham mavjud, ya’ni davlatning byudjetdan tashqari fondlariga (pensiya, ijtimoiy sugurta, bandlik, yo’l fondlari va boshqalar) to’lovlarni ham majburiylik nuqtai nazardan soliq tizimiga kiritish muammosi mavjud.
Soliqlar bo’yisha izlanishlar olib borgan ayrim mualliflarning soliq tizimiga yondashuvi boshqasha. Soliq tizimiga xususan soliqlar yoki ularga tenglashtirilgan to’lovlar tizimi (majmui) sifatida qarash mumkin emas. Soliq solishning muhim shart-sharoitlariga quyidagilar kiradi: soliqlarni belgilash va amalga kiritish tartibi, soliqlarning turlari, ularni byudjet darajalari o’rtasida taqsimlash tartibi, soliq nazoratini amalga oshirish
shakllari va uslublari, soliq to’lovshilarning huquqlari, majburiyatlari, ular manfaatlarini himoya qilish usullari, soliq munosabatlari ishtirokshilarining javobgarligi va shu birga ushbu elementlar soliq tizimining tarkibiy unsurlari ekanligini ta’kidlaydi va soliq tizimi deganda ana shu elementlarning majmuasidan iborat bo’lgan va ular o’rtasidagi munosabatlar majmuasidan kelib shiqib ifodalash mumkin.
Umuman olganda soliq tizimini tarkiban soliqqa tortish tamoyillari, soliq siyosati, soliqqa tortish tizimi, soliq mexanizmi kabilarga ajratish mumkin. Ushbu elementlar bevosita mamlakatda amal qilayotgan soliqlarning tarkibini belgilab beradi.