O’zbekiston respublikasioliyva o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/45
tarix13.12.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#175845
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45
Kitob 3944 uzsmart.uz

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


41 
III-BOB. KORXONALARDA USTAV, QO’SHILGAN VA REZERV 
KAPITALI AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI 
3.1. Shahrisabz "Don –xalq rizqi " OAJda ustav kapitali auditini 
o’tkazish tartibi 
 
Korxona ustav kapitali uning ustavi va ta’sis shartnomasiga muvofiq 
qoidaga ko’ra, ta’sischilarning hissalari hisobiga barpo etiladi. U korxonaning 
xo’jalik 
faoliyatidan 
olinadigan 
foydasi 
hisobiga, 
zarur 
bo’lganda 
ta’sischilarning maqsadli badallari hisobiga xam to’ldirilishi mumkin. 
Korxona ustav kapitaliga hissa sifatida binolar, inshootlar, qurilmalar va 
boshqa moddiy qiymatliklar: yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish 
xuquqlari, shuningdek, boshqa mulkiy xuquqlar (shu jumladan, kashfiyotlardan 
foydalanish uchun, “nou-xau” va boshqa nomoddiy aktivlar); qo’shma korxona 
ishtirokchi davlatlarining valyutalaridagi erkin ayirboshlanadigan valyutalarda 
pul mablag’lari qo’shishlari mumkin. 
Ustav kapitalini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan maqsad, ustav 
kapitalining holati aks ettiriladigan moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining 
ishonchliligi, hamda uni hisobga olish uslubiyotining me’yoriy xujjatlarga 
muvofiqligi to’g’risida fikr shakllantirishdan iborat. 
Tekshiruvni korxona yuridik maqomini va ustavida belgilangan faoliyat 
turlarini, ta’sischilar va ular ulushlarining tarkibi xamda summasini, ustav 
kapitalining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun yetarliligini 
aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiq. 
Ta’sis xujjatlari, ustav kapitalini shakllantirishga doir dastlabki xujjatlar, 
xisob registrlari va xisobot ma’lumotlarini tekshirish quyidagi tartibda amalga 
oshiriladi: 
- ta’sis xujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi) mavjudligi, shakllari va 
to’g’ri rasmiylashtirilganligi; 
- ta’sis xujjatlari mazmunining amaldagi konunchilak va me’yoriy 
xujjatlar talablariga muvofiqligi; 
- ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga tuliq va o’z vaqtida 
qo’shilishi; 


42 
- ta’sischilar mulk shaklida qo’shadigan ulushlarining to’g’ri 
baholanishini tekshirish; 
- ustavda ko’rsatilgan faoliyat turlarining qonuniyligini tekshirish; 
- ustav kapitali hajmining ta’sis xujjatlari va O’zbekiston Respublikasi 
qonunchiligiga muvofiqligi; 
- ustav kapitalining to’liq va to’g’ri shakllantirilganligi; 
- ta’sischilarning ustav kapitaliga o’z ulushlarini qo’shish bo’yicha 
yakuniy xisob-kitoblar uchun qonunda belgilangan muddatlarga rioya qilinishi; 
- ustav kapitalini shakllantirishga doir muomalalarning buxgalteriya 
hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish; 
- ustav kapitaliga ulushlarning haqiqatdan ham qo’shilganligini 
aniqlash; 
- ustav kapitali hajmi o’zgarishining asosliligi va ustav hamda ta’sis 
shartnomasining qayta ro’yxatdan o’tkazilganligini hamda bu xolda tegishli 
hisob registrlari va hisobotda aks ettirilganligi. 
Ushbu vazifalarni bajarish uchun quyidagi ma’lumot manbalari tahlil 
qilinadi: 
- korxonaning huquqiy maqomini, ustav kapitalini shakllantirish va 
hisobga olish masalalarini tartibga soladigan asosiy qonun xujjatlari va 
yuriqnomalari; 
- ta’sis xujjatlari (notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav va ta’sis 
shartnomasi); 
- moliyaviy, statistik va boshqa tegishli xisobotlar; 
- ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha muomalalar hisobga olingan 
dastlabki xujjatlar, analitik va sintetik xisob registrlari; 
Me’yoriy xujjatlarga muvofiqlik masalasini tekshirish uchun ustav 
kapitalini shakllantirish va hisobga olish qoidalarini o’zida mujassamlashtirgan 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin