4-mavzu O`G`zaki muloqot vq yozma muloqot reja (3)
Nutq va uning turlari Til va nutqning psixologik faoliyatda tutgan o’rni.
Til va nutqning psixologik rivojlanish yo’lida tutgan o’rni beqiyosdir. Nutqning paydo bo’lishi bilan birga insonning psixologik va ruhiy doirasi ham rivojlana boshlaydi. Masalan, qabul qilish , xotira, tafakkur, tasavvur, e’tibor kabilar faqatgina til tufayli rivojlana boradi.
Nutq – inson psixologiyasining eng muhim vazifalaridan biri bo’lib, boshqa psixologik jarayonlarni boshqarib, bir biriga boq’lab turadi. Inson onggidagi tafakkur va tasavvur qilish jarayonlari nutq faoliyati bilan chambarchas bog’liq bo’lib, inson fikrlash faoliyati – nutqiy tafakkurni paydo qiladi. Nutqning rivojlanishi boshqa psixologik jarayonlarning rivojlanishiga turtki bo’ladi.
Nutq o’z navbatida tashqi, ichki, og’zaki, yozma dialog va monolog ko’rinishlarida bo’ladi. Nutq o’zaro munosabat va muloqotda eng asosiy qurol hisoblanadi.
Muloqot- bu odamlar o’rtasidagi aloqa, buning natijasida odamlarning bir biriga bo’lgan ta’siri paydo bo’ladi.Muloqot davomida odamga nisbatan extiyoj tug’iladi. Muloqot tufayli odamlar turli xil amaliy va nazariy faoliyatlarni uyushtiradi. Bundan tashqari axborot almashish, bir-birini tushinish kabi jarayonlar ham muloqot tufayli sodir bo’ladi.Shuningdek , muloqot shaxslar o’rtasidagi munosabatlarni yaratib, ularni amalda qo’llashdayordam beradi.52 Psixologiyada «til» va «nutq» tushunchalari mavjud. Til – bu odamlar uchun ma’lum ma’no va ahamiyat kasb etuvchi tovush birikmalarini etkazuvchi shartli ramzlar tizimi. Til jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, odamlarning ijtimoiy ongida ularning ijtimoiy turmushini aks ettirish shakli, shuningdek, ijtimoiy-tarixiy rivojlanish mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Tilning noyob hodisaviyligi shundaki, har bir odam atrofdagilar muloqotda bo‘ladigan tarkib topgan tilga ega bo‘ladi va rivojlanish jarayonida uni o‘zlashtirib boradi.[2]
Til – bu murakkab hosila. Istalgan til, avvalo, tilning leksik tarkibi deb ataluvchi ma’nodor so‘zlarning ma’lum tizimiga egadir. Bundan tashqari, til so‘z va so‘z birikmalari turli shakllarining ma’lum tizimidan iborat bo‘lgan til