4-mavzu O`G`zaki muloqot vq yozma muloqot reja (3)
kinestetik shakli mavjud. Nutqning bu turi insonda o‘tmish davrlardan buyon saqlanib qolgan.Vaqt o‘tishi bilan nutqning ushbu turi o‘z vazifalarini yo‘qotgan va hozirda asosan nutqning emotsional-ifodali tarkibiy qismlari – imo-ishoralar sifatida qo‘llaniladi.
Lekin odamlarning kinestetik nutq avvalgidek nutqning asosiy turi bo‘lib sanaladigan katta guruhi mavjud. Bunda kar-soqov bo‘lib tug‘ilgan yoki baxtsiz hodisa yoki kasallik natijasida so‘zlash yoki eshitish qobiliyatidan mahrum bo‘lgan odamlar nazarda tutiladi. Albatta, hozirgi zamon kinestetik nutqi qadimgi kinestetik nutqdan tubdan farq qiladi. U bir muncha taraqqiy etgan bo‘lib, belgili daraklarning yaxlit tizimiga ega.
Nutq turlarining ichki va tashqi nutq turlariga bo‘linishining yana bir umumiy ko‘rinishi mavjud. Tashqi nutq muloqot, axborot almashinuv jarayonlari bilan bog‘liq. Ichki nutq, avvalambor, tafakkur jarayonini ta’minlash bilan bog‘liq.
Og‘zaki, ayniqsa, yozma nutqqa tayyorgarlik ko‘rishda so‘zlovchining o‘z ichida nutqni qaytarib olish davri mavjud. Mana shu ichki nutqdir. Unga parchalarga bo‘linganlik xosdir, u vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Ichki nutq tashqi nutq asosida shakllanadi.
Tashqi nutqning ichki nutqqa ko‘chirilishi (interiorizatsiya) tashqi nutq tuzilishining qisqarishi bilan birgalikda kechadi, ichki nutqning tashqi nutqqa o‘tishi (eksteriorizatsiya) esa, aksincha, ichki nutq tuzilishini ochib berishni, uni mantiqiy, hamda grammatik qoidalarga muvofiq ravishda tuzishni talab etadi.