O`zbekiston respubliksi oliy va o`rta



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/26
tarix09.05.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#56859
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Tuganbekova A.

14.  Ma`naviy  e`tiqod-u  ma`naviy  idealdan  iborat  bo`lib,  ehtiyoj  ko`nikma  va 

malakalarning shakllanishi asosida paydo bo`ladi. 

Keltirilgan ta`riflardan ko`rinib turibdiki, murakkab ijtimoiy hodisa bo`lgan 

ma`naviyatning  ma`lum  bir  tarkibiy  qismi  yoki  uning  u  yoki  bu  xususiyati  yoki 

ahamiyatini 

ifodalaydi. 

Bundan 

shunday 


xulosaga 

kelish 


mumkinki, 

ma`naviyatning  mukammal  ta`rifidan  uzluksiz  ta`lim  tizimining  har  bir  turiga 

tegishli  xususiy  holdagi  ta`riflaridan  ham  foydalanish  kerak  bo`lar  ekan.  Bunga 

sabab uzluksiz ta`lim tizimi uchun har bir turda ta`lim-tarbiyaga qo`yilgan alohida 

talablar  mavjud.  Masalan  oiladagi  yoki  MTM  dagi  ma`naviyatga  berilgan  talab 

oliy  ta`limdagi  talabga  to`g`ri  kelmaydi  yoki  aksincha.  Demak,  uzluksiz  ta`lim 

tizimi uchun xususiy ta`riflardan umumiyroq bo`lgan ta`riflarga o`tib borish, ya`ni 

induksiya  tadqiqot  usuliga  asoslangan  holda  ta`riflar  iyerarxiyasini  shakllantirib 

borgan ma`qul ekan. Umuman olganda ma`naviy tarbiyada milliy  madaniyatimiz, 

ajdodlarimizdan  bizgacha  yetib  kelgan  boy  ma`naviy  merosimizni  tarixiy 

ildizlariga  e`tibor  berishimiz  va  ularni  yanada  boyitib  (bu  sohadagi  tadqiqot 

ishlarini  yanada  rivojlantirib)  bugungi  yoshlarimiz  ongi  va  qalbiga  chuqur 




15 

 

singidirish  masalasiga  katta  e`tibor  qaratish  lozim  bo`ladi,  chunki  bu  ma`naviy 



boylik  asrlar  davomida  shakllangan.  Bular  avloddan-avlodga  o`tishda  ko`plab 

sinovlardan  o`tgan  va  vaqti  kelganda  ulardan  xalqlarimiz  foydalangan,  ya`ni  ular 

xalqlarimizga madad bo`lgan. 

Bu  masala  ham  Muhtaram  Prezidentimiz  I.A.Karimovning  e`tiboridan 

chetda  qolgan  emas  va  bu  haqda  Mustaqillik  qo`lga  kiritilgan  paytdan  boshlab 

unga  e`tibor  berib  kelmoqda.  Xususan,  Prezidentimizning  “O`zbekistonning  o`z 

istiqlol va taraqqiyot yo`li” risolasining “Mustaqil O`zbekistonni rivojlantirishning 

ma`naviy-axloqiy  negizlari”  deb  nomlangan  bobi  bordi  quyidagi  asosiy  negizlar 

qayd etilgan: 

  umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; 

  xalqimizning ma`naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; 

  insonning o`z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; 

  vatanparvarlik”. 

Bu  to`rtala  negiz  ham  ma`naviy  tarbiya  jarayonida  o`ta  muhim  bo`lib,  ular 

ichida  “Xalqimizning  ma`naviy  merosni  mustahkamlash  va  rivojlantirish”  nomli 

negizi  ayni  shu  masala  yechimini  hal  qilishda  yetakchi  o`rinda  turadi  va  bunga 

jamiyatimiz  taraqqiyotining  hamma  bo`g`inida  e`tibor  berishimiz  kerak.  Ayniqsa, 

oilada,  MTM  larida  va  boshlang`ich  ta`limda  mustahkam  poydevor  qo`yiladi, 

chunki  bu  davrdagi  tarbiya  bolalarda  jo`shqinroq  kechadi.  Bolalar  ma`naviy 

dunyosining  o`ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  kattalarni  obro`li  siymolar  deb 

bilishlaridir.  Shuning  uchun  ham  biz  o`z  farzandlarimizning  baxtu  saodati,  iqboli 

va  kamolini  ko`rishni  istaymiz.  Buning  uchun  farzandlarimizga  milliy  urf-

odatlarimiz, 

qadriyatlarimiz 

va 

an`analarimizni 



chuqur 

singdirish 

va 

shakllantirishimiz  lozim.  Bu  oila  ma`naviyatining  asoslaridir.  Muhtaram 



Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta`kidlaganidek “Ta`limni  tarbiyadan,  tarbiyani  esa 

ta`limdan ajratib bo`lmaydi-bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”. 




16 

 

Bu  ko`rsatmaviy  fikr  ayniqsa  oila  ma`naviyati  bilan  MTM  da 



tashkillashtiriladigan  “Ma`naviyat  saboqlari”da  muhimdir.  Shuning  bilan  birga 

bunday  ko`rsatmaviy  fikrni  og`ishmay  amalga  oshirishda  ota-onalar  va  MTM  da 

faoliyat  ko`rsatayotgan  murabbiy  yoki  tarbiyachidan  quyidagi  qonun-qoidalarga 

amal qilinishi talab etiladi: 

 

bolalarga  nisbatan  samimiy  munosabatda  bo`lish  kerak  va  ularning  har 



biriga xos individual xususiyatlarini bilib oling; 

 



hamma bolalarga bir xil munosabatda bo`ling; 

 



bolalarga ta`lim-tarbiya berishda sharqona usullardan foydalaning; 

 



bolalarga ta`lim-tarbiya berishda milliy qadriyatlarga va milliy urf-odatlarga 

suyaning; 

 

turli  tadbirlar  va  bayramlarni  MTM  ning  umumjamoasi  bilan  birgalikda 



o`zaro yordam asosida o`tkazing; 

 



bolalarning  mustaqil fikr yuritishiga imkoniyat yarating, o`zlaring burch va 

vazifalarini bajarib borishiga o`rgating; 

 

MTM  da  bolalarning  bir-birini  kamsitishiga  va  xo`rlashiga  yo`l  qo`ymang, 



turli g`iybat va fisqu-fasod gaplar bo`lishining oldini oling; 

 



guruhda  bolaning  isyon  ko`tarishiga  yo`l  qo`ymang.  Unutmang  bu  nafaqat 

MTM ga, balki oilaga ham, jamiyatga ham xavflidir; 

 

bolaga  qo`rqitish,  zulm  qilish  orqali  tarbiya  bermang.  Unutmang,  siz  bu 



orqali baxtsiz yoki yakka-yolg`iz kishilarning shakllanishiga sabab bo`lasiz. 

Eng yomoni, ularning ushbu hatti-harakati jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta`sir 

ko`rsatadi; 

 




Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin