O`zbekiston respubliksi oliy va o`rta


 “Ma`naviyatli odam kim?” mavzusi bo`yicha “Ma`naviyat saboqlari”



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/26
tarix09.05.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#56859
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Tuganbekova A.

2.2. “Ma`naviyatli odam kim?” mavzusi bo`yicha “Ma`naviyat saboqlari” 

mashg`ulotlarini olib borish texnologiyasi

 

  

Ma`lumki,  maktabgacha  ta`lim  tashabbuskor,  ijtimoiy  faol,  ma`naviy 



jihatdan  boy  shaxsni  shakllantirishning  birinchi  pog`onasidir.  Yoshlarimizni 

yuksak  ma`naviyatli  bo`lib  shakllanishiga  davlatimiz  rahbari–  Prezidentimiz 

I.A.Karimov  ham  doimo  e`tibor  berib  kelmoqda.  Fikrimiz  dalili  sifatida 

quyidagiga  e`tiboringizni  qaratamiz:  “Ko`p  yillik  ilmiy  kuzatish  va  tadqiqotlar 

shuni  ko`rsatadiki,  inson  o`z  umri  davomida  oladigan  barcha  informasiyaning  70 

foizini  5  yoshgacha  bo`lgan  davrda  olar  ekan.  Bolaning  ongi  asosan  5-7  yoshda 

shakllanishini  inobatga  oladigan  bo`lsak,  aynan  ana  shu  davrda  uning  qalbida 

oiladagi muhit ta`sirida ma`naviyatning ilk ko`rtaklari namoyon bo`la boshlaydi”. 

Prezidentimizning  ushbu  fikri  bevosita  MTM  ga  va  ularning  oila  muhiti  bilan 

aloqasiga  bog`liqdir,  chunki  MTM  ning  o`rta,  katta  va  maktabga  tayyorlov 

guruhlarida  5-7  yoshli  bolalar  tarbiyalanadilar.  Bolalarning  intellektual 

salohiyatlarining  va  ma`naviy  saviyasi  shakllanishining  dastlabki  bosqichi  ham 

xuddi  ana  shu  yoshdan  boshlanadi.  MTMsi  ta`lim-tarbiyasiga  qo`yilgan  Davlat 

talablari  (“Ta`lim  to`g`risida”gi  Qonunning  10  va  11  hamda  4  -  9  moddalari, 

“Barkamol  avlod”  yili  Davlat  dasturi,  YuNESKO  tomonidan  1997  yilgi 

“Maktabgacha  ta`lim”  atamasini  uzluksiz  ta`lim  tizimi  tarkibiga  kiritilishi, 

“Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  va  shu  kabilar)  va  “Maktabgacha  ta`lim” 

konsepsiyasida  ham  yangi  pedagogik  texnologiyalarini  qo`llashlarga  e`tibor 

qaratilgan. 



19 

 

Ushbu talablarni va ulargan mos zamonaviy texnologiyalarni MTM ga keng 



joriy etish maqsadida “Ma`naviyat saboqlari” ruknidagi darslar majmuasini ishlab 

chiqdik.  Ular  mavzulari  va  ularni  olib  borishga  qisqacha  tavsiyalar  mazkur 

ishimizning  2.2  -  qismida  ma`lumot  berilgan  edi.Quyida  ana  shunday  rukndagi 

dars  mashg`ulotlaridan  “Ma`naviyatli  odam  kim?”,  degan  mavzu  ishlanmasini 

keltiramiz.  Buning  uchun  dastlab  ushbu  mavzuga  mos  darsning  oldindan 

loyihalashtirilgan texnologik xaritasini keltiramiz. 




Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin