O`zbekiston respuplikasi oliy va o`rta ta`lim vazirligi



Yüklə 218,55 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix04.02.2023
ölçüsü218,55 Kb.
#82879
2-AMALIY TOP Djumayeva Shaxlo



O`ZBEKISTON RESPUPLIKASI OLIY VA
O`RTA TA`LIM VAZIRLIGI 
JIZZAX VILOYATI A.QODIRIY NOMIDAGI 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA 
UNIVERSITETI 
SIRTQI BO`LIM «TASVIRIY SAN`AT VA 
MUHANDISLIK GRAFIKASI» 
YO`NALISHI 
4-bosqich 801-guruh talabasi 
DJumayeva Shaxloning 
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o’qitish 
metodikasi fanidan bajargan 
2-AMALIY MASHG’ULOT TOPSHIRIG’I 
 
Bajardi: DJumayeva Shaxlo 
Qabul qildi: Rashid Zulfiyev
 
 
2022-2023 o’quv yili 
DJumayeva Shaxlo Isomovna 
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o’qitish 
metodikasi 
2-amaliy mashg’ulot topshirig’i 
REJA: 


1.Tasviriy san’at o‘qitishning didaktik prinsiplari mohiyati va ta’limda 
qo‘llaniladigan prinsiplar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar berish. 
2. Tasviriy san’at ta’limida qo‘llaniladigan didaktik prinsiplarni ketma-ketligi 
haqida tushunchalar berish.
3.Didaktik prinsiplar va ularni tasviriy san’atni o‘qitishdagi ahamiyati.
4.Tasviriy san’atni o‘qitishda didaktik prinsiplarning o‘ziga xos xususiyatlari 
Didaktik prinsiplarsiz umumiy o`rta ta`lim maktablarida tasviriy san`at 
darslarini tasavvur qilib bo`lmaydi. Faqat amaliyot bilan nazariyani uzviy 
bog`lagan Holdagina dars va darsdan tashqari ishlarda ta`lim va tarbiyaning 
samarali bo`lishiga erishish mumkin. Didaktik prinsiplar va ularning asosiy 
masalalari Evropaning buyuk pedagog-olimlari YA.A.Komenskiy, J.J.Russo, I.G. 
Pestalotssilar tomonidan ishlab chiqilgan. SHuningdek, didaktik prinsiplarni ishlab 
chiqishda F.A.Disterveg va K.D.Ushinskiylar Ham katta Hissa qo`shganlar. Ular 
tomonidan ilgari surilgan g`oya Hozirgi zamon didaktikasining asosini tashkil 
etadi.Didaktik prinsiplar Hisoblangan ta`lim va tarbiyaning birligi, ko`rgazmalilik, 
ilmiylik, onglilik va faollik, muntazamlik va ketma-ketlilik, ta`lim mazmunini 
bolalarning kuchi va yoshiga mos bo`lishi maktabda tasviriy san`atni o`qitishda 
aloHida aHamiyat kasb etadi. 
Maktabda tasviriy san`atni o`qitishda didaktik prinsiplar professorlar 
N.N.Rostovsev, V.S.Kuzin, R.Hasanovlar tomonidan ishlab chiqilgan. 
Ta`lim va tarbiya birligi prinsipi didaktik prinsiplarning eng asosiylaridan 
Hisoblanadi va bu tasviriy san`atni o`qitish jarayonida aloHida aHamiyat kasb 
etadi. Ma`lumki, bugungi kunda ta`lim-tarbiyaning asosiy qismlaridan biri 
o`quvchilarni milliy istiqlol mafkurasi ruHida tarbiyalash Hisoblanadi. 
O`. Tansiqboevning “Jonajon o`lka”, X. RaHmonovning “May tongi”, N. 
Karaxanning “Oltin kuz”, Z. Inog`omovning “CHoyga”, YU.Elizarovning 
“Natyurmot” kabi asarlarida O`zbekiston ko`rk-jamoli yorqin aks ettirilgan. 
O`quvchilarni bunday asarlar bilan tanishtirishda bolalarda ona-vatanimizga 
bo`lgan ilk muHabbat paydo bo`ladi, shu zaylda ularda ona-vatanga, o`lkaga 
nisbatan meHr-muHabbat tuyg`ulari yanada kuchayadi. 
Tasviriy san`at darslarida millatlararo totuvlik va baynalminal tarbiyani 
amalga oshirish imkoniyatlari Ham katta va u turli mavzularda kompozitsiya 
ishlash, boshqa millat va xalqlar Hayotini ifodalovchi suratlarning 
reproduksiyalarini, xalq ertaklariga ishlangan illyustratsiyalarni namoyish etish 
orqali amalga oshiriladi. 


“MeHmonlarimiz”, “CHet el delegatsiyasini kutib olish”, “Turistlar” mavzularida 
rasm chizdirish yuzasidan o`tkaziladigan suHbatlarda o`quvchilar ongiga 
millatlararo totuvlik, do`stlik tushunchalarini singdirishga Harakat qilinadi. Asar 
mazmunini ochishga yordamlashuvchi suHbatlar, turli millat va xalqlarning 
qiyofalarini tasavvur etish, bolalar ijodining takomillashuviga, tasavvurlarining 
boyishiga olib keladi. 
Turli millat yozuvchilarining asarlari va xalqlarining og`zaki ijodiga xos 
illyustratsiyalar o`quvchilarga boshqa millatlarning Hayoti, orzusi, g`oyalari bilan 
tanishish, sevish va tushunish imkonini beradi. 
Tasviriy san`at atrof-muHitni His etish, undagi voqea va Hodisalarni o`ziga 
xos jiHatlarini bilishni talab etadi. SHu boisdan tasviriy san`at darslarida 
o`quvchilar chiziqli va Havo perspektivasi, yorug`soya, rangshunoslik, 
kompozitsiya qonunlarini yaxshi bilishlari talab etiladi. SHuningdek, odam va 
Hayvonlarning plastik anatomiyasi Haqida etarlicha ma`lumotlarga Ham ega 
bo`lishlari lozim. Tasviriy san`at dasturida o`quvchilarning bu qonunlarni 
o`zlashtirishlari ko`zda tutiladi. Perspektiva qonunlarini o`zlashtirmasdan realistik 
tasvir yaratish mumkin emas, desak mubolag`a bo`lmaydi. Rassom yoki 
o`quvchining rasm chizish uslubi Har xil bo`lishi mumkin, lekin rasm yoki san`at 
asarlarining qurilishi bir xil, ilmiy asosda bo`lishi shart. Perspektiva qonunlari 
Hisoblangan chiziqli va Havo perspektivasi, ufq chizig`i, kesishish nuqtasi, 
kuzatish nuqtasi, buyumni bir yoki ikki kuzatish nuqtasi asosida rasmini ishlash, 
o`lchovlarni o`zgarish perspektivasi, och-to`qlikni o`zgarish perspektivasi, 
ranglarni o`zgarish perspektivasi, shakl va chegaralardagi aniqlikni kamayishi 
perspektivasi v.b. realistik rasm ishlashga o`rgatishning asosini tashkil etadi. 
Ilmiylik prinsipi tasviriy san`at o`qituvchilaridan dars jarayonida va sinfdan 
tashqari ishlarda o`quvchilarga berilayotgan barcha material va ma`lumotlar ilmiy 
bo`lishligini, maktab amaliyotida tekshirilgan Hamda o`quvchilarning yosh 
xususiyatlariga mos bo`lishligini talab etadi. 
Ko`rgazmalilik prinsipi tasviriy san`atni o`qitishda borliqdagi narsa va 
Hodisalarning mohiyatini bilishga, uning xarakterli xususiyatlari va 
qonuniyatlarini o`rganishga ko`maklashadi.Naturani o`rganish chog`ida (sinfda va 
plenerda) o`quvchilarning kuzatuvchanlik va mantiqiy fikrlash qobiliyatlari 
rivojlanadi. 
O`qituvchida Har doim Ham o`rganilayotgan ob`ektni ko`rsatish imkoni 
bo`lavermaydi, bunday Hollarda unga ko`rgazmalilik yordam beradi. Bu esa 
o`quvchilarda mazkur soHaga bo`lgan qiziqishni jonlantiradi. 
O`quvchi naturadan rasm chizish jarayonida doim izlanadi, shakllarni 
solishtiradi, naturaning tuzilishi, o`lchovlari, shakllari, rangi kabilarni bilib oladi. 


SHubHasiz, bularning Hammasi o`quvchilarda kuzatuvchanlikni rivojlanishiga 
olib keladi. 
Ma`lumki, bolalarda fikrlash konkretlikdan abstraktlikka borish jarayonida 
rivojlanadi. Tushuncha va obstrakt qoidalar ma`lum dalil, misol va obrazlar bilan 
mustaHkamlangandagina o`quvchilar ongiga oson etib boradi. 
Ko`rgazmalilik tasviriy san`at darslarida boshqa o`quv predmetlaridagidek 
yordamchi emas, balki o`quvchilarda tushuncha va tasavvurlar Hosil qiluvchi 
asosiy materialdir. 
Naturaning o`ziga qarab rasm chizish darslarida uni naturasiz tasavvur etib 
bo`lmaydi, bu o`rinda tasviriy san`at darslarida ko`rgazmalilik prinsipining roli 
juda katta. 

Yüklə 218,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin