O‘zbеkistоn rsеpublikаsi оliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vаzirligi mirzo ulug‘bеk nоmidаgi



Yüklə 22,67 Kb.
tarix25.09.2023
ölçüsü22,67 Kb.
#148198
Annotatsiya Tog\'aymutorova Nigora


O‘ZBЕKISTОN RSЕPUBLIKАSI
ОLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VАZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BЕK NОMIDАGI
O‘ZBЕKISTОN MILLIY UNIVЕRSITЕTI

Fakultet: Ijtimoiy fanlar

Magistratura talabasi: N.U.Tog‘aymurotova

Kafedra:Umumiy psixologiya

Ilmiy rаhbаr: N.M.Dolimova psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent

O‘quv yili: 2021-2023

Mutaxassisligi: 70310901 Psixologiya (faoliyat turlari)

UY BEKALARI VA ISHLAYDIGAN AYOLLARDA O‘Z-O‘ZINI BAHOLASHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI”
Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi taraqqiy topib kelayotgan davrda ayollarimizning ham o‘rniga alohida ta’rif berib o‘tish asosli hisoblanadi. Bugungi kun davlat va jamiyat hayotida ayollarimizni nafaqat oilada balki boshqa ko‘pgina jabhalarda ko‘rishimiz mumkin. Shu oʻrinda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, xususan, mo‘tabar ayol zotiga har tomonlama e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o‘zining samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga katta hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarimizni munosib qadrlash zarur deb ta’kidlagan fikrlari asnosida ayollarning jamiyatdagi oʻrni nechogʻlik beqiyosligi yana bir bor oʻz amaliy isbotini topmoqda.
Ayollarimizning o‘zlariga nisbatan ishonch va qat’iyatlari tobora ortib bormoqda. So‘nggi yillar mobaynida ayollarning ish faoliyati oiladagi o‘rni ularning psixologik holati haqida o‘rganish bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda. Har qanday davlat har qanday jamiyatning asosi va millatimiz kelajagi ayollar hisoblanib kelishgan. Hozirgi davrda oʻz aqli, bilimi va isteʼdodi, mehnatsevarligi shijoati bilan hayotning hal qiluvchi sohalarini tebratib kelishayotgan jamoa a’zolari qatorida ayollarimiz alohida ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Ishning maqsadi va vazifalari: ishning maqsadi uy bekalari va ishlaydigan ayollarni o‘z o‘zini baholashni psixologik xususiyatlarini aniqlashdir.
Ishning vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:
xorijiy va mahaliy psixologlarni ayollarni o‘z o‘zini baholash bo‘yicha olib borilgan ishlarni o‘rganib chiqish;
uy bekalari hamda ishlaydigan ayollarning shaxslararo munosabatlaridagi psixologik jihatlarni tahlil qilish;
uy bekalari va ishlaydigan ayollarda o‘z-o‘zini baholashdagi tafovutlarni aniqlash;
uy bekalari hamda ishlaydigan ayollardagi agressiya turlarini oʻrganish.
Tadqiqotning obyekti va predmeti. Tadqiqot obyekti sifatida Toshkent shahar Olmazor tuman 298-maktab 40 nafar ayol pedagog xodimlari va Olmazor tuman Oltinsoy MFY 40 nafar uy bekalari tashkil qildi.
Tadqiqotning predmeti uy bekalari va ishlaydigan ayollardagi o‘z-o‘zini baholashning psixologik xususiyatlari tashkil etadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangiligi:
Uy bekalari hamda ishlaydigan ayollarning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlarining qiyosiy tahlili amalga oshirildi;
Uy bekalarida ishlaydigan ayollarga nisbatan sog‘lig‘i va mehnat faoliyatida o‘zlarini yuqori baholashlari tadqiqot natijalarida o‘rganildi;
Ishlaydigan ayollarni o‘zlariga nisbatan ishonch va jamiyatda o‘z o‘rinlarini uy bekalariga nisbatan yuqori ko‘rishlari aniqlandi.
Ish tuzilishi va tavsifi: Magistrlik dissertatsiyasi 3 bob, 9 ta boʻlim, bob boʻyicha xulosalar, xulosa hamda adabiyotlar roʻyxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 85 bet.
Dissertatsiya ishining birinchi bobida o‘z-o‘zini baholash ijtimoiy-psixologik muammo sifatida o‘rganilgan hamda ko‘plab ilmiy adabiyotlarning tahlili keltirilgan.
Tadqiqotning ikkinchi bobida shaxslarda o‘z-o‘zini baholash fenomenining o‘rganilish metodologiyasi va psixologik metodikalar tavsifi yoritilgan.
Tadqiqotning uchinchi bobi esa uy bekalari va ishlaydigan ayollardagi o‘z-o‘zini baholashning empirik tadqiq etilishiga bag‘ishlangan bo‘lib, tadqiqot jarayonida qo‘llanilgan metodikalarning natijalari keltirib o‘tilgan.

Ilmiy rahbar psixologiya
fanlari doktori (DSc), dotsent: N.M Dolimova


Magistratura talabasi: N.U.Tog‘aymurotova
Yüklə 22,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin