“KOʻZI OJIZ OʻQUVCHILARDA TAFAKKUR VA XOTIRA XUSUSIYATLARI”
Mavzuning dolzarbligi: Koʻrish qobiliyatining yoʻqolishi turli darajadagi ruhiy azob-uqubatlarga olib kelishi mumkinligi uzoq vaqtdan beri eʻtirof etilgan, bu shubhasiz, barcha yoshdagi hissiy buzilishlarning boshqa shakllaridan kelib chiqadigan fiziologik buzilishlardan ham kattaroqdir. Koʻrishda nuqsoni boʻlgan insonlarda tinglash koʻnikmalari, muloqot, orientatsiya va harakatchanlik, kasb yoki karyera imkoniyatlari va kundalik hayot koʻnikmalarini taʻkidlash uchun maxsus jihozlar va oʻquv dasturlariga oʻzgartirishlar kiritishda qoʻshimcha yordamga muhtoj boʻlishi mumkin. Til rivojlanishining cheklanganligi, kontseptual rivojlanishdagi kechikish, ijtimoiy koʻnikmalardagi taktual idrok etish qiyinligi va stereotipik xatti-harakatlar ularni alohida noqulay ahvolga soladi. Ushbu kamchiliklar bu insonda tashvish, depressiv reaktsiya, oʻzini oʻzi qadrlash va oʻzini oʻzi anglash, uyqu-uygʻonish rejimi va xatti-harakatlar bilan bogʻliq muammolarga koʻproq moyil qiladi.
Tadqiqot ishining mаqsаdi va vazifalari: Tadqiqotmaqsadi koʻzi ojiz insonlarning xotira va tafakkur xususiyatlarini o‘rganish.
Tadqiqotvazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:
insondagi koʻz nuqsoni asosida qanday psixik oʻzgarishlar yuzaga kelishi va uning bilish jarayonlariga taʻsiri;
koʻzi ojiz oʻquvchilarda xotira va tafakkur xususiyatlarini oʻzgarishlar kechishini tahlil qilish;
Tadqiqot obyekti va predmeti:Tadqiqotobyekti sifatida Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani 77-sonli maxsus ixtisoslashtirilgan maktabdagi koʻzi ojiz 8- sinf oʻquvchilari hamda Toshkent shahar Olmozor tumani 119-sonli umumtaʻlim maktabining 8-sinf oʻquvchilari tadqiqot obʻekti sifatida tanlab olindi hamda 70 kishi sinaluvchi sifatida qamrab olindi.
Tadqiqot predmeti sifatida koʻzi ojiz oʻquvchilarda tafakkur va xotira xususiyatlarini eksperimental jihatdan o‘rganish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:Tadqiqot ishining yangiligi bu o‘smir yoshlardagi o‘quvchilar o‘rtasidagi xotira va tafakkur xususiyatlarining sogʻlom va koʻzi ojiz oʻquvchilardagi farq va ahamiyati aniqlashga qaratilgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangiligi: xotira xususiyatlarining sogʻlom va koʻzi ojiz oʻquvchilardagi farqi aniqlandi;
tafakkur xususiyatlarining sogʻlom va koʻzi ojiz oʻquvchilardagi farq va ahamiyati aniqlandi;
ko’zi ojiz o’quvchilardagi xotira va tafakkur jarayonlarini rivojlantirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ish tuzilishi va tavsifi: Magistrlik dissertatsiyasi 3 bob, 8 ta boʻlim, bob boʻyicha xulosalar, xulosa hamda adabiyotlar roʻyxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 95 bet.
Dissertatsiya ishining birinchi bobida ko’zi ojiz o’quvchilarning psixologik va kognitiv xususiyatlari haqida ma’lumot keltirilgan.
Tadqiqotning ikkinchi bobida ko’zi ojiz o’quvchilarning xotira va tafakkur xususiyatlarining o’rganilish metodologiyasi va psixologik metodikalar tavsifi yoritilgan.
Tadqiqotning uchinchi bobi ko’zi ojiz o’quvchilar va sog’lom o’quvchilarning empiric tadqiq etilishiga bag’ishlangan bo’lib, tadqiqot jarayonida qo’llanilgan metodikalarning natijalari keltirib o’tilgan.
Ilmiy rahbar psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent: N.M.Dolimova