Tekislikda va fazoda orientatsiya. Qutb, silindrik va sferik kordinatalar sistemasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə1/12
tarix12.12.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#73989
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Tekislikda va fazoda orientatsiya. Qutb, silindrik va sferik kor


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI


MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI

TEKISLIKDA VA FAZODA ORIENTATSIYA. QUTB, SILINDRIK VA SFERIK KORDINATALAR SISTEMASI” mavzusidagi


KURS ISHI
Bajardi: “Matematika” yo’nalishi 21.02-guruh talabasi:
__________________________________________

Qabul qildi: ___________________________


FARG’ONA - 2022


REJA:
Kirish

  1. BOB TEKISLIKDA VA FAZODA ORIENTATSIYA

1.1-§. Tekislikda va fazoda orientatsiya.
1.2-§. Tekislikda qutb kordinatalar sistemasi.
1.3-§. Silindirik kordinatalar sistemasi.
II BOB. TEKISLIKDA TO’G’RI CHIZIQ VA UNING TENGLAMALARI
2.1-§. Tekislikda to’g’ri chiziq va uning tenglamalari

2.2-§. To’g’ri chiziqlarga doir asosiy masalalar


2.3-§. To’g’ri chiziq va tekisliklar orasidagi burchak, ularning parallellik va perpendikulyarlik shartlari.



II. Xulosa
III. Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Dunyoqarashni nima o‘zgartiradi – ilm,
daromad, manfaat.
SH.M.MIRZIYOYEV
Ta’limni tubdan isloh qilishning ajralmas va muhim qismi hisoblangan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, amaliyotga joriy qilinishi mumkin bo’lgan yo’l-yo’riqlar yangicha usullar orqali mutaxassislar tomonidan ma’lum tizim asosida o’rgatilishi lozim. Jahon ta’limi tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyat taraqqiyoti ta’limning takomillashishi va taraqqiy qilishi bilan chambarchas bog’liqdir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi nutqida: “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz” deb ta`kidlagan edi. Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan umumta’lim muassasalari uchun tayyorlanayotgan pedagog kadrlar sifatini tubdan yaxshilash, ta‘lim muassasalaridagi o‘quv jarayonini zamonaviy talablar asosida qayta tashkil etish va tayyorlanayotgan mutaxassislari malakasining raqobatbardosh bo‘lishiga erishish asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g‘oyasi Respublika Konstititsiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqishlariga ko‘tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o‘rin egallashga yo‘naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo‘lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish bilan bog‘liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug‘ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish mustaqil O‘zbekiston Respublikasining rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog‘liqdir.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin