Mamlakat sanoati tarmog'ida inovatsion faoliyatni shakllantirishda xalqari tajribalarning o’rni va uning istiqbollari
Mahalliy toifadagi va chet ellik olimlar va iqtisodchilarning iqtisodiy kategoriya sifatida ishbilarmonlik faoliyati va uni boshqarish, ushbu boshqaruv uslublari va yo'nalishlariga oid ilmiy ishlarini tahlil qilishga asoslangan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, tadbirkorlik faoliyatini boshqarishkorxonalar faoliyatining turli yo'nalishlarini qamrab oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sh.M.Mirziyoev tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida “...mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarida milliy iqtisodiyotning еtakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish masalasi turadi. Chunki, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash hamda mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi. Shunga muvofiq, izchillik bilan amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar tufayli milliy sanoat salohiyati tobora yuksalib bormoqda.
Sanoatni boshqarish va uning innovatsion faoliyat asosida yuritilishi avvalo birqancha xalqaro meyorlar va tajribalar, jumladan quyidagi vazifalarni hal etishga bevosita bog’liqdir:
Birinchidan, sanoat majmuasini innovatsion jarayonini faollashtirish davlat tomonidan kuchli qo‘llab quvvatlash natijasida bo‘ldi. To‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtirish, grantlarajratish hamda turli dotatsiyalar berish (Yaponiya), davlat buyurtmalari hamda xaridlari (AQSh) hisobiga amalga oshirildi.
Ikkinchidan, jahon tajribasi sanoat majmuasi innovatsion rivojlanishining yadrosi ekanligini hamda butun iqtisodiyotni o‘sishining asosi ekanligini ko‘rsatdi. Shuning uchun birinchi o‘rinda mintaqada yuqori texnologik tarmoqlarni rivojlantirish jarayonini faollashtirish uchun muhit yaratilishi zarurdir.
Uchinchidan, xorij tajribasi shuni ko‘rsatdiki, davlat tomonidan innovatsion kompaniyalarga turli imtiyozlar, jumladan soliq imtiyozlari berildi. Ushbu qadamlar innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun mamlakatga (mintaqaga) yangi investorlarni jalb qilinishiga olib keldi.
To‘rtinchidan, jahon tajribasi sanoat kompaniyalari, ilmiy va ta’lim muassasalari o‘rtasida kooperatsiya taraqqiyotini zarurligini ko‘rsatdi (AQSh, Yaponiya, Fransiya va boshqalar). Biznes va ilm o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir mavjud ilmiy-texnik ishlanmalarni qisqa muddatlarda tijoratlashuv jarayoninifaollashtirdi. Bu esa ishlab chiqarish samarasini oshirdi.
Beshinchidan, innovatsion faollik hududiy ishlab chiqarish tizimini tatbiq etish yo‘li bilan tashkil etildi (ishlab chiqarish klasterlari, texnopark va texnopolislar). Ishlab chiqarish samarasinioshirish hamkorlik zanjirini shakllanishini ko‘zda tutdi: bir mintaqa doirasida qazib oluvchi kompaniyadan boshlab to xaridorga mahsulotni yetkazib beruvchi kompaniya o‘rtasida bog‘liqlik yuzaga keldi.
Oltinchidan, jahon tajribasi ITTKIga yo‘naltirilgan xarajatlarning YaIM (YaHM) dagi hissasini 3%ga, investitsiya hajmini 30%ga yetkazish, yoshlarning kamida 60 %ni bakalavr darajasini olishiga erishish, hamda ITTKIlarini davlat tomonidan moliyalashtirish innovatsion rivojlanish strategiyasida muhim ijobiy samarani ko‘rsatdi.
Xulosa Yuqoridagi ko‘pgina davlatlarning tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, mintaqa sanoatini innovatsion rivojlantirishning eng samarali usullaridan biri klasterlashdir. Ammo klasterlarni tashkil etish, rivojlantirish va rag‘batlantirishning yagona mexanizmi mavjud emas2. Ushbu yondashuvga asoslangan holda mamlakatimiz iqtisodiyotini jumladan sanoat sohasini modernizatsiyalash uchun zamonaviy iqtisodiy-ijtimoiy sharoitda sanoat komplekslari vakillarini tashabbuslarini qo‘llab quvvatlashni ta’minlovchi klaster siyosatining asosli dasturini ishlab chiqish lozim.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida sanoatni rivojlantirish birinchi navbatda, taraqqiyotning xomashyo yo‘nalishidan innovatsiya yo‘nalishiga o‘tishi natijada butun iqtisodiyotda strategik muhim o‘zgarishlarni amalga oshirilishi bilan bog‘liq.