O'zbеkiston sogliqni saqlash vazirligi tibbiy ta'limni takomillashtirish markazi toshkеnt tibbiyot akadеmiyasi «Tasdiklayman»



Yüklə 192,2 Kb.
tarix26.02.2017
ölçüsü192,2 Kb.
#9680
O'ZBЕKISTON SOGLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TIBBIY TA'LIMNI TAKOMILLASHTIRISH MARKAZI

TOSHKЕNT TIBBIYOT AKADЕMIYASI
«Tasdiklayman»

Ukuv ishlari buyicha prorektor

prof. Teshaev O.R. __________

«____»_____________2012g.




Kafedra: Travmatologiya-ortopediya, HDJ va neyrohirurgiya.

Fan: Bolalar travmatologiyasi
7-KURS DAVOLASH FAKULTЕTI TALABALARI UCHUN
YAGONA USLUBIY TIZIM

Mavzu №1: BOLALARDA CHANOQ,UMURTQA POG’ONASI VA OYOQ SHIKASTLARINING O'ZIGA HOS HUSUSIYATLARI


Amaliy mashgulot ta'lim tehnologiyasi

Toshkent - 2012

Tuzuvchilar:

  • Toshkent Tibbiyot Akademiyasining travmatologiya-ortopediya, HDJ va neyrohirurgiya kafedra mudiri t.f.d. M.Yu.Karimov.

  • t. f. n. Ibragimov D.I., t.f.n. Hodjaev Sh.Sh.


Mashg’ulot №1

Mavzu №2: Bolalarda chanoq, umurtqa pog’onasi va oyoq shikastlarining o'ziga hos hususiyatlari


Vaqt: 6 soat

Talabalar soni: 8-10

O'quv mashgulotining shakli va turi

Amaliy mashgulot

O'quv mashgulotining tuzilishi


  1. Kirish kism.

  2. Nazariy kism.

  3. Analitik kism:

- organayzer

- testlar



  1. Amaliy kism

O'quv mashguloti maqsadi:

Talabalarni tez tibbiy yordam ko'rsatish, tekshirish uslublari, ogriqsizlantirish turlari, immobilizatsiyaning asosiy tamoyillari bilan tanishtirish. Talabalarni rentgen suratlarni tahlil qilish, sinish joyini mahalliy anesteziya qilish, skelet tortishni o'rnatish, gipsli boglamlarni tayyorlash, langetali va cirkulyar gipsli boglamlarni qo'yish ko'nikmalariga o'rgatish.

Talaba bilishi lozim

  • Son suyagi sinishi va tizza bo’g’imining shikastlanishining turlari va tasnifini;

  • Son suyagi sinishi va tizza bo’g’imining shikastlanishining asosiy klinik belgilarini;

  • Tez tibbiy yordam ko'rsatish principlarini, tekshirish uslublari, og’riqsizlantirish va immobilizatsiyalash turlarini.

Talaba bajara olishi lozim

Amaliy ko'nikmani bajara olish - ortopedotravmatologik bemorlarga boldir suyaklari singanda gipsli bog’lam qo'yish tehnikasi va tizza bo’g’imining shikastlanishini differenciatsiya qila olish.

Pedagogik vazifalar:

  • umurtqa pogo-nasi jarohatlangan bolalarni klinik tekshi-rish uslublarini o'rgatish;

  • chanoq jaroha-tida kullanadigan ogriksizlantirish usullarini o'rgatish;

  • oyoq jarohat-larida immobilizatsiya tamoyillarini o'rgatish.

O'quv faoliyati natijalari: Ushbu mashgulotni o'tish talabaga tez tibbiy yordam ko'rsatish, tekshirish uslublari, ogriqsizlantirish turlari, immobilizatsiya, rentgen suratlarni tahlil qilish, sinish joyini mahalliy anesteziya qilish, skelet tortishni o'rnatish, gipsli boglamlarni tayyorlash, langetali va cirkulyar gipsli boglamlarni qo'yish, dastlabki diagnoz qo'yish va bemorni davolash taktikani aniqlashning asosiy principlari bilan tanishish imkoniyatini beradi.


Ta'lim usullari

Aqliy hujum, interaktiv muhokama, amaliy ish usuli, mavjud hujjatlar bilan ishlash

Ta'lim shakli

Jamoaviy, guruhlarda ishlash, yakka tartibli

Ta'lim vositalari

bannerlar, rentgen suratlar, tarqatma materiallar, foto va video material

Ta'lim berish sharoiti

Guruhli shakllarda ishlashga mo'ljallangan xonalar

Fanlararo integratsiya

Talabalarni ushbu mavzu bo'yicha o'qitish odam anatomiyasi, topografik anatomiya va operativ hirurgiya, radiologiya, anesteziologiya-reanimatologiya va umumiy jarrohlikda olgan bilimlariga asoslangan. Talabalarning mashgulot davomida olgan bilimlari tez tibbiy yordam ko'rsatish, tekshirish uslublari, ogriqsizlantirish turlari, immobilizatsiya, rentgen suratlarni tahlil qilish, sinish joyini mahalliy anesteziya qilish, skelet tortishni o'rnatish, gipsli boglamlarni tayyorlash, langetali va cirkulyar gipsli boglamlarni qo'yishga imkon beradi.

Monitoring va baholash

Ogzaki so'rov, tezkor so'rov, yozma so'rov, test


O’quv mashg’ulotning texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va vaqti

270 daq

Faoliyat

Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchilar

1-bosqich
Oquv mashgulotiga kirish

10 daq
5 daq



    1. Mavzuning nomi, maqsadi va kutilayotgan natijalarni etkazadi. Mavzu bo'yicha asosiy tushunchalar: etiologik, patogenetik, simptomatik davo to'g’risida tushuncha beradi. Mashg’ulot rejasi bilan tanishtiradi.

    2. Adabiyotlar ro'yxatini beradi (ilova №9)

    3. Talabalarni aqliy hujumga tortish uchun jonlantiruvchi savollar beradi Amaliy mashgulot rejasi va tuzilishiga qarab ta'lim jarayonini tashkil etish bo'yicha harakatlar tartibi bayon qilinadi.

    4. Amaliy mashgulotda talabalar faolligini baholash mezonlarini e'lon qiladi (ilova №5):



Tinglaydilar va yozib oladilar.

Tinglaydilar va yozib oladilar.

Savollarga javob beradi.

Tinglaydilar.


2-bosqich.

Asosiy qism

30 daq


90 daq


15 daq

45 daq
45 daq

5 daq

2.1. Amaliy mashg’ulot mavzusini muhokama qilish, yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llagan holda talabalarning dastlabki bilim darajasini tekshirish ( Ilova№ 2).

2.2. Talabalarning amaliy qismini egallashi bo'yicha mustaqil ishi ( Ilova№3 ).

2.3. Vaziyatni mustaqil tahlil qilishni, muammoni ifodalashni, echish yo'llarini aniqlashni, so'ngra uni echish topshiriqini beradi( Ilova№3.1).


Tanaffus

2.4.Testlarni yakka tartibda ishlaydilar

(Ilova№ 3.2).

2.5.Talabalarga ko'rgazmali qurollarni ko'rsatish

(slaydlar, prezentatsiya, videofilmlar va bq), ularni izoxlash
Tanaffus

Savollarga javob beradilar.

Muhokama qiladilar, aniqlashtiruvchi savollar beradilar
Amaliy qism materiallarini muhokama qiladilar,

aniqlaydilar, savollar beradilar.

Mustaqil ravishda tahlil qilish v’rag'ini to'ldiradilar, muammoni yechadilar.

Testni muhokama qiladilar

Taqdimot qiladilar boshqa talabalar munozarada ishtirok etadilar, savollar beradilar



Mashg’ulotni o’tkazish joyi va jihozlanishi

  • kafedra: travmatologiya-ortopediya, neyrohirurgiya bilan HDJ;

  • bannerlar, rentgen suratlar, tarqatma materiallar, foto va video material.




  1. Mavzuni asoslash

Ushbu Mashg’ulotni o'tish talabaga tez tibbiy yordam ko'rsatish, tekshirish uslublari, og’riqsizlantirish turlari, immobilizaciya, rentgen suratlarni tahlil qilish, sinish joyini mahalliy anesteziya qilish, skelet tortishni o'rnatish, gipsli bog’lamlarni tayyorlash, langetali va cirkulyar gipsli bog’lamlarni qo'yish, dastlabki diagnoz qo'yish va bemorni davolash taktikani aniqlashning asosiy principlari bilan tanishish imkoniyatini beradi.


  1. Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik

Talabalarni ushbu mavzu bo'yicha o'qitish odam anatomiyasi, topografik anatomiya va operativ hirurgiya, radiologiya, anesteziologiya-reanimatologiya va umumiy jarrohlikda olgan bilimlariga asoslangan.

Talabalarning Mashg’ulot davomida olgan bilimlari tez tibbiy yordam ko'rsatish, tekshirish uslublari, og’riqsizlantirish turlari, immobilizaciya, rentgen suratlarni tahlil qilish, sinish joyini mahalliy anesteziya qilish, skelet tortishni o'rnatish, gipsli bog’lamlarni tayyorlash, langetali va cirkulyar gipsli bog’lamlarni qo’yishga imkon beradi.


3. Mashgulotning tarkibiy qismi (mazmuni):

3.1. Nazariy qism:

Uzun naysimon suyaklar sinishi: 1. Yopik; 2. Ochiq. A) uk tegmasin; b) uk tekkan. Ular: 1) yumshok tukimalar jarohati bilan; 2) suyak sinishi bilan; 3) bugim jarohati bilan.

Urush vaktida yopik suyak sinishi zarb tulkini, jangovar mashinalar avariyalari natijasida vujudga keladi. Suyakn yopik sinishi shok, travmatik shok, sinoz bilan asoratlanishi mumkin. Suyak sinishi nur kasalligi bilan birga kelganida kadok hosil bulishi sekinlashadi, gematogin anaerob va yiringli infektsiya rivojlanishi mukkin.

Kuyidagi sinishlar tafovut etiladi:

1. Suyak yorigi, tulik, sinishi.

2. Diafizar, metafizar, epifizar, bugim ichi.

3. Kundalang, buylamasiga, kil, vintsimon, maydalangan.

4. Eniga siljishi bilan, buyiga siljishi bilan, burchak ostida siljishi bilan, uki buyicha siljishi bilan, periferiyaga siljishi bilan, rotacion siljish bilan.



Klinikasi: ogrik, deformatsiya, kon kuyilish, krepitatsiya bulishi mumkin yoki sinik, parchalarining patologik harakati aniklanishi mumkin.

Ochik, sinishlarda yumshok, tukimalar jarohatlanishi kuzatiladi. Uk ta'sirida sinish kupincha parchalangan va maydalangan buladi. Kupincha maydalangan suyak sinishida suyakning mayda bulaklarining uzi ikkilamchi snaryad kurinishida ta'sir etib, yumshok tukimalarni parchalab birlamchi nekroz zonasini kengaytiradi.

Absolyut klinik simptomlar bulib - patologik harakat va suyak kropitatsiyasi hisoblanadi. Ehtimolli belgilarga deformatsiya, ogrik, harakat cheklanganligi kiradi. Anik, diagnostika rentgenologik tekshiruvdan sung kilish mumkin.

Davolashning fizik usullari kuyidagilarni o'z ichiga oladi - sollyuks, kizigan kum bilan kuruk issiklik, xaltachalardagi tuz, fen va hokazo. Konservativ davolashda paraffin, ozokerit applikatsiyalariga katta ahamiyat beriladi. To'sh o'mrov so'rg'ichsimon muskulning yakkol kengayish holatlarida kaliy yodid yoki ronidazoy bilan elektroforez tavsiya etiladi.

To'sh o'mrov so'rg'ichsimon muskulning yakkol kengayish holatlarida tug'ilgandan so'ng 10-15- kundan boshlab fizioterapevtik davo bilan birgalikda kengaygan to'sh o'mrov so'rg'ichsimon muskuliga lidaza ineksiyasi ko'rinishida medikamentoz davo ham tavsiya etiladi.

Operativ davoni bir yoshga etganda, konservativ davo foyda bermagan holatda va u bir yoshgacha bo'lgan muddatda o'tkazilmagan holatlarda boshlash mumkin. Operativ davolashda ko'p ko'llaniladigan S.T.Zatsepin usuli hisoblanadi - usul to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon muskuli oyokchalarini kesishga asoslangan. Operatsiyadan keyin tezda boshning giperkorreksiyasi holatida kranio- torakal gips boylami ko'yiladi.

Bir kator operatsiya kilingan bolalarda o'mrov usti sohasida ahamiyatli chukurcha yuzaga keladi va kosmetik nukson hisoblanadi. Shu bilan bog'lik ravishda NIITO MZ RUz da 1969 yildan boshlab to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon muskulning to'sh oyokchasini tomir trubkasi, gofrilangan lavsan yordamida plastic uzunlashtirish usuli ishlab chikilgan. Bu operatsiyaga ko'rsatma hisoblanadi:o'sishi nisbiy to'xtagan bolalar(14-15 yosh), mushaklari 3sm va undan ko'prokka kaltalanganlar, to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon muskul relyafining sog' tomondan farkli ifodalanib turishi. Bir tomonlama chikish ikki tomonlamaga nisbatan 1,5 - 2 marta ko'prok uchraydi. CHap chanok-son bo'g'imi o'ngiga nisbatan 1,5 - 2 marta ko'prok zararlanadi.CHap tomonlama chikishlarning ustunligini ba'zilar chap bo'g'imning filogenetik rivojlanishdan ortda kolishi bilan, boshkalar esa homilaning birinchi pozitsiyasi chastotasi - bunda chap bo'g'im korin devoriga yondoshib jarohatlanishga moyilligi ortishi bilan asoslashadi.Kizchalarda son suyagining tig'ma chikishi o'g'il bolalarga nisbatan 6-7 marta ko'p uchraydi. Bu holatni kiz bolalar chanog'ining anotomik tuzilish xususiyatlari - fiziologik yonbosh bukilmaning kamligi va sekin rivojlanishi bilan bog'lanadi.

Tashxislash. Hozirgi kunda chanok-son bo'g'imi rivojlanmasligining uchta darajasi farklanadi: chikish oldi - son suyagining siljimasdan displaziyasi; chala chikish - displaziya son suyagining kisman siljishi bilan( son suyagining boshchasi bo'g'im ichida koladi lekin limbus chegarasida chikmagan holatda yukoriga va lateral tomonga siljiydi); chikish - son suyagining to'lik siljishi bilan (son suyagining boshchasi chanok chukurchasi bilan kontaktni yo'kotadi va limbus chegaralaridan tashkarida joylashadi - atsetabulum usti va yovbosh chikish).

Klinika. Erta simptomlar. Sonning yozilishining cheklanishi - bu simptom kuyidagicha tekshiriladi: bolani chalkanchasiga yotkiziladi, oyokchalar chanok-son va tizza bo'g'imlaridan to'g'ri burchak hosil kilib bukiladi, shundan keyin ular yoziladi. Agar bolada chanok-son bo'g'pmi normal rivojlangan bo'lsa, uning oyoklari to'lik yoziladi. Chikishda esa sonning yozuvchi mushaklari kontrakturasi sababli bu chegaralangan bo'ladi.

Sirpanish simptomi (to'g'rilanish va chikish, noturg'unlik va karsillash simptomi) - chanok-son va tizza bo'g'imilarida bukilgan oyoklarni asta-sekinlik bilan yozilganda karsillagan tovush eshitiladi(Marks-Ortolani simptomi). Bu symptom odatda bola hayotining 5-7 kuniga kelib yo'koladi, lekin ba'zan mushak gipotoniyasi bo'lgan bolalarda 1-3 oylikkacha saklanishi mumkin.

Chikkan oyok sog'lom oyokka nisbatan kaltarok bo'ladi. Chikkan tomonda oyokning tashki rotatsiyasi, bu bola uxlagan paytda yaxshi seziladi, bu simptomga onalarning o'zlari e'tibor karatishadi.Sondagi teri burmalari va orkadan dumba burmalarining asimmetriyasi. Normada sonning oldingi-ichki yuzasida uchta Burma mavjud(chov, adductor va tizza usti), ular bir sathda joylashgan va bir xil chukurlikka ega. Chikish tomonida ular sog' tomonga nisbatan katta va chukur bo'lib koladi. Bu simptom absolyut emas va fakat o'zi boshka asoslarsiz etarli bo'lib hisoblanmaydi. Chunki bu belgi fakatgina 2/3 bemorlarda aniklanadi va sog'lom bolalarda ham kuzatilishi mumkin.

Nisbatan kechki simptomlar. Yukorida keltirilgan simptomlar, sirpanish simptomidan tashkari yakkol namoyon bo'ladi va kuyidagi belgilar ko'shiladi.

Bolalar o'z tengdoshlariga nisbatan kechrok yurishni boshlashadi. Chikkan oyokda oksoklanish, ikki tomonlama chikishda - “o'rdak yurishi” - ikki oyokda oksoklanish.

Trendelenburg simptomi musbat. Sog'lom oyokka tayanganda dumba burmasi buklangan va ko'tarilgan oyok bilan birga ko'tariladi. Chikkan oyokka tayanganda dumba mushaklarining funksional etishmasligi natijasida dumba burmasi buklangan oyok tomonda pastga tushadi - musbat Trendelenburg simptomi.



Rentgenologik diagnostika. Tug'ma son suyagi chikishining erta rentgenologik belgilari birinchi marta tanikli bolon ortopedi Putti tomonidan aniklangan. U 1927- yilda klassik “ Putti triadasi” ni taklif etgan:

1. Ko'ymich kosasi gumbazining botikligining ortishi - yassi ko'ymich kosasi;

2. Son suyagi proksimal oxirining tashkari va yukoriga siljishi ko'ymich kosasiga nisbatan - sonning lateropozitsiyasi;

3. Keyinchalik esa son suyagi boshchasi suyaklanish yadrosining gipoplaziyasi.

Yakkol namoyon bo'lgan chikish bo'lmaganda asosan ikki tomonlama patologiyalarda Xilgenreyner, Putti, Reynberg, Erlaxer, Ombredan tomonidan taklif etilgan sxemalar ko'llaniladi. Bu sxemalar orasida eng ko'p ko'llaniladigani Xilgenreyner sxemasi hisoblanib u diagnostikani soddalashtirish imkonini beradi. Xilgenreyner sxemasi: oldingi-orka proeksiyada olingan chanok-son bo'g'imi rentgenogrammasida ikkala “Y” - simon tog'aylar orasida gorizontal chizik o'tkaziladi(Keller chizig'i): son suyagi metafizining nisbatan yukori joylashgan nuktasidan to gorizontal chizik bilan kesishgunga kadar perpendikulyar chizik(h) o'tkaziladi. Normada ushbu perpendikulyar chizik uzunligi 1-1,5 sm ga teng bo'ladi. Ko'ymich kosasi tubidan perpendikulyar(h) chizikkacha bo'lgan masofa (1) ham normada 1-1,5 sm ga teng bo'ladi. Chikishda h masofa kiskaradi va 1 esa ortadi. Ko'ymich kosasi tubidan ko'ymich kosasi tomining nisbatan periferik sohasiga tomon yo'nalgan uchinchi chizik o'tkaziladi, hosil bo'lgan burchak (indeks -C) ortacha 20 gradusga teng bo'ladi. Bo'g'imda displaziya yuzaga kelgan bo'lsa, bu indeks yukori bo'ladi.

Bir yoshdan kata bolalarda rentgenologik chikishning 5 ta darajasi ajratiladi:

I daraja - boshcha lateral joylashgan, lekin ko'ymich kosasi darajasida (chikish oldi);

daraja - boshcha Y-simon tog'aylar gorizontal chizig'idan yukorida joylashgan va ko'ymich kosasi ning yukorigi kismida (chala chikish);

daraja - boshcha butunlay ko'ymich kosasi ostida joylashgan soxta ko'ymich kosasi;

IY daraja - boshcha butunlay yonbosh suyagi kanotlarining soyasi bilan koplangan;

Y daraja - boshchaning yonbosh suyagi kanotini yukori kismida joylashganligi bilan xarakterlanadi.

Konservativ davolash. Eng samarali anatomik va funksional natijalar tug'ilgandayok to'g'ri tashxis ko'yilgan va hayotining birinchi haftalaridanok davolash boshlangan bolalarda erishilmokda. Buning uchun tug'rukxonada barcha chakaloklar ortoped tomonidan ko'rilishi shart.

Neonatolog va akusherlar bu kasallikning erta belgilarini yaxshi bilishlari kerak. Son suyagining tug'ma chikishi tashxisiga gumon kilingan barcha chakaloklarga tashxisni aniklashtirish uchun ortopedga yo'llanma berilishi va tasdiklangan hollarda zudlik bilan davolashni boshlash zarur.

Barcha davolashni bir necha boskichlarga bo'lish mumkin:



  • chakaloklarni va bir necha haftalik bolalarni konservativ davolash;

  • 3 oylikdan 1 yoshgacha bo'lgan bolalarni konservativ davolash;

  • 1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalarni konservativ davolash;

  • 3 yoshdan 5 yoshgacha operativ davolash;

  • 5 yoshdan 8 yoshgacha operativ davolash;

  • O'spirinlarni operativ daavolash.

Davolashning konservativ usullari. Afrika va hindxitoy yarim orollarida bolalarni onalar oyoklarini ocib yozilgan holatida tanalariga bog'lab ko'tarib yurishadi. Bunda son suyagining lateral joylashgan boshchalari ko'ymich kosasi- ga kiradi va unda fiksatsiyalanadi. Shunday holatda, 3-4 oy ichida normal chanok-son bo'g'imi shakllanadi.Mana nima uchun bu mamlakatlardagi bolalarda displaziyadan(chikish oldidan) chikish shakllanmaydi va bolalarni hayotining birinchi oylarida konservativ davolash ham shu usulga asoslanadi, bunga davolovchi jismoniy tarbiya va massaj orkali erishiladi.

Konservativ davolash usuliga ko'rsatmalar bolani obdon klinik-rentgenologik tekshirishlardan so'ng aniklanadi.

Statsionarda konservativ davolash usullaridan kuyidagilar ko'llaniladi: 1- rux-jelatinli yoki leykoplastirli tortish orkali chikishni to'g'rilash; 2 - Sheptun metodi bo'yicha; 3 - oldindan tortishlarsiz to'g'rilash;

Rux-jelatinli yoki leykoplastirli tortish orkali to'g'rilash usuli son suyagining yukori chikishi bo'lgan va pay-mushak va boylam apparati tonusi yukori bolalarga ko'llaniladi. Rux-jelatinali tortish usuli asta-sekinlik bilan 12-14 kun ichida bajarilib keyinchalik funksional gipsli bog'lam-krovatcha ko'rinishida davolash davom ettiriladi.



Operativ davolash. Tug'ma son suyagining chikishlarida kuyidagi operativ davolash usullari ko'llaniladi:

1. Son suyagini ochik to'g'rilash:



  1. oddiy ochik to'g'rilash;

  2. ochik to'g'rilash ko'ymich kosasini chukurlashtirish orkali;

  3. ochik to'g'rilash kapsula artroplastikasi bilan;

  4. ochik to'g'rilash amnioplastika bilan;

  5. ochik to'g'rilash son suyagining proksimsl kismi va ko'ymich kosasi sohasidagi rekonstruktiv operatsiyalar bilan.

2. Bo'g'imdan tashkari operatsiyalar:



  1. Xiari bo'yicha chanokning ko'ymich kosasi usti osteotomiyasi;

  2. Solter operatsiyasi;

  3. A.A.Korj operatsiyasi;

  4. Deg operatsiyasi;

  5. son suyagining proksimal kismidagi turli detorsion, varirlanuvchi va kiskartiruvchi operatsiyalar.

Son suyagining tug'ma chikishlarida operativ aralashuv usullari kat'iy ishlab chikilgan ko'rsatmalarga asoslangan holatda olib boriladi.. Bunda kuyidagi omillarni inobatga olish kerak: chikish darajasi, bo'g'imdagi displastik o'zgarishlar yakkolligi, bo'g'imning holati, son suyagining proksimal oxirining deformatsiyasi, bolaning yoshi.



Tug'ma maymoklik. Klinika. Olimlarning tug'ma maymoklik to'g'risidagi zamonaviy karashlari shunga asoslanganki, kasallik negizida tovonning pay-muskul, kapsula-boylam va suyak bo'gom apparati tomonidan bo'ladigan chukur struktur o'zgarishlar yotadi.Shuning uchun ham maymoklikda deformatsiya og'irligi yukoridagi keltirib o'tilgan to'kimalardagi o'zgarishlar darajasi bilan bog'lik. Tipik tug'ma maymoklikda tovondagi deformatsiyaning og'irligini to'g'ri baholash maksadida 3 ta daraja ajratiladi: engil, o'rta va og'ir.

Tug'ma maymoklikning engil darajasi ko'l bilan korreksiyada erkin bartaraf etiladigan barcha deformatsiya komponentlaridan iborat.

O'rta daraja - maymoklikning barcha nomponentlariga ega, birok ko'l bilan korreksiyada alohida deformatsiya elementlari saklanadi va gipsli bog'lam yoki boshka fiksatsiyalovchi moslamalar bilan kiyin tutib turiladi.

Konservativ davolash. Tug'ma maymoklikni davolash usullari shifokordan professional tayyorgarlik va ota-onalarga korrigirlovchi bog'lam ko'yilgandan keyin bolani parvarishlashni o'rgatishni talab etadi.

Ilgari shu usul ma'lum ediki, 10 kunlikkacha chakalokka korrigirlovchi gimnastika va Fink- Ettingen usulida yumshok boylamlar bilan tovon fiksatsiya kilinishi kerak edi.Birok amaliyot shuni ko'rsatdiki, bu muolajalar kutilgan natija bermadi, chunki yumshok fiksatsiyalovchi bog'lamlar chakalok tovonini etarli darajada to'g'ri holatda ushlab tura olmaydi.

Yukoridagilardan kelib chikkan holda, tug'rukxonadan so'ng darhol boskichli korrigirlovchi gips bog'lamlar ko'yishga kirishish kerak. Boskichli gips bog'lamlari tovonning fiksatsiyasini ta'minlasa, bog'lamlarni alishtirish oralig'idagi fizioterapevtik muolajalar va tovon mushaklari gimnastikasi esa nerv-mushak apparati tonusini saklab turadi va ikkala oyokning ham bir xilda rivojlanishini ta'minlaydi. Bolaning Yoshi va tovon deformatsiyasining og'irlik darajasiga ko'ra davolash boskichlarining turli muddatlari va gipsli bog'lamning fiksatsiya davrlari tayinlanadi. Bola kanchalik kichik yoshda bo'lsa gipsli bog'lamlarni almashtirish muddati ham shunchalik kiska, fizioterapevtik muolajalar va SHJT hisobiga aktiv korrelyatsiya vakti esa ortadi.

Boskichli gipsli bog'lamlar bilan davolash maymoklik komponentlari to'lik bartaraf etilgandan keyin , tovonning tog'ri holatiga turg'un erishilgandan so'nggina to'xtatiladi. O'z vaktida boshlangan va to'g'ri olib borilgan davolashda bolaning 6-7 oylik vaktida tovonlar deformatsiyasini yo'kotish mumkin. Keyinchalik esa bolaga ortopedik oyok kiyimlar kiydirish, tunda esa atsetonli kichik shinalar ko'yish maksadga muvofikdir. Ortopedik kurilmalar bilan bir katorda yana mushaklar tonusini keyinchalik ham saklab turish va tovonning to'g'ri rivojlanishi maksadida fizioterapevtik davolash usullari ham tavsiya etiladi. Birok barcha konservativ usulda davolanganlar ham to'lik tuzalavermaydi va tovonning koldik deformatsiyasi holatlari ham uchraydi. Agar konservativ davo erta yoshda regulyar boshlansa, 60-70% hollarda sog'ayish bo'lib, kolganlar esa operativ davoga muhtojdirlar.

Operativ davolash. Kompression-distraksion usul maymoklikning barcha elementlarini yo'kotishda nisbatan ratsional usul hisoblanadi.Kompression-distraksion usul tug'ma maymoklikni davolashda konservativ davolashning davomi hisoblanib, unda deformatsiya komponentlarini boskichli bartaraf etish o'rnini yumshok to'kima karshiligi bilan bir katorda suyak-bo'g'im o'zgarishlarini korreksiyalashning dozalangan usuli egallagan. Tovonning va yukori kismlarning og'ir suyak-mushak deformatsiyalarida, shuningdek , kata yoshli bolalarda kompression-distraksion usul avaylovchi jarrohlik va stabillovchi operativ davolashda tayyorlash boskichi bo'lib xizmat kiladi.

Kompression-distraksion usul maymoklikning hamma elementlarini konsiz va ortikcha kiyinchiliklarsiz tovonning pay-mushak, kapsula-boylam va suyak-bo'g'im apparatini shikastlamasdan turib davolash imkonini beradi. Izlanishlar shuni ko'rsatadiki, compression-distraksion usulni 1,5-2 yoshdan boshlab va tug'ma maymoklikning barcha retsidiv holatlarida ko'llash mumkin.

Og'ir darajali torsiya holatlarida klinika konstruksiya apparati Ilizarov apparati bilan birgalikda ko'llaniladi, juda og'ir holatlarda kata yoshdagi bolalar guruhlarida torsiya korreksiyasi uchun panja usti sharnir osteotomiyasi bajariladi.

2-3 sm gacha bo'lgan kaltaliklar boldir suyaklarining kortikotomiyasi hisobiga distraksiya yo'li bilan korrigirlanadi. Retsidivga moyillik bo'lganda kata yoshli bolalarda stabillovchi operatsiyalar: boldir- tovon bo'g'imi lavsanodezi va oshik suyagi osti artrodezi.

Hozirga kadar tug'ma mushak bo'yin kiyshikligining etiologiyasi va patogenezi masalasi hal etilmagan. Bu deformatsiyaning yuzaga kelishi to'g'risida bir kator gipotezalar mavjud. Nisbatan to'g'ri fikr bu - mushak bo'yin kiyshikligini to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mushagining rivojlanish nuksoni natijasida yuzaga keladigan tug'ma deformatsiya.

Bir yoshli va undan kata yoshdagi bolalarda kiyshik bo'yinning asosiy simptomlari:

1) Bosh kasal tomonga bukilgan paytda engakning karama-karshi tomonga burilishi.

2) To'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mushagining kiskarishi, asosan korreksiya holatida turgan boshni keskin burishga harakat kilinganda.

3) Kasal tomondagi kulok suprasining elka kamariga yakin kelishi(kasal tomondagi kulok suprasining kichik va yumalokrok bo'lishi).

4) Еlka kamarining asimmetriyasi(kasal tomonda elka kamari yukori va kalta, nisbatan gorizontal).

5) Kosh usti yoylarining asimmetriyasi, kasal tomonda ko'z yorig'i tashki burchagining pasayishi, burun belining egrilanishi, kasal tomonda yonok suyaklari asimmetriyasi.

6) Kasal tomonga boshning harakatlari va sog' tomonga bukilishi cheklanishi, bunda to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mushagining zo'rikishi ko'rinadi.

7) Zo'rikkan to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mushagining palpatsiyasi og'riksiz, boshni tomonlarga harakatlantirish ham og'riksiz.

8) Kuraklarning asimmetriyasi, kasal tomonda kurak yukorirokda.

9) Umurtka pog'onasining orka va yon tomonga kiyshayishi, umurtka pog'onasining kifozi va kifoskoliozi.

Kiyshik bo'yin tashxisi bilan davolanmagan bolalarda kator holatlarda 3-4 yoshga kelib kalla suyagi, umurtka pog'onasining bo'yin kismida o'zgarishlar vujudga keladi va umurtka pog'onasining ko'krak-bel kismida yon kiyshayish vujudga keladi.

Tug'ma mushak kiyshik bo'yin bolalarni davolash erta va o'zgarishlar darajasiga ko'ra individual tarzda olib boriladi.Konservativ davo o'z ichiga oladi: ortopedik rejimga rioya kilish; fizioterapevtik davolash usullari, massaj va SHJT ni ko'llash; chndikli jarayonlarni bartaraf etish uchun so'rilish ta'siriga ega vositalarni ko'llash.

Ortopedik rejim kuyidagilarda aks etadi: bola boshini to'g'ri joylash, korrigirlovchi gimnastika(passiv va aktiv), korrigirlovchi moslamalarni yuritish.
Mashgulot jarayonida qo'llaniladigan yangi pedagogik tehnologiya usullari:

Qopdagi mushuk”

Bu metodika bilan ishlash uchun ochiq muhokamaga halakit beradigan ruhiy taranglikni bartaraf etib ishonch muhitini yaratib olish zarur. Bu usul tafakkur qilish mezonlarining chegaralarini kengaytirish, mavjud chegaralanishni abstraklashtirish, fikirlash faoliyatining tezlikda rivoshlanish, ilmiy faoliyat intensivligini imkoniyatlarini birlashtiradi. Bu usul argumentlash, o'z shahsiy nuqt nazarida sobit turish, optimal echimlarni topish, muloqat o'rgatish va boshqalarni o'zining hakligiga ishontirish kabilarga o'rgatish.
O'yin uchun kerak:


  1. Topshiriklar varianti to'plami.

  2. Guruhdagi talabalar soniga ko'ra rakamlar.

  3. Toza kog'oz varog'i.


Ish jarayoni:

  1. O'yinning umumiy vakti - 45 minut

  2. Guruhdagi barcha talabalar tarkibida 3 tadan talaba bo'lgan kichik guruhlarga bo'linadilar.

  3. Har bir kichik guruh alohida stolga o'tiradi va toza kog'oz varog'i va ruchkani tayyorlaydi.

  4. Varokka sana, guruh rakami, fakultet, talabalarning berilgan guruh ishtirokchilarining ismi - sharifi yoziladi.

  5. Har bir kichik guruhdan bitta ishtirokchi o'kituvchining yoniga kelib, konvertdan topshirik variantini oladi, topshiriklar har xil, lekin ularning og'irlik darajasi barcha guruhlar uchun bir xilda.

  6. Talabalar o'zlarining varoklariga topshirikni yozib oladilar va uni bajarish uchun 15 minut vakt belgilanadi.

  7. Kichik guruhlarning har biri alohida mavzuni muhokama kilishadi va javoblarini to'lik yozishadi.

  8. O'kituvchi talabalarni kuzatib turadi, ular ko'chirmasliklari va boshka guruhlar bilan mulokot kilmasliklari uchun.

  9. 15 minut tugashi bilan javob varakalari yig'ib olinadi.

  10. O'kituvchi mashg'ulot davomida topshirikning to'g'ri va to'lik bajarilganligini tekshiradi.

Kichik guruhdagi barcha talabalarga bir xil ballar ko'yiladi:



  • 5 ta to'g'ri javob 0,8 ball

  • 4 ta to'g'ri javob 0,7 ball

  • 3 ta to'g'ri javob 0,5 ball

  • 2 ta to'g'ri javob 0,3 ball

  • 1 ta to'g'ri javob 0,1 ball

  • 0 ta to'g'ri javob 0 ball

O'qituvchi javoblar varakasiga ball va imzo ko'yadi.
11. Talabalar tomonidan olingan ball mashg'ulot oxiridainobatga olinadi, nazariy kismning bahosi sifatida.

12. Jurnalning pastki kismiga o'yin o'tkazilganligi hakida belgilab ko'yiladi.

13. Ish protokoli pedagog tomonidan saklab ko'yiladi.
Qopdagi mushuk” o'yini

1. Kiyshik bo'yinlik turlarini ayting:

Javob: mushak va suyak

2. Maymoklikning 3 ta belgisini ayting:

Javob: supinatsiya, ekvinus, adduksiya

3. Son suyagining tug'ma chikishi rentgenodiagnostikasi:

Javob: Shenton chizig'I, Putti sxemasi, Xilgenreyner burchagi

4. Tug'ma mushak kiyshik bo'yinlikda kaysi mushak zararlanadi?

Javob: to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon

5. Tug'ma son suyagi chikishida kaysi usul to'g'ri tashxis ko'yishga yordam beradi?

Javob:Rentganografiya

6. Necha yoshgacha son suyagining tug'ma chikishi konservativ davolanadi?

Javob: 2 yoshgacha

7. Mushak kiyshik bo'yinda operativ davolash usuli?

Javob: Zatsepin usuli

8. Kaysi turdagi skeletdan tortish usuli son suyagining tug'ma chikishida ko'llaniladi?

Javob:leykoplastirli

9. Son suyagining tug'ma chikishining kechki belgisi:

Javob: Trendelenburg simptomi

10. Son suyagining tug'ma chikishida operativ davolashga ko'rsatma?

Javob: 2yoshdan keyin konservativ davolashning samarasizligi

11. 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda son suyagi tug'ma chikishining simptomlari?

Javob:Marks-Ortolani simptomi, burmalar asimmetriyasi, oyokning tashki rotatsiyasi, son yozilishining cheklanishi, oyokning kaltalanishi.

12. Tug'ma maymoklikda operatsiya turlari?

Javob: yumshok to'kima va suyakdagi operatsiyalar.

13. Tug'ma maymoklikda konservativ davolash?

Javob: Fink-Еttinger bo'yicha yumshok boylam.

14. Son suyagining tug'ma chikishiga olib keluvchi omillar?

Javob: genetic omil, homiladorlik paytida onadagi kasalliklar

15. Tug'ma mushak kiyshik bo'yinni konservativ davolash usuli?

Javob: fiziodavo, SHants yokasini yurutish

16. Son suyagining tug'ma chikishi tashxisni aniklashtirish uchun kanday ko'shimcha tekshiruvlar o'tkaziladi?

Javob: MRT, KT.

17. Sonning yukorigi chikishida kayta yuzaga kelgan yotok kanday nomlanadi?

Javob: neartroz

18. Tug'ma maymoklikda tovon suyaklarini o'zgartirilishi bilan kanday operatsiya bajariladi?

Javob: Kuslik bo'yicha ponasimon osteotomiya.
3.2. Tahliliy qism

Mavzuga oid test savollar:


    1. Sonning bo'gim ichi sinishlariga quyidagilar kiradi:

  1. Boshchaning sinishi

  2. Do'mboqcha sohasining sinishi

  3. Hirurgik bo'yinchaning sinishi

  4. Distal metafiz sinishi.




    1. Sonning bo'gim ichi sinishlariga quyidagilar kiradi:

  1. Do'mboqcha sohasining sinishi

  2. Bo'yinchaning sinishi

  3. Hirurgik bo'yinchaning sinishi

  4. Distal metafiz sinishi.




    1. Boldir suyaklarining distal qismi sinishlariga quyidagilar qiradi:

  1. To'piklar sinishi

  2. Tepachalararo

  3. Kichik boldir suyagining boshchasi sinishi

  4. Tovon do'ngligi




    1. Tovon suyagining sinishi quyidagi mehanizm bo'icha sodir bo'ladi:

  1. Distraktsion

  2. Rotatsion

  3. Kompression

  4. Sekvestratsion




    1. Chanoq suyaklarining sinishlariga quyidagi qirmaydi:

  1. Malьgenya turdagi sinishlar

  2. Oldingi yukori o'siqning uzilib sinishi

  3. O'tirg’ich suyagining sinishi

  4. Yonbosh suyagining kanoti sinishi

  5. Simfiz yirtilishi

Javoblar: 1-a, 2-b, 3-a, 4-c, 5-e
4. Analitik qism

4.1. Grafikli organayzer: Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo'yicha yangi o'zaro bog’lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi.

O'rganilayotgan hodisa, tushuncha, fikrlarni ikki va undan ortiq jihatlari bo'yicha taqqoslashni ta'minlaydi. Tizimli fikrlash, ma'lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko'nikmalarini rivojlantiradi.



4.2. Vaziyatli masala

12 yoshli o’smir bola futbol o'ynayotganda qattiq yiqilgan va o'ng oyogi bilan toshga urilgan. O'rnidan o'zi turgan, lekin o'ng oyoqda quchli ogriq sababli sakrab-sakrab harakatlangan. Harakat ogriqni kuchaytirishini va oyoq-kaft bugimlarda harakat qila olmasligini bilib QVPga keldi.



Obyektiv ko'rganda: O'ng oyoq-kaft bugim sohasida katta shish, deformatsiya va teri ostiga qon talashganligi aniqlanadi. Paypaslaganda ichki tupik sohasida chu?urcha va tashqi topik tekisligi buzilganligi aniklanadi. Barmoklarda sezgi, qon aylanish va harakat saqlangan.
Vaziyatli masala uchun kushimcha ma'lumot

(talaba uchun)

№ 2

Vrach ko’rigigacha olingan kursatmalar

  • TVI - 32

  • Korinning aylanmasi - 56

  • Tananing harorati - 36,5

  • Q/B - 130/95 mm simob.ustuni

  • Puls - 1 dakikada 96 zarb




№ 2

Qonning umumiy tahlili

  • Gemoglobin - 133 g/l;

  • Eritrocitlar - 4-5x10*12/l;




№ 2

Siydikning umumiy tahlili:

  • Umumiy mikdori - 150 ml;

  • Rangi - och sarik;

  • Siydikning nisbiy zichligi - 1015

  • Tinikligi - tinik;

  • Reaktsiyasi - nordon;

  • oksil - abs;

  • Safro pigmentlari - manfiy

  • Epiteliy - 1-2-3 kuruv maydonida

  • Leykocitlar - 2-3-4 kuruv maydonida




№ 2

EKG: Ritmi sinusli, YuUS (yurakning urush soni) 1 dakikada 96 zarb.

(Talabaning kuliga shu variantga mos hotima va interpretatsiyasiz EKG beriladi)



№ 2

Ro”: O'ng oyok-kaft bo'gimining 2 ko'rinishdagi rentgen suratida tupiklar sinib siljishi va oyok kafti tashkariga yarim chikishi.

(Talabaning kuliga shu variantga mos hotima va interpretatsiyasiz Ro” beriladi)




Vaziyatli masalaga kushimcha ma'lumot

(O'qituvchilar uchun)

Bosqich

Talaba bajarishi zarur bulgan faoliyatlar majmuasi

1

UASH xonasida bemor kabuli (noverbal va verbal shahslaro munosabatli kunikmalarni kullash). Shikoyatlarni e'tiborli yigish (Asosiy: ung oyoqda ogrik, mustaqil yurishning kiyinligi, ung oyoqda haraqat kilgan vaktda ogrikning birdan kuchayishi).

2

Hozirgi kasallik tarihini e'tiborli holatda yigish, boshlanishi va kechishini baholash: Yukorida kursatilgan shikoyatlar sport mashgulot vaktida oyoqni zarb bilan urib olishi bilan boglaydi.

3

Bolaning haetiy tarihini aniklashtirish.

4

Ta'sir kiluvchi faktorlarni aniklash (boshkarib bulmaydigan: esh, boshkarib bula oladigan: maktabda ta'lim olish, jismoniy tarbiya murabbiyi nazoratida mashgulot utkazish). Bemor muammosini aniklash: asosiy – ung oyoq jarohati

5

Ob'ektiv tekshirish utkazish (talaba bemor holatiga mos sindromlarni ketma-ket ravishda va moslagan holatda behato bajarish kerak)

6

Dastlabki tashhis - Ung tomonlama topiklar yopik sinishi. (kategoriya 2)

7

Tekshirish rejasi (talaba bemorni tekshirish rejasini tuzish kerak):

  • aktiv harakat hajmini aniklash (kategoriya 3.1),

  • passiv harakat hajmini aniklash (kategoriya 3.1),

  • ung oyoq uqini aniqlash (kategoriya 3.1),

  • ung oyoq palpatsiyasi (3.1 kategoriya),

  • Q/B ulchash (kategoriya 3.1)

  • Umumiy qon, siydik tahlili (kategoriya 3.1)

  • Oyoq-kaft bugimini 2 kurinishdagi rentgenogrammasi (kategoriya 3.2)

8

Talaba utkazilaetgan tekshirishlarni asoslab va tushuntirib berish kerak.

9

Zarur bulgan tekshirishlarni KVP sharoitida mustakil bajarish:

  • aktiv harakat hajmini aniklash,

  • passiv harakat hajmini aniklash,

  • ung oyoq uqini aniqlash,

  • ung oyoq palpatsiyasi,

  • Q/B ulchash,

  • Umumiy qon tahlili,

  • Umumiy siydik tahlili,

(talaba bajarilgan amaliy kunikmalarni barcha boskichlarini muhokama kilishi olingan ma'lumotlarni interpretatsiya kila olishi zarur).

10

Barcha tekshiruvlardan sung talaba ob'ektiv va labarator-instrumental natijalarni interpretatsiya kila olishi zarur (talabadan olingan ma'lumotlar uchun sifatli tahlil va hulosa talab etiladi)

11

O'ng oyok tupiklarni epik sinib siljishi va oyok kafti tashkariga yarim chikishini

tovon sinishi va oyoq-kaft distorziyasi bilan kiesiy tashhis utkazish (bemorni asosli holatda ihtisoslashgan mutahassis konsulьtatsiyasiga yuborish)



12

Yakuniy tashhis - O'ng oyok tupiklarni epik sinib siljishi va oyok kafti tashkariga yarim chikishi (kategoriya 2). (talaba kuyilgan yakuniy tashhisni tahlil kila olishi zarur)

13

Bemorni UASH huzuriga stacionar davo eki konsultatsiya uchun kaytishi: bemor holatini kayta baholash (mutahassis hulosasi eki chikaruv hotimasiga asoslanib, yakuniy tashhisni rasmiylashtirish, kasallikni kechishi va aktivlik darajasi hisobga olish)

14

Bemorga kanday holatda profilaktika zarurligini aniklash (D-IIIB). Bemorga profilaktika hakida ma'lumot berish va muhokama kilish.

15

Nomedikamentoz davoni davom ettirishni tavsiya etish:

  • Qo'ltik tayoq bilan o'ng oyokga bosmasdan yurish

  • Izometrik gimnastika

  • Ovkatlanish racionini tugrilash (organizm uchun zarur bulgan moddalar va mineral elementlar kalciy, magniyga boy ozik-ovkatlar, parhez uchun sarhil balik)

  • Yotganda o'ng oyokni ostiga yosti? ?o'yib kutarib ko'yish

  • Ukuv mashguloti va dam olishni racional rejimini ta'minlash

16

Bemorga zarur holatda medikamentoz davoni kursatilgan dozada, muddati hakida tushutirish. Hozirgi vaktda kovurga singanda vitamin D, kalьciy preparatlari, mukolitiklar, antibiotiklar kullaniladi.

Ma'lum bir holatlarda tanlov preparatlari



1

Vigantol tomchida kurinishda, Kalcemin advans

2

Kleksan/fraksiparin, TromboASS/kardiomagnil



17

Bemorni KVP da kayta kurik uchun kun va vaktini aniklash.Talaba bemorni dispanser kuzatuv guruhini aniklash va bemorga dispanserizatsiya hakida ma'lumot berish( guruh DIIIB)

18

Sinish aniklangandan sung bemor nazoratda bulishi kerak. Kurik davomiyligi sinish harakteri, lokalizatsiyasi, osteogenez dinamikasiga boglik. Bilak suyaklari singan bemorlar dispanserizatsiyasida asosiy davolovchi-soglomlashtiruvchi chora-tadbirlar:

  • Soglom haet tarzini urgatish

  • fizioterapiya va LFK utkazish

  • sanator-kurort davolanish

19

Kuzatuvga karagan holatda talaba profilaktikani nazariy va amaliy kunikmalarini bilish

20

Kuzatuvga karagan holatda talaba dispanserizatsiya ishlarini nazariy va amaliy kunikmalarini bilish


5. Amaliy qism

Mavzuga oid amaliy ko'nikmalar

Boldirga gips bog’lamni qo’yish

Maqsad: ortopedo-travmatologik bemorlarda boldir suyaklari singanda gips bog’lam qo’yish tehnikasini o'zlashtirib olish.


1. Ko'rsatma: boldir suyagining ochiq va yopiq sinishlari.

2. Kerakli jihozlar: Kramer shinasi, 10,0 ml hajmli shpric, narkotik va nonarkotik analgetikli ampulalar, marleli bint, pahta.

3. Talabaga vazifa: boldir suyagining ochiq va yopiq sinishlarini aytib berish.

4. O'kituvchi uchun ahborot: talabani bilimini va amaliy ko'nikmani qadamba-qadam bajarishni baholash.



Qadamba-qadam bajarish

Bajardi

Bajarmadi

1.

Boldir suyaklari traktsiyasi (ushlab turish uchun)

20




2.

Boldir suyaklari repozitsiyasi (suyak siljishini bartaraf etish uchun)

20




3.

Pahta-marlili bog’lam bilan o'rab qo’yish (Terini ortiqcha qo'zgatishdan asrash)

20




4.

Barmoq uchlaridan sonning o'rta qismigacha orqa va U - simon gipsli longetani qo’yish (fiksatsiya qilish maqsadida)

20




5.

Bint bilan o'rash (stabilizatsiya maqsadida)

20



Amaliy ko'nikma 100 balli sistemada baholanadi va bu ball tegishli koefficientga ko'paytiriladi. Talabaning amaliy ko'nikmalar uchun umumiy balli barcha amaliy ko'nikmalar uchun qo’yilgan ballar yiqindisidan iborat. O'tish balli maksimal ballning 55% foizidan kam bo'lmasligi kerak.



6. Bilimlarni tekshirish turlari

  • og’zaki;

  • bahsda aktiv ishtrok etish;

  • yozma;

  • test masalalarini echish;

  • vaziyatli masalalar;

  • amaliy ko'nikmani bajara olish mahoratini ko'rsatish.


6.1. Talabalar bilimining reytingli nazorati

Nazorat turlari bo'yicha ballarni taqsimlash



Baho

a'lo

Yaxshi

O’rta

Konikarsiz

Yomon

O'zlashtirish % hisobida

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va undan kam

Nazariy kism

20-19 ball

18-17 ball

16-15 ball

14-13 ball

12 ball

Analitik kism: organayzer

15-14

13-12

11-10

9-8

7-6

Test

15-14

13-12

11-10

9-8

7-6

Amaliy kism

40-34,4

34-28,4

28-22

21,6-14,8

14,4

Nazorat savollari

10-7,9

7,75-5,6

5,5-4,25

4,1-2,5

2,4


Talabalar bilimini baholashda quyidagi taqminiy me'zonlar inobatga olinadi



O’zlashtirish

Baho

Talabaning bilim darajasi

1

96-100

A’lo


«5»

Vaziyatdan kelib chiqib to’g’ri qaror qabul qila oladi va xulosa chiqaradi.

Amaliy darsga tayyorgarlik ko’rishda qo’shimcha adabiyotlardan foydalanadi( o’zbek va ingliz tilida). Suyaklar va bugimlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari. Konservativ davolash usullari davolashda muammolar mohiyatini mustaqil anglaydi. Kasalni mustaqil ko’rib, diagnoz qo’ya oladi(Suyaklar va bugimlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari. Konservativ davolash usullari). Interaktiv o’yinlarda yuqori faollik bilan ishtirok etadi.

Vaziyatli masalalarni to’g’ri hal etadi va javoblarini asoslay oladi.

Amaliy ko’nikmalarni ishonch bilan bajaradi va mohiyatini tushunadi.



2

91-95

Amaliy darsga tayyorgarlik ko’rishda qo’shimcha adabiyotlardan foydalanadi( o’zbek va ingliz tilida).

Suyaklar va bugimlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari. Konservativ davolash usullari

muammolar mohiyatini mustaqil anglaydi. Kasalni mustaqil ko’rib, diagnoz qo’ya oladi(Suyaklar va bugimlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari. Konservativ davolash usullari) Interaktiv o’yinlarda yuqori faollik bilan ishtirok etadi.

Vaziyatli masalalarni to’g’ri hal etadi va javoblarini asoslay oladi.

Amaliy ko’nikmalarni ishonch bilan bajaradi va mohiyatini tushunadi.


3

86-90

Suyaklar va bugimlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari. Konservativ davolash usullari

muammolar mohiyatini mustaqil anglaydi.

Interaktiv o’yinlarda yuqori faollik bilan ishtirok etadi.

Vaziyatli masalalarni to’g’ri hal etadi va javoblarini asoslay oladi.

Suyak-mushak sistemasining anatomo-fiziologik xususiyatlarini yaxshi biladi va ishonch bilan gapiradi.Kasllikning etiologiya, patogenezi va klinikasi haqida aniq ma’lumotlarga ega va differensial diagnoz qila oladi, davolashni tavsiya etadi, travmatologiya va ortopediyada profilaktika o’tkazishni biladi.

Amaliy ko’nikmalarni ishonch bilan bajaradi va mohiyatini tushunadi.

Bemorni ko’radi, to’g’ri anamnez yig’adi, taxminiy dashxis qo’ya oladi.


4

76-80

Yaxshi


«4»

Interaktiv o’yinlarda yuqori faollik bilan ishtirok etadi .

Vaziyatli masalalarni to’g’ri hal etadi lekin dorilarni dozasini aniq tavsiya etolmaydi.

Suyak-mushak sistemasining anatomo-fiziologik xususiyatlarini yaxshi biladi va ishonch bilan gapiradi

Kasllikning etiologiya, patogenezi va klinikasi haqida aniq ma’lumotlarga ega va differensial diagnoz qila oladi, davolashni tavsiya etadi, travmatologiya va ortopediyada profilaktika o’tkazishni biladi.

Amaliy ko’nikmani qadamba –qadam bajaradi.

Bemorni ko’radi, to’g’ri anamnez yig’adi, taxminiy dashxis qo’ya oladi.



6

71-75

Vaziyatli masalalarni to’g’ri hal etadi, klssifikatsiya bo’yicha to’g’ri tashxis qo’ya oladi,lekin davolash rejasini tuza olmaydi.

Suyak-mushak sistemasining anatomo-fiziologik xususiyatlarini yaxshi biladi va ishonch bilan gapiradi

Kasllikning etiologiya, patogenezi va klinikasi haqida aniq ma’lumotlarga ega va differensial diagnoz qila oladi, lekin davolashni tavsiya eta olmaydi

Amaliy ko’nikmani bajara oladi, lekin qadamlarni chalkashtiradi.

Bemorni ko’radi, to’g’ri anamnez yig’adi, taxminiy dashxis qo’ya oladi.

Laborator tekshiruv natijalarini baholay oladi. Mavzuni muhokama qilishda aktiv ishtirok etadi.



7

66-70


Qoniqarli

«3»


Vaziyatli masalalarni to’g’ri hal etadi, lekin klinik diagnozni asoslay olmaydi.

Suyak-mushak sistemasining anatomo-fiziologik xususiyatlarini yaxshi biladi va ishonch bilan gapiradi

Kasllikning etiologiya, patogenezi va klinikasi haqida aniq ma’lumotlarga ega va lekin differensial diagnoz qila olmaydi, davolashni tavsiya eta olmaydi

Bemorni ko’radi, to’g’ri anamnez yig’adi, lekin og’irlik darajasini farqlay olmaydi.

Laborator tekshiruv natijalarini qisman baholay oladi. Mavzuni muhokama qilishda aktiv ishtirok etadi.


8

61-65

Vaziyatli masalalarni hal etishda xatolarga yo’l qo’yadi,(tasnif bo’yicha diagnoz qo’ya olmaydi).

Suyaklar va bugimlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari

klinikasini biladi lekin ishonch bilan gapirmaydi.

Suyaklar va bugimlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari

kasalliklari etiologiyasi haqida aniq ma’lumotga ega lekin patogenezini ayta olmaydi.

Anamnez to’plashi maqsadli yo’naltirilmagan, ko’rik sxema bo’yicha emas.

Laborator tekshiruvlar natijasini baholay olmaydi.

Mavzuni muhokama qilishda passiv.



9

55-60

Travmatologiya va ortopediyadagi umumiy davolash usullari to’g’risida ma’lumotga ega, leki ishonchsizlik bilan gapiradi.

Suyak-mushak sistemasining anatomo-fiziologik xususiyatlarini chalkashtirib gapiradi.

Kasalni mustaqil so’rab –surishtira olmaydi va ko’ra olmaydi.

Laborator tekshiruvlar natijasini baholay olmaydi.

Mavzuni muhokama qilishda ishtirok etmaydi.


10

54 -30

Qoniqarsiz

«2»


Suyaklar va bugimlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari.

davolash haqida tushunchaga ega emas

Suyak-mushak sistemasining anatomo-fiziologik xususiyatlarini bilmaydi


11


20-30

Qoniqarsiz

«2»


Talabaning mashg’ulotga kelganligi, formadaligi, o’zi bilan daftar va fonendoskopi borligi uchun.


7. Mashg’ulotning xronologik xaritasi


Vaqti

O'tkaziladigan tadbirlar

Mazmuni

Materiallar

08.30-09.15

1.“Umurtka pogonasi, chanoq va oyoq suyaklarining sinishi va chiqishini davolashning asosiy tamoyillari” mavzusining nazariy taqlili. Umurtka pogonasi, chanoq va oyoq sinishining asosiy klinik belgilari, tez tibbiy yordam ko'rsatish, oqriqsizlantirish turlari, immobilizatsiyalash principlari.
2. Еchim topish va tahlil qilish.

1. Talabalarning boshlanqich tayyorgarligini aniqlash. Talabalarni mavzu bo'yicha “dumaloq stol” interfaol o'yini yordamida so'roq qilish.
2. Talabalarning klinik fikrlash qobiliyati tekshirib ko'rish.

1 .Mashqulot mavzusiga mos keluvchi tadbirlar, rentgen suratlar, test savollari
2. Mashqulot mavzusiga mos keluvchi vaziyatli masalalar.

09.20-10.05

Amaliy ko'nikmalarni qo'llash,

Rentgen suratlar interpretatsiyasi

sinish joyini maqalliy oqriqsizlantirish,

gips bog’lamlarni tayyorlash,

longetali va cirkulyar bog’lamlarni qo'yish.


Talabalarning amaliy ko'nikmalarni bajarishga tayyorliklarini tekshirib ko'rish.

Rentgen suratlar, shinalar, shpriclar, novokain -1%, gips, bintlar.

10.20-11.05

Boldir va oyoq panjalari singan bemorlarni kuratsiya qilish.

har bir talaba ma'mum bir palatadagi bemorlarni kuratsiya qiladi.

Gips boglamlarni qo'yish va skelet tortishda qatnashadi.



Dars mavzusiga to’g’ri keladigan kasalli bemor, gips, bintlar, Beller shinasi, skoba, shnur va oqirlik

11.10-11.50

Kuratsiya qilingan bemorlar bo'yicha hisobot

Har bir talaba kuratsiya vaqtida qilgan ishlari bo'yicha hisobot beradi.

Rentgen suratlar, negatoskop, jadvallar.

12.30-13.15

Yakuniy qulosa va talabalar bilimini baqolash.

Talabalar bilimini taqlil qilish.

Boshlanqich ma'lumotlar, vaziyatli masalalar, amaliy ko'nikmalar va bemorlarni kuratsiya qilishda to’g’ri echim va taqlil qilish.



10. Nazorat uchun savollar

  1. Boldir va oyoq panjasi suyaglari sinishining turlari va tasnifi

  2. Boldir suyaklari shikastlanishining mehanizmi

  3. Boldir suyaklari sinishini davolashning asosiy principlari.

  4. Gips bog’lamlarning asosiy turlari.

  5. Gips bog’lamlar va skelet tortishlar yordamida davolashga ko'rsatmalar.

  6. Skelet tortishlar yordamida davolashga harshiko'rsatmalar.

  7. Sinishni davolash usullarini racional tanlash.

  8. Boldirga gips bog’lam qo’yish.


11. Tavsiya etilgan adabiyotlar

  1. Yumashev G.S. «Travmatologiya i ortopediya» M., «Medicina» 1990. - 575 bet.

  2. Musalatov H.A. «Travmatologiya i ortopediya» M., «Medicina» 1995.

  3. A.V. Kaplan «Povrejdeniya kostey i sustavov» Moskva «Medicina> 1979. -568 bet.

  4. www.ejbjs.org

  5. www.jbjs org.uk

  6. www.traumatic.ru

  7. www.trauma.bd.ru


Kafedra mudiri, t.f.d. Karimov M.Yu.
Yüklə 192,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin