O`zbekiston tabiatini muhofaza qilish



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə2/4
tarix19.04.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#100463
1   2   3   4
1428624236 61067

Ekologik muammolarni vujudga kelishi xududning tabiiy sharoiti, resurslardan foydalanish xarakteri, landshaftlarning strukturali-dinamik holati, barqarorligi, tabiiy –antropogen hodisalarning rivojlanish imkoniyatlari va ularni oldini olish tadbirlarini mavjudligi kabi jarayonlar Bilan bovosita bog`liq. B uborada resurslardan foydalanishni boshqarish muhim Amaliy ahamiyatga ega., tabiatdan foydalanishning ilmiy tamoiyillari ishlab chiqarishga qanchalik to`g`ri tadbiq etilgan bo`lsa ekologik muvozanat shunchalik mustahkam barqaror bo`ladi, noxush hodisalarni tarkib topish sabablarini potensial imkoniyatlari kuchli darajada jilovlangan bo`ladi. Darvoqe, tabiatdan foydalanishni qanchalik omilkorolik bilan boshqarilsa, geosistemalarda ichki va tashqi ziddiyatlarshunchalik cheklangan hamda dinamik harakatlar yo`nalishi maqsadga muvofiq bo`ladi.

O`zbekistonda quyidagi ustivor ekologik muammolarni mavjudligi barchaga ma`lum: 1) suv, 2) atmosfera havosi 3) yer 4) o`simlik 5) hayvonot olami 6) ma`dan 7) aholi sog`lig`i Ekologik muammolar ma`lum ma`noda tabiatni muhofaza qilish muammolariga juda yaqin turadi , farq juda kam. Shuni hisobga olib ularni bir muammo tarkibida tadqiqot qilish maqsadga muvofiq. Quyida ekologik muammolarni tasniflash sxemasi berilgan. Xududiy ekologik muammolar ularning miqyosiga qarab turli kattalikdagi maydonlarni egallaydi. Ularning barchasi ham ustivorligi Bilan ajralib turadi, lekin Orol va Orolbo`yi muammosi eng ustivor va oldin darajali Amaliy ahamiyati bilan jahonga ma`lum. O`zbekistonda shuningdek butun O`rta Osiyo va Qozog`istonning tekislik qismi uchun suv muammosi eng ustivorligi Bilan tavsiflanadi. Suv taqchilligi ko`plab halq xo`jaligining sohalarini rivojlantirishni cheklaydi., boz ustiga mavjud suv resurslarini ifloslanib borayotganligi muammoni yanada keskinlashishiga va tenglikni kuchayishiga ta`sir etmoqda.

Suv resurslarini ifloslanishi bilan bog`liq ekologik muammolar. XX asrning 50-60 yillarida O`rta Osiyoda suv muammosi amalda hali kun tartibida bo`lmagan. 60-yillarning oxiridan bu muammo tarkib topa boshladi. 70-80 yillarda shakllanib bu jarayon ham davom etmoqda. Muammoni tarkib topishga vohalardan chiqayotgan qaytgan suvlarni 31 kub km bir qismini Amudaryo va Sirdaryo xavzalariga tashlanishi bilan bog`liq. Bu hodisa daryo suvlarining ifloslanishiga olib keladi. Kollektor – zovur suvlar (KZS) tarkibida suvda eriydigan tuzlar, mineral o`g`itlar , pestitsidlar, sanoat , , kommuna – maishiy va fermalarning oqava suvlari hamda boshqa toifadagi organik biogen, kimyoviy tozalanmagan suvlarni qo`shilishi tufayli Amudaryo Termezdan, Sirdaryo Uchqo`rg`ondan boshlab ichimlik sifatida foydalanish uchun mutloqo yaroqsiz. Boz ustiga suvning minerallashuv darajasini me`yordan 2 – 5 barovar ortib kelganligi sug`orishda foydalanishni ham murakkablashtirmoqda


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin