PESTITSIDLAR QOʼLLANILISHINING SANITARIYA GIGIENIK ASOSLARI Pestitsidlar yordamida ekinlarni ishlash bilan borliq barcha ishlar oʼsimliklarni himoya qilish boʼyicha mutaxassis rahbarligida olib boriladi. Pestitsidni qoʼllash bilan bogʼliq boʼlgan ishlarni bajaruvchilar maxsus kurslarda tayyorgarlik koʼrgan tajribali shaxslardan iborat boʼladi.
Pestitsidlarni qoʼllash vaqtida mexnatni muhofaza qilish ishlariga javobgarlik xoʼjalik rahbari zimmasiga yuklatiladi. Pestitsidlar bilan ishlash uchun yoshi 18 ga toʼlgan, SOGʼLOM ekanligi toʼgʼrisida shifokor ruxsatnomasiga ega boʼlgan va pestitsidlar bilan ishlash boʼyicha yoʼriqnomalar olgan shaxslarga ruxsat etiladi.
Pestitsid bilan ishlash uchun balogʼat yoshiga yetmagan oʼsmirlar, emizikli va homilador ayollar, qariyalarga ruxsat berilmaydi. Pestitsid bilan uzluksiz muloqotda boʼlgan shaxslar muntazam tibbiy koʼrikdan oʼtib turishi kerak.
Oʼta va yuqori zaharli pestitsidlar guruhiga oid preparatlar bilan 4 soat davomida, qolgan pestitsidlar bilan esa 6 soat davomida ishlashga ruxsat beriladi. Ish vaqtining qolgan qismida pestitsid bilan bogʼliq boʼlmagan yumushlar bajariladi. Pestitsid bilan bogʼliq boʼlgan yumushlarni bajarishda ishlovchilar har kuni 0,5 l sut bilan taʼminlanadi.
Pestitsidlarni qoʼllayotgan ishchilar xoʼjalik hisobidan maxsus ish korjomalari va shaxsiy himoya vositalari bilan bepul taʼminlanadi. Pestitsid qoʼllanilayotgan joyda, albatta aptechka boʼlishi kerak. Pestitsid (bilan ishlayotgan ishchilar har oyda 400 g miqdorida bepul kir sovun bilan taʼminlanadi.
Pestitsidlar bilan faqat nazoratchilar kuzatuvi natijasida zararli organizmlar miqdori iqtisodiy xavfli chegara sonidan yuqori ekanligi maʼlum boʼlgan dalalardagina ishlov oʼtkazilishiga ruxsat beriladi.
Pestitsidni qoʼllash bilan bogʼliq boʼlgan barcha hol¬larda ham oldinroq, (kamida 2 kecha-kunduz ilgari) xoʼjalik rahbari oʼtkazilajak ish yuzasidan ogohlantiriladi, qoʼshni xoʼjalik va undagi aholi oʼtkaziladigan pestitsid bilan ishlov tavsifi va xavfsizlik choralari haqida ogohlantiriladi.
Ishlov oʼtkazilgan maydon 300 m chamasi chekkaroq joyda ogohlantiruvchi belgilar bilan oʼrab qoʼyiladi.