O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TALIM, FAN VA INNOVATSION VAZIRLIGI
TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI
«AGROBIZNES, BUXGALTERIYA HISOBI VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR» KAFEDRASI
5230900 – “Buxgalteriya hisobi va audit” sirtqi ta’lim yo’nalishi
4-kurs talabalari malaka amaliyoti uchun
D A S T U R
Termiz -2023 y.
T A S D I Q L A Y M A N
Тermiz Agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti sirtqi bo`limi boshlig`i _______________B. Normatov _____ __________2023 yil
5230900 – “Buxgalteriya hisobi va audit” sirtqi ta’lim yo’nalishi
4-kurs talabalari malaka amaliyoti uchun
DASTUR
Tuzuvchi: B.Ch.Rahmatullayev
Taqrizchi: B.Normatov
Ushbu dastur “Agrobiznes, buxgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar” kafedrasining 2023 yil ____-_____dagi № ___-sonli yig’ilishida ko’rib chiqilib, Agrologistika va biznes fakul`teti Kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: ____________ B.Ch.Rahmatullayev
Mazkur dastur Agrologistika va biznes fakul`teti Kengashining 2023 yil “___” _____dagi “___” - sonli majlisida muhokama qilinib institut O’quv-uslubiy Kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Fakul`tet Kengashi raisi:_____________ B.Normatov
Termiz-2023
KIRISH
Mamlakatimiz mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuqlariga o’ziga xos va mos ravishda shakllangan “Harakatlar strategiyasi”dagi dasturlar asosida bosqichma- bosqich erishib kelinmoqda.
Ushbu rivojlanish bosqichlarida ta’limga nisbatan ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omili va muqarrar sharti, jamiyatning eng muhim qadriyati, asosiy boyligi sifatida yondashildi.
Shu bois mazkur dastur “Ta’lim to’g’risida” gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda 5230900 – “Buxgalteriya hisobi va audit” sirtqi ta’lim yo’nalishi Davlat ta’lim standartiga hamda “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqidagi Nizom”ga (OO’MTV 1998 yil 30 oktyabr` 305-sonli buyruq bilan tasdiqlangan) asosan ishlab chiqildi.
Bugungi kunda zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim berish va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borib, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog’lashdek dolzarb masalalardan biridir.
Mutaxassislik fanlar bo’yicha bilimlar majmuasini o’zlashtirgan, nazariy va amaliy mashg’ulotlar uzviyligida malaka hamda ko’nikmalarni mukammal shakllantirishda, yetuk kadr bo’lib yetishishda malaka amaliyotining o’rni beqiyos hisoblanadi. Shu bilan birga yosh iqtisodchi - mutaxassislarni real malaka sharoitlariga tayyorlash eng muhim shartlardan biri hisoblanadi. Mazkur dastur iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida “Agrobiznes va investitsion faoliyat” ta’lim yo’nalishi bo’yicha 4-kurs talabalari malaka amaliyotini tashkil etishning asosi hisoblanadi.
5230900 – “Buxgalteriya hisobi va audit” sirtqi ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabalarining malaka amaliyoti 7 semestrda, umumiy amaliyot davri
_6__ hafta bo’lib, haftasiga ____kun, har bir kunda ____ soatdan amaliyot mashqlari, qolgan soatda talaba o’z mustaqil faoliyatini rejalashtirishi talab etiladi. Talaba malaka amaliyotini tashkil etish bo’yicha kalendar rejasiga muvofiq har bir mavzu va undagi topshiriqlarga ajratilgan soatlar amaliyot uchun universitetdagi malakaviy amaliyot rahbari tomonidan aniqlanishi va kafedra mudiri tomonidan ma’qullanishi maqsadga muvofiq. Shular bilan bir qatorda amaliyot joyidagi korxona, tashkilot yoki muassasa rahbari bo’yrug’i bilan tayinlangan amaliyot rahbari bilan uzviy bog’langan holda mazkur dastur va ko’rsatma asosida amaliyotni amalga oshirish qat’iy talab etiladi.
I.Umumiy qoidalar
Ushbu dastur O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabrdagi 305-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malaka amaliyoti hakida Nizom”ga asosan ishlab chiqildi va Termiz Agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida 5230900 – “Buxgalteriya hisobi va audit” sirtqi ta’lim yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan 4-kurs talabalariga bitiruv oldi amaliyoti uchun tavsiya etiladi.
Termiz Agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti rektorining “Malaka amaliyotini tashkil etish to’g’risida”gi buyrug’iga asosan amaliyotga “Agrobiznes, buxgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar” kafedrasining belgilangan professor - o’qituvchilari rahbarlik qiladilar. Bunda umumiy rahbarlik “Agrobiznes, buxgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar” kafedrasi mudiri zimmasiga yuklatiladi. Amaliyot joyida malaka amaliyoti rahbarlari bo’lib korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlarining bo’yrug’i asosida tayinlangan yetakchi mutaxassislar, bo’lim boshliqlari bo’lishi mumkin.
AMALIYOTINING_BOSH_MAQSADI'>MALAKA AMALIYOTINING BOSH MAQSADI
5230900 – “Buxgalteriya hisobi va audit” sirtqi ta’lim yo’nalishi talabalari malaka amaliyotining bosh maqsadi amaldagi “Harakatlar strategiyasi” da belgilangan vazifalar asosida raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni nazariy o’zlashtirishdagi bilimlarini amaliyot bilan chambarchas bog’lab, mutaxassisligi bo’yicha mustaqil ish ko’nikmalarini hosil etish, bitiruv malakaviy ish mavzusi bo’yicha analitik va tadqiqot ishlarini mustahkam bajarganligi to’g’risida o’z xulosa va takliflarini berish, talabalarni yo’nalishi bo’yicha tayyorlashni yakunlashdan iboratdir.
MALAKA AMALIYOTINING ASOSIY VAZIFALARI:
5230900 – “Buxgalteriya hisobi va audit” sirtqi ta’lim yo’nalishi talabalari malaka amaliyotining asosiy maqsadiga erishish uchun qo’yidagi vazifalarni bajarishlari shart:
1. Termiz Agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi o’quv jarayonida olgan nazariy-kasbiy bilimlarini, tajribalarini va ko’nikmalarini amaliy kasb faoliyatida chuqurlashtirish;
2. Amaliyot bo’yicha bilim, tashkiliy ko’nikmalarini hosil qilib dastur rejasiga amal etish;
3.Talabalarning amaliyotdagi ish sifatini doimiy takomillashtirib mutaxassislikga ega bo’lish;
4. Kommunikativ ko’nikmalarini rivojlantirish;
5.“Iqtisodchi” mutaxassislik kasb etikasi tartiblari manfaatlaridan kelib chiqqan holda muammoli masalalar va vaziyatlarni yechishni takomillashtirish;
6. Amaliyot natijalarini tahlil etib, amaliyot ob’ekti bo’yicha amaliy va ilmiy takliflar berish;
7.Talabalarning bitiruv malakaviy ishlarini yozishda, ilmiy - tadqiqot ishlaridan foydalanishi mumkin bo’lgan tekshiruv tahliliy materiallari yuzasidan o’z fikrlarini berish;
8.Amaliyot davomida olgan bilimlarini nazariy bilimlari bilan solishtirib, amaliyot ob’ekti iqtisodiyotini takomillashtirish bo’yicha mustaqil ravishda takliflar berish;
9. Foydalanilgan va qo’llanilgan adabiyotlar ro’yxatini tuzish;
10. Amaliyotni o’tagan ob’ekt tomonidan tayinlangan rahbar va ilmiy rahbaridan taqriz va tavsifnomalar olish.
MALAKA AMALIYOTINING MUDDATI
5230900 – “Buxgalteriya hisobi va audit” sirtqi ta’lim yo’nalishi talabalari malaka amaliyoti o’quv rejaga asosan 7-semestrga mo’ljallanib uning muddati
6 hafta bo’lib, haftasiga _5__ kunni tashkil etadi, haftaning shanba kuni talaba o’z mustaqil faoliyatini amalga oshirish rejalashtirilgan. Amaliyotning aniq muddatlari OTM rektori buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
AMALIYOTNI TASHKIL ETISH VA O’TASH TARTIBI
5230900 – “Buxgalteriya hisobi va audit” sirtqi ta’lim yo’nalishi talabalari malaka amaliyotini moddiy va nomoddiy malaka amaliyot ob’ektlari, amaliyot ob’ektlari va muassasalarining iqtisodiyot, moliya va boshqa bo’limlarida, iqtisodiyot investitsiya institutlarida; O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va qishloq xo`jaligi hamda boshqa muassasa vazirligi va uning quyi bo’g’inlarida, tijorat banklarida, soliq idoralarida, fermer xo’jaliklarida, klassterlarda, oliy ta’lim, kasb-hunar kollejlarida filialning yo’llanmasi asosida o’tashi mumkin.
Malaka amaliyotini tashkil etish uchun OTM bilan korxona, tashkilot va muassasa o’rtasidagi tuzilgan shartnoma asos bo’lib hisoblanadi.
Amaliyotni tashkil etish va o’tashda talaba filialdan biriktirilgan amaliyot rahbari (o’qituvchi) va qabul qiluvchi tashkilot vakili (amaliyot joyida talabaga rahbarlik kilish uchun biriktirilgan tegishli bo’lim boshliqlari va yetakchi mutaxassislar) to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etadi.
Amaliyotni tashkil etish va o’tash tartibi “Agrobiznes, buxgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar” kafedrasi tomonidan belgilanadi. To’g’ridan-to’g’ri boshqarish esa OTM rektori bo’yrug’i bilan kafedra tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari amalga oshiradi hamda hisobotga taqriz yozib, uni himoyaga tavsiya etadi.
Oliy ta`lim muassasasidan tayinlangan amaliyot rahbarining majburiyatlari:
*amaliyot o’tash joyini aniqlab, shartnoma mavjudligini tasdiqlab, talaba boradigan amaliyot ob’ektiga borish uchun yozma ariza olish;
*talaba bilan birgalikda amaliyot va hisobot mazmuni uchun shaxsiy reja topshiriqni ishlab chiqishda ko’rsatma berish;
* talabaning amaliyot o’tashini nazorat qilish;
* hisobot uchun materiallarni yig’ishda talabaga uslubiy yordam ko’rsatish;
* amaliyot bo’yicha yakuniy hisobotni yozishda uslubiy yordam berish;
* amaliyot natijasini tekshirish bo’yicha xulosa berish va baholash;
* talabaning amaliyot bo’yicha hisobotini tekshirib chiqib, taqriz yozish, uni himoya qilish komissiyasiga taqdim qilish va himoyada ishtirok etish.
AMALIYOT OB’EKTIDAN BIRIKTIRILGAN RAHBARNING VAZIFALARI
Amaliyot ob’ekti rahbarining bo’yrug’i bilan amaliyotchi talabaga tajribali mutaxassislar biriktiriladi va rahbarlik qiladi. Amaliyot ob’ektidan biriktirilgan rahbar amaliyotchi talabaning amaliyotga chiqishi to’g’risidagi rektorning buyrug’i, dasturi va rejasi bilan tanishib, ushbu dastur va ko’rsatma asosida ish yuritib, quyidagilarni amalga oshiradi:
amaliyot ob’ektiga kirish uchun vaqtinchalik ruxsatnoma hujjatlarini rasmiylashtirish;
talabaning amaliyotni o’tashi to’g’risida buyruqni rasmiylashtirish (buyruqdan ko’chirma amaliyot hisobotiga ilova qilinadi);
amaliyot ob’ekti xususiyatlarini inobatga olgan holda amaliyot tadbirlari rejasini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda talabaga amaliy yordam ko’rsatish;
amaliyotchi talabani qabul qilgan korxona, tashkilot muassasa ichki tartib koidalari, ish yuritishi tartiblari bo’yicha xuquqiy-me’yoriy hujjatlar bilan tanishishni tashkil etish;
rejalashtirilgan amaliyot chora-tadbirlarini talaba tomonidan bajarilishini tashkil etish va doimiy nazorat kilish;
tashkilot va korxonadagi amaldaga mavjud qonunchilikni tahlil qilishga talabani jalb qilish;
talaba tomonidan bajarilgan ishlar natijalarini doimiy nazorat qilish va kelgusi topshiriqlarni aniqlashtirish, kundalik yuritishni nazorat qilish va talaba tomonidan bajarilgan ishlar natijalarini baholab borish;
talabaning nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasini, uning ishchanligi va psixologik sifatlarini o’rganish;
talabada tanlangan mutaxassisligiga bo’lgan hurmatni va berilgan topshiriqlarga bo’lgan javobgarlikni his etishga, ularni mustaqil ish yuritishga yo’naltirish;
bitiruv malakaviy ish yuzasidan to’plangan statistik ma’lumotlar tahlilini tekshirish;
talabalar tomonidan kundalik va amaliyot bo’yicha tayyorlangan hisobotni rasmiylashtirishni nazorat qilish;
amaliyot muddati tugagandan so’ng talabaning amaliyoti bo’yicha yozgan hisobotiga taqriz (tavsifnoma) berish.
Talabada amaliyot bo’yicha ishlarini tartibga soluvchi quyidagi me’yoriy- xuquqiy hujjatlar bo’lishi shart:
OTM tomonidan amaliyot o’tash uchun talabaga berilgan yo’llanma;
Amaliyot bo’yicha dastur va uslubiy ko’rsatma;
Shaxsiy reja (topshiriqnoma);
Amaliyot kundaligi.
Amaliyot o’tishdan avval talaba quyidagilarni bajarishi shart:
kafedra tomonidan amaliyot masalalari bo’yicha o’tkaziladigan umumiy majlisga belgilangan vaqtda kelish;
dasturga muvofiq amaliyotni o’tash davrida haftaning har shanba kuni kafedraga kelib, amaliyot ishlarining yozilishi bo’yicha hisobot berish;
amaliyot rahbaridan amaliyot o’taydigan korxona(tashkilot)ning to’liq rekvizitlari va u yerdagi amaliyot rahbari (F.I.SH.) ko’rsatilgan yo’llanmani o’z vaqtida olish;
amaliyot dasturi topshiriq materiallarni o’rganib chiqish;
Amaliyot o’tash jarayonida talaba quyidagilarni bajarishi shart:
kalendar ish rejasini tuzish;
mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va tashkilotning ichki- tartib qoidalariga qat’iy rioya qilish;
kafedra tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan belgilangan muddatlarda bevosita muloqotda bo’lish, tushunmovchiliklar vujudga kelganligi to’g’risida zudlik bilan ushbu tushunmovchilik to’g’risida amaliyot rahbariga xabar berish;
amaliyot o’tiladigan tashkilotning ish faoliyatini tashkil etish bo’yicha huqukiy-me’yoriy hujjatlar, ish vaqti, tashkiliy tuzilmasi va ish yuritishlari bilan tanishish;
amaliyot dasturida ko’rsatilgan rejali tadbirlarga tayyorgarlik ko’rishda va amalga oshirishda faol qatnashish;
amaliyot rahbarining amaliy kasbiy ish tajribalarini oshirishga taaluqli bo’lgan ayrim xizmat topshiriklarini (ko’rsatmalarini) bajarish;
tanlab olingan bitiruv malakaviy ish mavzusi bo’yicha ma’lumotlar yig’ish, uni tahlil etib, o’z xulosa va takliflarini berish;
tashkilotda belgilangan ish vaqti tartibiga rioya kilish;
amaliyot dasturining bajarilishini muntazam ravishda hisobot kundaligini yuritish, hisobotni tuzish uchun materiallar yig’ish.
o’z xulosasi va takliflaridan kelib chiqib, malaka amaliyoti ob’ekti faoliyatini takomillashtirish to’g’risidagi umumiy mulohazalarini bayon etish va uni taqdim qilish.
dasturga muvofiq har bir mavzu yuzasidan hisobotni me’yoriy hujjatlarga asoslanib, ularni ilova qilgan holda amaliyot rahbarlaridan taqrizlar va xulosalar olish, to’liq tayyorlangan hisobotni kafedradan ro’yxatdan o’tkazib, himoyaga tayyorgarlik ko’rishdek vazifalar yuklatiladi.
Amaliyot davridagi boshqa holatlar:
talaba tomonidan tashkilotning ichki tartib qoidalari va mehnat intizomi buzilganda, tashkilot va universitet tomonidan biriktirilgan rahbarlarning ko’rsatmalari asosida talaba amaliyot o’tashdan chetlashtirilishi mumkin. Bu to’g’risida fakul`tet dekani va “Agrobiznes, buxgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar” kafedrasi mudiriga xabar qilinadi. Ularning tavsiyasiga binoan OTM rrahbari talabani talabalar safidan chetlashtirish masalasini ko’rib chiqishi mumkin;
amaliyot dasturi bajarilmaganda, amaliyot bo’yicha hisobotga salbiy taqriz berilganida yoki hisobotni himoya qilishda qoniqarsiz baholanganda talaba amaliyotni qayta o’tashga jo’natilishi mumkin yoki talabalar safidan rektor bo’yrug’i bilan chetlashtiriladi.
AMALIYOT NATIJALARINI RASMIYLASHTIRISH.
Amaliyot jarayonida har bir talaba dastur asosida tuzilgan kalendar rejaga va rahbar tomonidan berilgan shaxsiy topshiriqnomaga mos holda bajargan ishlari to’liq aks ettirilgan “Amaliyot kundaligi”ni amaliyot tugashi bilan tashkilot tomonidan biriktirilgan rahbar tomonidan tasdiqlanadi va tashkilot ob’ekti muhri bilan muhrlanadi.
Dostları ilə paylaş: |