9. Korxonaning davlat soliq organlari va budjet budjet tashkilotlari bilan aloqalari.
Korxona to’laydigan soliq turlari. Belgilangan soliq turlari, to’lash tartibi va ular bo’yicha hisobotlarni rasmiylashtirish. Korxonaning budjet tashkilotlari bilan aloqasi va ular bilan o’zaro hisob kitoblar.
10. Korxonaning tijorat banklar bilan aloqasi
Tijorat banklarida hisob raqamlari ochish tartibi. Korxonada tijorat banklari pul o’tkazmalarini amalga oshirish va ular bilan o’zaro hisob kitoblarni amalga oshirish tartibi.
11. Korxonada asosiy fondlar tarkibi va strukturasi, asosiy fondlarni baholash.
Asosiy malaka va nomalaka fondlari mazmuni va moxiyati. Korxonaning asosiy fondlari tarkibi. Asosiy fondlarni baholash (boshlang’ich qiymat bo’yicha, tiklanish qiymati bo’yicha, qoldiq qiymati bo’yicha). Asosiy vositalar aktiv qismining umumiy aktivlardagi ulushi, eskirish koeffitsienti, yangilanish koeffitsienti, yaroqlilik koeffitsienti hamda ularni hisobdan chiqarish tartibi.
12. Korxonada aylanma mablag’lar holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar
Korxonada aylanma mablag’larning mazmuni, turlari, shakllanish manbai, xarakati. Aylanma malaka fondlari, muomala fondlari, o’z mablag’lalari, qarzga, kreditga olingan mablag’lari va boshqa aylanma mablag’lar holati tahlili.
Korxonada mehnatga haq to’lash tizimi
Kadrlar tarkibi, strukturasi, kadrlar qo’nimsizligi. Ish haqqi to’lash tartiblari. Vaqtbay ish xaqi, ishbay ish xaqi, moddiy rag’batlantirish tartiblari. Kompensatsiya va boshqa yengilliklar.
Mehnat motivatsiyasi tiplari, omillari
Korxonadagi ishchi xodimlarning ehtiyojlari, qiziqishlari, moddiy va nomoddiy ehtiyojlari, qadriyatlar. Nizo, stress va uni bartaraf etish yo’llari.
Korxona faoliyati xarajatlari, daromadi va rentabelligi
Korxona faoliyati xarajatlari mohiyati, turlari. Korxonaning umumiy xarajati, malaka xarajati, doimiy xarajati, o’zgaruvchan xarajatlari. Korxonaning iqtisodiy barqarorligi monitoringi va tahlilini o’tkazish mezonlari, ko’rsatkichlari tizimi. Korxonaning rentabellik ko’rsatkichi va uni hisoblash tartibi.
Dostları ilə paylaş: |