O’zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g’oya va qadiryatlar rivoji. Reja



Yüklə 19,6 Kb.
tarix11.01.2020
ölçüsü19,6 Kb.
#30116
6=6

O’ZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA MILLIY G’OYA VA QADIRYATLAR RIVOJI.
REJA:

1. O`zbekistonda jamiyatning ma’naviy yangilanish jarayonida madaniy merosga munosabat.

2. Ma’naviy-ma’rifiy islohotlar jamiyat taraqqiyotining ustuvor yo`nalishi sifatida.

3. Ta’lim rivojining o`ziga xos xususiyatlari.


O’zbekiston hukumati istiqlol talablariga javob bera oladigan iqtidorli yoshlarni tanlab olish, ularga fan yo’lidagi so’qmoqlarni sharaf bilan bosib o’tish borasida ham qator ishlarni amalga oshirmoqda. «Umid» jamg’armasining O’zbekiston Prezidenti tomonidan ta`sis etilishini shu ma`noda tushunish lozim. Jamg’arma O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 13 yanvar qaroriga muvofiq ish boshladi.

Ma`lumki, mamlakatimizda tarixiy tub o’zgarishlarni muvaffaqiyatli o’tkazish, ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun jahon andozalari darajasida bilim olgan iste`dodli, ruhan barkamol yosh milliy kadrlar zarurdir. «Umid» jamg’armasining o’z oldiga qo’ygan eng katta maqsadi ham xalq ho’jaligining nufuzli tarmoqlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta`minlashdan iborat bo’ldi. Hozirgi kunda O’zbekistonlik talabalar o’z tanlagan ixtisosliklari bo’yicha AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiyaning jahonga mashhur oliy o’quv yurtlariga muvaffaqiyat bilan shug’ullanmoqdalar.

«Ta`lim to’g’risida»gi qonun, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi jamiyatni ma`naviy jihatdan barqarorlashtirish juda katta vazifalarni bajarmoqda, yoshlarda Vatanga, millatga mehr-muhabbat hissini singdirishda, jahon andozalariga mos faoliyat ko’rsatishda muhim omil bo’lmoqda. Shu bilan birga, yangi ta`lim-tarbiya dasturi yoshlarda mafkuraviy e`tiqodni mustahkamlashda, milliy g’oya va milliy mafkura mohiyatini anglashda alohida ahamiyatlidir. Zero, mafkuraviy ta`sirlar salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun yoshlarimizning iymon-e`tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash juda zarurdir. I Karimov qayd etganidek, eng muhim vazifa «ularning tafakkurida o’zligini unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror toptirish, ularning men o’zbek farzandiman, deb g’urur va iftixor bilan yashashiga erishishdir»13.

O’zbek xalqi katta yo’qotishlarga qaramasdan o’zligini, o’z milliy madaniyatini saqlab qola bildi. Bunga yaqin va uzoq tarix guvohdir. Endigi vazifa – ma`naviy hayotdagi barcha yo’qotishlarning o’rnini qoplashdan iborat bo’ldi. Bu narsa xalqimizning ma`naviyat va ma`rifatga muhtojligi va uning tanqisligi bilan belgilandi. Kishining o’zligini anglashi, o’z sha`nini himoya qila olishi va barcha yomonliklardan o’zini tiya olishi uchun orif bo’lmog’i, qalbining tubida, jinday bo’lsa-da, ma`rifat shamchirog’i yonib turmog’i lozim. Ana shunda odam gunohdan hazar qilish, barcha ne`matlardan aql-idrok va insof doirasida foydalanish yo’lini tutadi. Nojo’ya hatti-harakatlari uchun tavba-tazarru qilish zarurligini anglay boshlaydi14.

Istiqlol yillarida o’zbek madaniy hayoti uyg’ondi, jonlandi va o’zining butun mavjud bo’y-bastini ko’rsata bildi. Teatr, musiqa san`ati rivoj topdi, madaniy aloqalar kengaydi, madaniy-ma`rifiy muassasalar faoliyati takomillashdi, muzeylarning ijtimoiy-ma`rifiy ahamiyati oshdi, milliy adabiyot ravnaq topdi.

Ayniqsa, teatr san`atining rivoji gullab-yashnadi. Hozirgi sharoitda O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan 36 ta dramatik, musiqali drama va komediya, opera va balet, qo’g’irchoq teatrlari ana shunday vazifalarni bajardilar. 1998 yil 26 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning «O’zbekiston teatr san`atini rivojlantirish to’g’risida»gi Farmoni e`lon qilindi. Unga binoan, O’zbekiston tomosha san`atining ko’p asrlik an`analarini o’rganish, boyitish va targ’ib qilish, teatr san`atini har tomonlama rivojlantirish, uning moddiy bazasini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda ma`naviy-ma`rifiy islohotlarni amalga oshirishda teatr arboblarining faol qatnashishini ta`minlash, respublika Madaniyat ishlari vazirligi teatr tashkilotlari negizida va teatr arboblari uyushmasida badiiy zamonaviy sahnabop asarlar yaratish maqsadida Madaniyat ishlari vazirligi tizimida va teatr ijodiy xodimlari uyushmasi qoshida «O’zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.

«O’zbekteatr» birlashmasi o’zining teatr tashkilotlari hamda mintaqaviy bo’limiga ega bo’lib, mulkchilik shakllaridan va qandaydir muassasaga idoraviy dahldorligidan qat`i nazar mamlakatdagi barcha davlat teatrlari, teatr studiyalarida xalq teatrlari va boshqa tegishli tashkilotlar jamoalarini ixtiyoriy tartibda birlashtirdi15.

Teatr san`atini rivojlantirish yo’lida 1998 yil noyabr oyida o’tkazilgan «Xumo» xalqaro yoshlar teatrlarining festivali alohida ahamiyat kasb etdi. Ushbu festivalda O’zbekiston va Isroil davlatlarining eng yaxshi teatr jamoalari ishtirok etdilar. Mazkur festival doirasida 32 ta spektakl namoyish etildi, ularni 20 mingdan ortiq tomoshabin tomosha qildi.

O’zbekistonning o’z mustaqilligini qo’lga kiritishi natijasida ma`naviy madaniyatning muhim jabhasi bo’lgan musiqa san`ati ham juda rivoj topa boshladi, zero tabiatan nozikta`b, san`atsevar va san`at ahliga talabchan o’zbek xalqining musiqasi keng ko’lamli ma`naviyat ko’zgusidir. Sho’rolar davrida asosan mafkuraviy hukmronlik qo`liga aylangan mazkur san`at turi erkinlik yo’liga kirdi. Jamiyat a`zolari milliy qo’shiqchilik san`atidan bahramand bo’la boshladilar.

O’zbekiston hukumati xalqimizning milliy qo’shiqchilikka bo’lgan ijtimoiy ehtiyojini e`tiborga olib milliy ruhdagi, xalqning ko’ngliga yaqin musiqa asarlarini yaratishga bo’lgan qiziqishni doimo rag’batlantirdi. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq musiqa san`ati bo’yicha qator ko’rik-tanlovlar o’tkazila boshlandi. Xususan, 1992 yil mart oyida Toshkent shahrida tanbur, sato, qo’shnay, surnay va boshqa milliy soz ijrochilarining «Asrlarga tengdosh navolar» deb nomlangan respublika ko’rik tanlovi, aprel oyida Toshkent viloyatida havaskor qo’g’irchoq teatrlari jamoalarining ko’rik-tanlovi, shuningdek, mashhur san`atkorlar Jo’raxon Sultonov, Saidjon Kalonov, Komiljon Jabborov, Nabijon Hasanov, Komiljon Otaniyozov, Faxriddin Sodiqov, Janaq Shomuratovlarning asarlari ijrochilarining «Boqiy ovozlar» deb nomlangan ko’rik-tanlovlari o’tkazildi. Ayni vaqtda 1992 yil may oyida Xorazm viloyatida fol`klor jamoalarining, askiya, qiziqchi va masxarabozlarning, iyun oyida Qo’qonda o’tkazilgan IX an`anaviy va lapar, yalla ijroiyalarining avgust oyida Toshkent shahrida o’tkazilgan XI an`anaviy ko’rik tanlovi milliy san`atimiz rivojiga katta hissa bo’lib qo’shildi.

Mamlakatimiz hukumati qo’shiqchilik san`atidan mustaqillikning ma`naviy zaminlarini mustahkamlashda ham unumli foydalanishga e`tiborni kuchaytirdi. Shu maqsadda 1995 yil dekabrda «O’zbekiston – Vatanim manim» mavzuidagi qo’shiqlar ko’rik-tanlovi e`lon qilindi. Mazkur tanlov barcha viloyat, shahar va tumanlarda juda katta ko’tarinkilik ruhida o’tkazildi va uning natijasida yuzlab yangi, mustaqillik davri qo’shiqlari yaratildi, ko’plab iste`dodli san`atkorlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi.

«O’zbekiston – Vatanim manim» qo’shiq ko’rik-tanlovining 1996 yil mart oyida bo’lib o’tgan birinchi bosqichida 54 mingdan ortiq san`atkorlar ishtirok etdi, 10 mingdan ortiq yangi musiqiy asarlar yaratildi. Qayd etish lozimki, mazkur tanlov istiqlolni, Vatanni, o’zligini anglashda muhim qadam bo’ldi. Xalqimizning bunday tadbirga qiziqishi ortiq bo’ldi.

Bularning barchasini e`tiborga olib, 1996 yil avgustda «O’zbekiston – Vatanim manim» qo’shiq bayrami haqida» maxsus farmon qabul qilindi. Farmonda fuqarolar qalbida muqaddas Vatan tuyg’usini tarbiyalovchi yuksak badiiy saviyadagi musiqa asarlari va qo’shiqlarning yaratilishiga keng imkoniyat yaratish maqsadida har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi «O’zbekiston – Vatanim manim» qo’shiq bayrami kuni, deb belgilab qo’yildi. Ayni paytda, xalqimizning qo’shiqchilik san`atiga bo’lgan buyuk qiziqishini e`tiborga olib, Madaniyat ishlari vazirligi huzurida «O’zbeknavo» gastrol-kontsert birlashmasi tashkil etildi.

Natijada, mazkur ko’rik-tanlov hozirda ommaviy tus oldi, unda nafaqat o’zbek milliy, shu bilan birga mamlakatimizda istiqomat qilayotgan boshqa barcha xalqlar vakillarining erkin ijod qilishi, o’z san`atlarini namoyish etish imkoniyati yaratildi. Professional va xalq badiiy ijodiyoti asosida san`atning qo’shiqchilik turiga teng e`tibor berilishi, ularning uyg’un rivojlanishiga sharoit yaratilishi tufayli mazkur san`at turi yanada rivoj topmoqda.

Ma`lumki, O’zbekistonda jahon sivilizatsiyasida alohida o’ringa ega bo’lgan buyuk moddiy madaniyat yaratildi. Ular xalqaro hamjamiyat tomonidan allaqachon e`tirof etilgan. Biroq, sho’rolar mustabid tuzimi davrida O’zbekiston moddiy madaniyatiga katta zarar etkazildi. Minglab noyob madaniyat durdonalari, asori-atikalari xorijga, asosan, Moskva, Sankt-Peterburg muzeylariga tashib ketildi. Milliy o’zlikni anglashda bunday yodgorliklarning ahamiyati katta ekanligini e`tiborga olib, mustamlakachilar iloji boricha ular ijtimoiy-madaniy ahamiyatni kamsitishga harakat qildilar.

Ammo, mustaqillik bunday jirkanch siyosatga barham berdi. Istiqlolning dastlabki davrlaridanoq muzeylar, qo’riqxonalarning o’rni va rolini belgilab berishga alohida ahamiyat berildi. Ma`lumki, hozirda birgina Madaniyat ishlari vazirligi tizimida turli sohalar bo’yicha 68 ta muzey mavjud bo’lib, bular 21 ta o’lkashunoslik, 10 ta badiiy, 14 ta memorial, 5 ta adabiy-memorial, 7 ta badiiy, 1 ta tabiiy-ilmiy muzeylardir.

Shu bilan birga Samarqandda Davlat muzey-qo’riqxonasi, Buxoroda Davlat muzey-qo’riqxonasi, Xivada «Ichon-qal`a» davlat muzey-qo’riqxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. 1999 yilgi ma`lumotlarga ko’ra, respublikamizdagi muzeylar fondida 1305786 eksponat saqlanmoqda. Birgina 1999 yilda ularning asosiy fondiga 7544 ta eksponat qabul qilindi. Shu yilning o’zida barcha muzeylarga 1655400 kishi tashrif buyurdi16.

O’zbekiston hukumati xalqimizning milliy o’zligini anglash jarayonini yanada jadallashtirishni e`tiborga olib, 1994 yil 23 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Respublika muzeylari faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida»gi, 1999 yil 5 dekabrda esa «Muzeylar faoliyatini qo’llab-quvvatlash masalalari to’g’risida»gi qarorlarni e`lon qildi.

Istiqlol o’zbek xalqiga o’z milliy adabiyotini qaytarib berdi. Kommunistik mafkuraning jarchisiga aylangan «sovet adabiyoti» vayronalari o’rniga paydo bo’lgan o’zbek milliy adabiyoti tezlikda o’zining qaddini ko’tardi, partiyaviylik, sinfiylik kabi hatto metodologik asoslardan voz kechila boshlandi. Mumtoz adabiyotga munosabatda diniy adabiyot, feodal-klerikal adabiyot, saroy adabiyoti deyilgan tushuncha va bir millat adabiyotini reaktsion va progressiv deb ikkiga bo’lib o’rganishdekk hatto nazariy cheklashlarning daf etilishi milliy adabiyotning xolisona baholanishiga imkon yaratdi.

Diniy manbalarning, jadid adabiyotining siyosiy-mafkuraviy aqidalarsiz o’rganilishiga nisbatan bo’lgan munosabatning ijobiy hal etilishi jamiyatni ma`naviy jihatdan barqarorlashtirishga shart-sharoitlar yaratdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1 Каrimov I. O’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz. T., 1999., 16-bet.


32 O’sha joyda. 19-bet.

43 Каrimov I. A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot –pirovard maqsadimiz. T.,2000, 24-bet.

5 O’zbekiston millatlararo hamjihatlik yo’lida.T., 1996., 111-bet.


6Jo’rayev N. Agar ogoh sen… T.,1998, 148-bet.


7 Guliston, 1997, 1-son 4-bet.


8 Каrimov I. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot- pirovard maqsadimiz. T., 2000., 27-bet.


9 Ergashev K. O’zbekiston xalq ta’limining rivojlanish tarixi. T., 1998, 59-bet.


10O’z R XTB UMBB ning joriy hujjatlari. 2-9-13-ish; 2-3 varaqlar.


11 Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotininq poydevori. T., 1997, 6-bet.


12 Ergashev K. O’zbekiston xalq ta’limininq rivojlanish tarixi. T., 1998., 64-bet.


13 Каrimov I. Donishmand xalqimizninq mustahkam irodasiga ishonaman. T., 2000., 6-bet.


14 Jo’rayev N. Tarix falsafasi. T., 1999., 150-bet.


15O’zbekiston Respublikasi. 100 savolga 100 javob. T., 1998, 177-bet.




16 «Моziydan sado», 2000, 1-2-son, 22-bet.
Yüklə 19,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin