2001- yil 16-17- noyabr - "O’zbekiston-Qozog’iston davlat chegarasi to’g’risida" shartnoma
imzolandi.
2001- yil dekabr - Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi.
2002- yil 27 - yanvar - Ikki palatali parlament tuzish masalasida O’zbekiston Respublikasining
referendumi bo’lib o’tdi.
2002- yil - O’zbekistonda istiqomat qilayotgan millat va elatlarning 120 ta milliy madaniyat
markazlari faoliyat ko’rsatdi.
2002- yil 28- fevral - Markaziy Osiyo Hamkorlik Tashkiloti tashkil etildi.
2002- yil 11-14- mart - O’zbekiston Prezidenti I. А. Karimov rasmiy davlat tashrifi bilan AQSHda
bo’ldi. "O’zbekiston bilan AQSH o’rtasida o’zaro sheriklik va hamkorlik asoslari
to’g’risida" Deklaratsiya imzolandi.
2002- yil 2- aprel -Termiz shahrining 2500 yilligi nishonlandi.
2002- yil 4-5- aprel - "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy
prinsiplari to’g’risida" Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.
2002- yil 28-31- iyul - O’zbekiston va Yaponiya o’rtasida do’stlik, strategik sheriklik va hamkorlik
to’g’risida qo’shma bayonot imzolandi.
2002- yil 27- avgust - Toshkentda "Qatag’on qurbonlari xotirasi" muzeyi ochildi.
2002- yil 12- dekabr -"O’zbekiston Respublikasi Оliy Majlisining Qonunchilik palatasi to’g’risida"
Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi." O’zbekiston Respublikasi Оliy Majlisining
Senati to’g’risida" Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.
2003- yil 24- aprel - "O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar va
qo’shimchalar kiritish to’g’risida" Qonun qabul qilindi.
2003- yil oxiri - O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi tashkil topdi.
2004- yil 1- yanvar - Toshkentda SHHTning Mintaqaviy аksiltеrrоr tuzilmasi (МАTT) faoliyat
yurita boshladi.