O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


XIV asr da  Naqshbandiya tariqatida yanada  rivoj topadi. Unga  Bahouddin Naqshband



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/175
tarix15.10.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#155998
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   175
O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov)

XIV asr
da 
Naqshbandiya
tariqatida yanada 
rivoj topadi. Unga 
Bahouddin Naqshband 
asos soladi. U 
1318-yil
da Buxoro yaqinida 
Qasri Hinduvon 
qishlog‘ida 
matolarga naqsh bosuvchi hunarmand oilasida dunyoga keladi. 
Yoshligida ta’lim olish bilan bir qatorda kimxob matoga gul 
bosishni puxta o‘rganib, ota kasbi naqqoshlikni egallagan.
Xoja Bahouddin “Hayotnoma” 
va 
“Dalil al­oshiqin” 
nomli asarlar yozib, o‘z tariqatini yaratadi. Naqshbandiya 
tari qati Movarounnahr, Xuroson va Xorazmda keng tarqaladi. 
Naqshbandiya tariqati insonlarni halol va pok bo‘lishga, o‘z 
mehnati bilan kun kechirishga, muhtojlarga xayr-ehson berish-
ga, sofdil va kamtar bo‘lishga chaqiradi. Uning 
“Dil ba yor­u 
dast ba kor” 
(“Ko‘ngil Allohda bo‘lsin-u, qo‘l mehnat bilan 
band bo‘lsin”) degan hikmati Naqshbandiya tariqatining 
hayotiy mohiyatini ifodalaydi. U tarkidunyochilikni rad etib, 
mehnatsevarlik, odillik va bilimdonlikni targ‘ib etadi. Naqsh-


106
bandiya ta’limoti taraqqiyotiga keyingi asrlarda 
Alisher Na-
voiy, Abdurahmon Jomiy, Xoja Ahror 
kabi buyuk allomalar 
katta hissa qo‘shadilar.
Mustaqillik sharofati bilan 
Ahmad yassaviy, Bahouddin 
Naqshband, Najmiddin Kubro 
singari bobokalonlarimizning 
aziz nomlari tiklandi, qadamjolari obod etildi. Asarlari chop 
etilib, ularning bebaho ma’naviy meroslaridan hozirgi avlodlar 
bahramand bo‘lmoqdalar. Holbuki, islomiy ta’lim-tarbiya aso-
sida ajdodlarimiz kamol topib, o‘zlaridan o‘chmas tarixiy me-
ros qoldirganlar.
1. 
Movarounnahrlik muhaddis ulamolardan kimlarni bilasiz?
2. 
Al-Moturidiy qanday asarlar yozgan?

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin