O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/175
tarix15.10.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#155998
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   175
O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov)

Musiqa san’ati.
 
IX–XIII asr boshlarida musiqa san’ati ham 
g‘oyat taraqqiy qiladi. Bayramlar, to‘ylar, xalq sayillari va 
boshqa marosimlar, shubhasiz, kuy va qo‘shiqsiz o‘tmas edi. 
Bu davrda sozandalar ud, tanbur, qo‘biz, rubob, nay, surnay, 
karnay, qo‘shnay va qonun kabi g‘oyat xilma-xil torli, zarbli va 
puflab chalinadigan cholg‘u asboblaridan keng foydalanganlar.
Xalq kuylari asosida keyinchalik tojik va o‘zbek xalqlarining 
mumtoz kuyi 
“Shashmaqom” 
uchun poydevor bo‘lgan 
“Rost”, 
“Xusravoniy”, “Boda”, “Ushshoq”, “Zerafkanda” “Buz­
ruk”, “Si 
po 
hon”, “Navo”, “Basta”, “Tarona” 
kabi yangi-
yangi kuylar ijod etilgan. Musiqa san’ati she’riyat hamda 
musiqashunoslik ilmi bilan uzviy bog‘langan holda taraqqiy 
etadi.
1. 
IX–XII asrlardagi me’morchilik namunalari haqida so‘zlab bering.
Ular haqida qo‘shimcha adabiyotlardan ma’lumotlar to‘plang.
2. 
Naqqoshlik, o‘ymakorlik va xattotlik san’ati qay tariqa rivoj 
topdi?
3. 
“Shashmaqom” nima?


109
V BOB 
AMIR TEMUR VA TEMURIyLAR DAVRI TARIXI
31-§. XIV ASRNING O‘RTALARIDA 
MOVAROUNNAHRDA IJTIMOIy-SIyOSIy VAZIyAT
Tayanch tushunchalar: siyosiy tarqoqlik, siyosiy kurash 
maydoni, mamlakat mustaqilligi uchun kurash, Sarbadorlar.
Siyosiy tarqoqlik.
 
XIV asrning 50–60-yillari
da Mova-
rounnahr 10 ga yaqin mustaqil bekliklarga bo‘linib ketgan. U 
yer dagi hokimlar o‘zlarini hokimi mutlaq
 
deb e’lon qiladilar. 
Mamlakatdagi har bir viloyat alohida hukmdorlikka ajralib, 
ular o‘rtasida nizo kuchayib ketadi va qonli urushlarga 
aylanadi. Siyosiy tarqoqlik, o‘zaro urush va janjallar iqtisodiy 
tanglikka sabab bo‘lib, mamlakat aholisini, ayniqsa, dehqonlar 
xo‘jaligini xonavayron qilgan edi. 
Buning ustiga Sharqiy Turkiston va Yettisuvda tashkil 
topgan Mo‘g‘uliston xonlari bir necha bor Movarounnahr 
ustiga yurish qilib, uni talaydilar. Mo‘g‘uliston xonlarining 
vayronagarchilikka olib keluvchi yurishlari, istibdodi va 
zulmiga qarshi xalq hara katlari boshlanadi.
Mana shunday o‘zaro ichki urushlar qizigan, mo‘g‘ullar 
zul 
miga qarshi mehnatkash xalq harakatlari boshlangan bir 
davrda mamlakatda yangi siyosiy kuch yetilmoqda edi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin