O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


Sultonali o‘ymakorlik  san’atida ham mohir bo‘lgan. U xattotlik san’ati turlari haqida  maxsus asar ham yozgan.  Sultonali Mashhadiy



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/175
tarix15.10.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#155998
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   175
O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov)

Sultonali
o‘ymakorlik 
san’atida ham mohir bo‘lgan. U xattotlik san’ati turlari haqida 
maxsus asar ham yozgan. 
Sultonali Mashhadiy “Qiblat ul­
kuttob” 
(Kotiblar qiblasi) va 
“Sulton ul­xattotin” 
(Xattotlar 
sultoni) nomlari bilan shuhrat topadi.
Samarqand va Hirotda maxsus saroy kutubxonalari tash-
kil etilgandi. Kutubxona ishlariga kutubxona dorug‘asi yoki 
kitobdor boshchilik qilgan. Uning qo‘l ostida xattotlar
naqqoshlar-u musavvirlar, mohir lavvohlar-u sahhoflar buyurt-
malarni bajarganlar. Masalan, Hirotda Ulug‘bekning ukasi 
Boysung‘ur
kutubxonasida qirqta xattot va bir qancha naq-
qoshlar qo‘lyozma asarlardan nusxalar ko‘chirish va ularni 
bezash bilan band bo‘lgan. 
1429-yil
da bu kutubxonada 
Abulqosim Firdavsiyning mashhur “Shohnoma” dostoni ko‘-
* Lavvohlik – lavha chizish
* Sahhoflik – qog‘ozni sahifalash va kitobni 
muqova lash


155
chir tirilib, u 20 ta turli mazmun va manzarali 
rangdor mi niaturalar bilan bezatilgan.
Husayn Boyqaro
va 
Alisher Navoiy
saroy kutubxonasini nodir asarlar bilan 
boyitishga g‘amxo‘rlik qiladilar.
Tasviriy san’at.
 
XV asrda ulkan yutuq-
larga erishgan tasviriy san’at – portretlar, 
hayotiy lavhalar, tabiat manza 
ralari, bino 
va badiiy asar 
larga ishlangan tasvirlardan 
iborat bo‘l gan. Siymolar qiyofasi tasvirlari 
ora sida 
Jomiy, Navoiy, Abdullo Xo tifiy, 
Behzod, Husayn Boyqaro, Bobur 
va 
boshqalarning tasvirlari biz 
gacha saqlanib 
qolgan. Musavvirlar bu tarixiy shaxslarning 
tashqi qiyofasini aniqroq va mukammalroq 
tasvirlashga, ayrim hollarda hatto ularning ma’naviy dunyosini 
ochishga intilganlar. Masalan, mashhur rassom 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin