O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/175
tarix15.10.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#155998
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   175
O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov)

Mirxond
Alisher Navoiyning ko‘rsatmasi va homiyligi bilan 

Ravzat us­safo
” (“Jannat bog‘i”) asarini yozadi. 
Xondamir
ning 
ta’kidlashicha, ushbu asar 
Mirxond
tomonidan tugatilmagan. 
Asar 
Xondamir
tomonidan yozib tugatilgan. “
Ravzat us­safo
” 
asari dunyoning yaratilishidan to 1523-yilgacha bo‘lgan O‘rta 
Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan 
ijtimoiy-siyosiy voqealar keng bayon etilgan. 
Mirxond
ning 
bu asari Sharq mamlakatlarida katta shuhrat qozonadi. Dunyo 
kutubxonalarida “
Ravzat us­safo
” asarining ko‘pgina qo‘l-
yozma nusxalari mavjud. Yevropada Mirxondning asari ancha 


153
vaqtgacha Sharq tarixi bo‘yicha muhim manba bo‘lib xizmat 
qilgan.
Mirxondning nabirasi 
Xondamir_(1475–1535)_ham_o‘z_davrining_mashhur_tarixchisidir._U_hazrat_Alisher_Navoiyning_shogirdi_edi.__Xondamir'>Xondamir
(1475–1535) ham 
o‘z 
davrining mashhur tarixchisidir.
U hazrat Alisher Navoiyning 
shogirdi
edi. 
Xondamir
15-16 yoshlarida Alisher Navoiyning 
diqqat-nazariga tushadi va uning vafotiga qadar ulug‘ shoirning 
yonida bo‘lib, uning kutubxonasiga boshchilik qiladi. 
Xondamir
o‘zining keng ma’lumoti, ilm-fanga intilishi bilan ulug‘ olim 
va mutafakkir shoirning hurmat-e’tiborini qozonadi. Navoiy 
Xondamir haqida “
Majolis un­nafois
” asarida quyidagilarni 
yozib qoldirgan: “
Mavlono Xondamir Mirxondning farzandidir 
va salohiyatli yigitdir. Tarix ilmida moharati bordir
”. 
Xondamir
sermahsul olim edi. U tarixga oid o‘nga yaqin 
asarlar yozib qoldirgan. 
Xondamir
o‘zining o‘lmas tarixiy 
asarlari bilan ko‘p asrlik madaniyatimiz xazinasini boyitdi va 
ilm-fan t
arixida o‘chmas iz qoldirdi. 
Xondamir
o‘z asarlarida 
xalqimizning o‘tmish tarixi va voqea-hodisalarini go‘zal 
qilib tasvirlagan. Ayniqsa uning “
Habib us­siyar
” asari O‘rta 
Osiyo va Xurosonning XV asr oxiri va XVI asrning birinchi 
choragidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o‘rganishda muhim va 
qimmatli manbalardan biri hisoblanadi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin