O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


* Akademiya – oliy ilmiy tashkilot



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/175
tarix15.10.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#155998
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   175
O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov)

* Akademiya – oliy ilmiy tashkilot
* Rasadxona (observatoriya) – osmon jismlari tadqiqoti 
uchun maxsus jihozlangan ilmiy muassasa va shu 
muassasa joylashgan bino
* Sekstant – osmon yoritqichlarining balandligini belgi- 
lash uchun mo‘ljallangan ko‘zgu – qaytargichli asbob


150
Ulug‘bek 
“Tarixi arba’ ulus” 
(To‘rt ulus tarixi) nomli 
tarixiy asar hamda musiqa ilmiga bag‘ishlangan beshta risola 
ham yozgan. Ulug‘bekning astronomiya maktabi o‘z davrining 
o‘ziga xos akademiyasi edi. Ulug‘bek tevaragida uyushgan 
100 dan ortiq olimlarning o‘z bag‘rida yetishtirgan nomi 
jahonga mashhur Samarqand rasadxonasi shu vazifani o‘tagan. 
Mashhur fransuz faylasufi, yozuvchi va tarixchi olim 
Volter 
(1694–1778): 
“Ulug‘bek Samarqandda bo‘lib akademiyaga 
asos soldi. Yer sharini o‘lchashni buyurdi va astronomiyaga 
oid jadvallarni tuzishda ishtirok etdi”
, – deb yozgan edi. 
Ulug‘bekning astronomiya maktabi o‘rta asrlar musulmon 
Sharqi astronomiyasining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
1. 
Ayting-chi, XV asrda qaysi shaharlar ilm-fan markazlari edi? 
Buning sababi nimada edi?
2. 
Ulug‘bekning ilm-fanni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi ha-
qida nimalarni bilib oldingiz?
3. 
Ulug‘bek rasadxonasi va uning ilmiy faoliyati haqida gapirib 
bering.
4. 
“Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asarining ahamiyati nimadan iborat 
edi?
5. 
Aniq fanlarning
 
rivoji qanday oqibat ga olib kelishi mumkin 
edi?
42-§. ADABIyOT
Tayanch tushunchalar: mumtoz adabiyot namoyandalari, 
tarixshunoslar.
Mumtoz adabiyot namoyandalari
.
O‘rta Osiyo xalqlari 
adabiyoti badiiy uslub jihatidan takomillashdi, yangi pog‘onaga 
ko‘tarildi. Nasrda ham, nazmda ham ko‘plab nodir badiiy va 
lirik asarlar yaratildi. O‘rta Osiyo xalqlari, xususan, o‘zbek 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin