Urganch shahri
edi. Hukmdor
Muhammad Xorazmshoh esa
“Iskandari soniy” deb ulug‘langan. Uning saroyida 27 hukmdor va ular-
ning vakillari doimo itoatda bo‘lgan.
Ichki ziddiyatlar .
Mamlakat qoraxitoylar zulmidan qutulgan
bo‘lsa-da, mehnatkash aholining ahvoli yengillashmadi. Aksin-
cha, xorazmshohlarning harbiy yurishlari, soliq siyosatidagi
beboshlik, amir va ma’murlarning jabr-u zulmi mamlakat fu-
qa
rolarining moddiy ahvolini g‘oyat og‘irlashtirdi, xalq xo‘-
jaligini yanada zaiflashtirdi. Bu, shubhasiz, shahar va qishloq
aholisining Xorazm shohga qarshi noroziligini oshirdi. Natijada,
1210-yil da O‘tror aholisi,
1212-yil da esa samarqandliklar qo‘z-
g‘olon ko‘tardilar.
Muhammad Xorazmshoh qo‘z g‘olonlarni
shaf qatsizlik bilan bostiradi.
Viloyat hukmdorlarining isyonlari, xalq ning ko‘pgina taba-
qalari noroziligi, qo‘shin va saroyda fitnalarning avj olishi dav-
latning beqarorlik holatini yaqqol ko‘rsatar edi. Shuning uchun
ham bu davlat ko‘p yashamadi.
1. Arablar istilosi Xo razmga qanday oqibatlarga olib kelgan edi?
2. Afrig‘iylar sulolasi qanday barham topdi?
3. Ma’muniylar davrida boshqaruv tizimi qanday bo‘lgan?
4. Ma’muniylar qay tariqa o‘z hukmronligidan mahrum bo‘l di?
5. Xorazmning mustaqilligi kimning nomi bilan bog‘liq?
6. Xorazmshohlar ichki ziddiyatlarni oldini olish uchun qanday
siyosat yuritishi kerak edi deb o‘ylaysiz? O‘z fikrlaringizni
asoslab bering.
63
19-§. XORAZMSHOH VA CHINGIZXON MUNOSABATLARI Tayanch tushunchalar: Xorazm davlatining ichki va tashqi