O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


XV asrda shoirlar va adiblardan kimlar yashab ijod qil dilar? 2



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/154
tarix12.12.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#74203
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   154
7-Sinf O‘zbekiston tarixi darsligi (1)

1. XV asrda shoirlar va adiblardan kimlar yashab ijod qil dilar?
2. 
Ayting-chi, Lutfiy o‘zbek shoirlari ichida qanday o‘rin tutadi? 
U haqda qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plang.
3. O‘zbek adabiyotining ravnaqida Alisher Navoiyning xizmati 
nimalardan iborat?
4. Mirxond va Xondamir qaysi davr tarixi haqida tarixiy asarlar 
yozib qoldirganlar?
43-§. TASVIRIy SAN’AT
Tayanch tushunchalar: kitobat san’ati, tasviriy san’at, 
xattotlik, musavvirlikning Hirot maktabi.
Kitobat san’ati.
 
XV asrda kitobat san’ati, ya’ni qo‘lyozma 
asarlarni ko‘chirib yozish va u bilan bog‘liq bo‘lgan xattotlik, 


154
musavvirlik, lavvohlik va sahhoflik san’ati ham nihoyatda yax-
shi taraqqiy etadi. 
Bosmaxona va kitob nashr etish hali vujudga kelmagan 
zamonda kitob yaratish va uning nusxalarini ko‘paytirish og‘ir 
mehnat va ko‘p vaqt sarf etiladigan nihoyatda mushkul ish 
bo‘lgan.
Har bir kitob qog‘ozidan tortib muqovasigacha, siyohidan 
tortib to bo‘yoqlari-yu zarhaligacha ma’lum qoida asosida 
tayyorlanar edi. Xattot bo‘lish uchun uzoq vaqt sabr-matonat 
va ishtiyoq bilan mashq qilish, mukammal savodli, badiiy didi 
baland kishi bo‘lishi lozim edi. Mohir xattotlar o‘z usuli va 
uslubini shogird lariga o‘rgatardi. Shu tariqa xattotlik an’analari 
davom ettirilar va rivojlantirilar edi.
Mashhur xattot Mirali Tabriziy (1330–1404) nasta’liq 
deb nomlangan yangi uslubdagi xatni kashf qiladi. Xush navis 
xattotlardan biri Sultonali Mashhadiy (1432–1520) edi. Sul-
tonali tomonidan ko‘chirilgan 50 dan ziyod kitob va ko‘pgina 
qit’alar hozirgi vaqtgacha yetib kelgan. Sultonali o‘ymakorlik 
san’atida ham mohir bo‘lgan. U xattotlik san’ati turlari haqida 
maxsus asar ham yozgan. Sultonali Mashhadiy “Qiblat ul­
kuttob” (Kotiblar qiblasi) va “Sulton ul­xattotin” (Xattotlar 
sultoni) nomlari bilan shuhrat topadi.
Samarqand va Hirotda maxsus saroy kutubxonalari tash-
kil etilgandi. Kutubxona ishlariga kutubxona dorug‘asi yoki 
kitobdor boshchilik qilgan. Uning qo‘l ostida xattotlar, 
naqqoshlar-u musavvirlar, mohir lavvohlar-u sahhoflar buyurt-
malarni bajarganlar. Masalan, Hirotda Ulug‘bekning ukasi 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin