110
Temurni yetti yoshidayoq madrasaga o‘qishga beradilar. U
madrasaga kelganda alifbodan mukammal xabardor bo‘lgan.
O‘n ikki yoshidan boshlab bolalarga xos bo‘lgan
ermak
o‘yinlardan voz kechib, keyinchalik o‘z tengqurlari bilan
sipohiylikka oid o‘yinlar bilan shug‘ullanadi.
Amir Temur
yoshlik chog‘laridanoq chavandozlik va ovga ishqiboz bo‘lib,
kamondan nishonga o‘q uzish, ot choptirib turli mashq va
harbiy o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lishni yoqtirar edi. Shu
asnoda
Amir Temur
tulporlarni saralab
ajrata oladigan mohir
chavandoz va dovyurak bahodir sifatida voyaga yetadi. Uning
atrofiga bolalikdagi do‘stlari va maktabdoshlari to‘planishib,
birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, asta-
sekin navkar bo‘lishib, harbiy guruhga birlashib borishardi.
Keyinchalik ular
Amir Temur
ning safdoshlariga aylanib, uning
qo‘shinida lashkarboshilik darajasigacha ko‘tarilganlar.
Shunday qilib,
Amir Temur
o‘z zamonasining o‘qimishli
va uquvli hukmdorlaridan bo‘lib yetishadi. Tibbiyot, mate-
matika, falakiyot, me’morchilik va tarix ilmidan ham yax-
shigina xabardor bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: