135
Taxt uchun kurash.
Shohrux
1447-yil 12-mart
kuni ne-
va rasi
Sulton Muhammad
isyonini
bostirish vaqtida Ray
viloyatida o‘rniga voris belgilashga ulgurmay olamdan o‘tadi.
Shohrux
vafot etishi bilanoq Xuroson va Movarounnahrda
temuriy shahzodalar o‘rtasida
toj-taxt uchun kurash yana
avjga minib, mamlakat beqarorlik va chuqur ijtimoiy-siyosiy
larzalarga duchor bo‘ldi. Odatga ko‘ra
taxtga Shohruxning
to‘ng‘ich o‘g‘li
Ulug‘bek
o‘tirishi kerak edi. Ammo taxtni
Boysung‘urning o‘g‘li
Alouddavla
egallaydi. Toj-u taxt uchun
yana kurash boshlanadi.
O‘zboshimcha
shahzodalar
Ulug‘bek
ka qarshi harakat
bosh laydi va
1447-yil
ning
bahorida
Alouddavla
Ulug‘bekning
katta o‘g‘li
Abdullatif
ning qo‘shinini tor-mor qilib,
uni asirga
oladi.
Ulug‘bek
Alouddavla
bilan sulh tuzishga majbur
bo‘ladi. Unga ko‘ra
Abdullatif
ozod
qilinadi,
Ulug‘bek
esa Hirot va Xurosonga bo‘lgan da’vosidan voz kechadi.
Biroq ko‘p o‘tmay sulh buziladi.
Dostları ilə paylaş: