O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


XV asrning ikkinchi yarmi



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/175
tarix07.10.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#152971
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   175
7-sinf ozbekiston tarixi uzb

XV asrning ikkinchi yarmi
dagi beqaror 
siyosiy vaziyat tufayli Temuriylar saltanati inqirozga yuz tutdi.
1. 
Padarkush Abdullatifning taqdiri nima bilan tugadi?
2. 
Sulton Abu Said qanday yo‘l bilan Movarounnahrda hoki-
miyatni egalladi?
3. 
Xurosondagi vaziyat qanday edi? 
4. 
Sulton Abu Said Hirot taxtini qachon, qanday egallaydi, u 
qay si jangda halok bo‘ladi?
5. 
Movarounnahr tinchligi yo‘lida Xoja Ubaydulloh Ahrorning 
xizmati nimada?
6. 
Sulton Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy haqida nimalarni 
bilib oldingiz?


141
38-§. IJTIMOIY-IQTISODIY TARAQQIYOT VA 
BUNYODKORLIK
Tayanch tushunchalar: iqtisodiy hayot, hunarmandchilik turlari, 
ichki va tashqi savdo, pul muomalasi, yer egaligi, soliq turlari.
Hunarmandchilik.
Movarounnahrning 
Samarqand, Buxo-
ro, Toshkent, Shohruxiya, Termiz, Shahrisabz, Qarshi 
va boshqa ko‘pgina shaharlari hunarmandchilik markaziga 
aylanadi. Shaharlarda hunarmandchilik mahallalarining soni 
ortib, kasb-hunar bilan bog‘liq bo‘lgan yangi-yangi guzarlar, 
ko‘cha-ko‘ylar, bozor rastalari, timlar va toqlar (usti gumbazli 
bozor) paydo bo‘ladi. Ko‘pgina shaharlarda zargarlik, miskarlik, 
ignasozlik, sovut sozlik, toshtaroshlik, shishasozlik, ko‘n chilik 
kabi hunar mandchilik mahallalari bo‘lgan.
O‘rta asr hunarmand chili gida kulolsozlik eng rivoj topgan 
sertarmoq sohaga aylanadi. Bu davrda tosh yo‘nish, unga 
sayqal berib, o‘ymakor naqshlar va xushxat yozuvlar bitish 
san’ati kamolotga yetadi. Samarqandda Bibi 
xonim jome 
masjidida Qur’onni qo‘yish uchun o‘rnatilgan ul kan tosh lavh, 
Go‘ri Amirdagi nefrit qabrtoshi, Shohizinda (Shay hizinda) va 
boshqa joylardagi sag‘analarga jimjimador naqshlar berilib, 
o‘ymakor oyatlar, marsiyalar va tarixiy qaydnomalar yozil gan.
Samarqand hunarmandchiligida, ayniqsa, qog‘oz ishlab 
chiqa 
rish alohida o‘rin tutadi. Samarqand qog‘ozi o‘rta asr 
Sharq xattotligida g‘oyat mashhur bo‘lib, uning ma’lum bir 
qismi chet o‘lkalarga chiqarilgan.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin