150
Ulug‘bek
“Tarixi arba’ ulus”
(To‘rt ulus tarixi) nomli
tarixiy asar hamda musiqa ilmiga bag‘ishlangan beshta risola
ham yozgan. Ulug‘bekning astronomiya maktabi o‘z davrining
o‘ziga xos akademiyasi edi. Ulug‘bek tevaragida uyushgan
100 dan ortiq olimlarning o‘z bag‘rida yetishtirgan nomi
jahonga mashhur Samarqand rasadxonasi shu vazifani o‘tagan.
Mashhur fransuz faylasufi, yozuvchi va tarixchi olim
Volter
(1694–1778):
“Ulug‘bek Samarqandda bo‘lib akademiyaga
asos soldi. Yer sharini o‘lchashni buyurdi va astronomiyaga
oid jadvallarni tuzishda ishtirok etdi”
, – deb yozgan edi.
Ulug‘bekning astronomiya maktabi o‘rta asrlar musulmon
Sharqi astronomiyasining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
1.
Ayting-chi, XV asrda qaysi shaharlar ilm-fan markazlari edi?
Buning sababi nimada edi?
2.
Ulug‘bekning ilm-fanni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi ha-
qida nimalarni bilib oldingiz?
3.
Ulug‘bek rasadxonasi va uning ilmiy faoliyati haqida gapirib
bering.
4.
“Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asarining ahamiyati nimadan iborat
edi?
5.
Aniq fanlarning
rivoji qanday oqibat ga olib kelishi mumkin
edi?
41-§. ADABIYOT
Tayanch tushunchalar: mumtoz adabiyot namoyandalari,
tarixshunoslar.
Mumtoz adabiyot namoyandalari
.
O‘rta Osiyo xalqlari
adabiyoti badiiy uslub jihatidan takomillashdi, yangi pog‘onaga
ko‘tarildi. Nasrda ham, nazmda ham ko‘plab nodir badiiy va
lirik asarlar yaratildi. O‘rta Osiyo xalqlari, xususan, o‘zbek
Dostları ilə paylaş: